Samarkand davlat universiteti
Muammoni xaddan tashqari tez aniqlash
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagi taqiqlangan usullarni farqlash
- Buyruq, farmonni ijro etish.
- Qaror qabul qilishda takliflar, maslahatlar.
- Uyaltirishga intilish mazah qilish
5. Muammoni xaddan tashqari tez aniqlash. Sabrsizlikni namoyon etmaslik.
6. Mijoz qadriyatlarini qabul qilmaslik. Qadriyatlarni qabul qilish ularni so’zsiz qo’llab quvvatlash anglatmaydi. Biroq maslahatchi mijoz hayotida qadriyatlar asosiy ahamiyatni egallashi va uning shaxsiy mohiyatini anglatishini tushunadi. Mijozga uning qadriyatlar tizimi halaqit etadimi uni o’zi hal etishi zarur. 7. YUqoridan qarash. YUqoridan qarash “yuqori inson” sifatida maslahatchini o’zini tutayotgandek ko’rinadi – hamma narsani biladigan va barcha narsaga qodirdek. Mijoz bilan teng pozitsiyada bo’ling. Quyidagi taqiqlangan usullarni farqlash: - Qaror qabul qilish – fikr bildirish. - Fikr bildirish suhbatdoshni o’z-o’zini baholashni pasaytiradi. - Fikr bildirish-inkor etish. 1. Qaror qabul qilish – fikr bildirish – qachonki ijtimoiy ishchi mijozga nisbatan qaror qabul qilishda ishonchsizlik namoyon etsa va uchun mustaqil o’zi qaror qabul qilish. Bu quyidagi ko’rinishda: - Buyruq, farmonni ijro etish. Ijtimoiy ishchi mijozga nima qilishi haqida buyruq beradi. U mijoz irodasini cho’ktiradi, uni mustaqil harakat qilishidan, tanlash imkoniyatidan mahrum etadi. - Tahdid, ogohlantiri, ishontirish. Ijtimoiy ishchi mijozni ogohlatirigan holda, uning harakatlari oqibati nima bo’lishi haqida hokimlikni qo’llaydi. - O’rgatish, axloqlashtirish. Ijtimoiy ishchi unga qanday yo’l tutishni, o’z axloqiy printsiplarini qo’llashni majburlaydi. - Qaror qabul qilishda takliflar, maslahatlar. Ijtimoiy ishchi uning muammolarini hal qilish haqida mijozga gapirish. 2. Suhbatdoshi o’z-o’zini baholashni pasaytiruvchi fikrlar. - Ayblash, tanqid, muhokam. Maslahatchi mijozni salbiy baholaydi va qabul qilish. - Haddan ziyod maqtash, ma`qullash. Malahatchi tomonidan rag’batlantirish yoki ikki yuzlamaschilik bilan manipulyatsiya qilish. - Uyaltirishga intilish mazah qilish. Maslahatchi, ajoyib vaziyatni yuritayotgandek ko’rsatish va uni “tasniflash” uchun mijozni tentak qilib ko’rsatishga majbur etish. - Tashhis qo’yish. Maslahatchi mijozga uning motivi nima ekanligini yoki bir qanchasini sanab o’tish. - Ishontirish, tinchlantirish. Maslahatchi mijoz holatini yaxshilash yoki his etishini yaxshilash, biroq bu usullar u faqat nomigagina “aytishi” mumkin, mijozning qayg’urishi va samimiy yoki haqiqiy tuyg’usini inkor etgan holda, u holatini yaxshilash harakat qilish. - So’rash va izlanish. Maslahatchi ma`lumotlarni yig’ishda mijoz gapirishni xohlamagan yoki gapirishga tayyor emas holatlarida “ta`ziq” o’tkazish; uni ma`lumot etkazishiga majburlash; mijozga muammosini anglashiga yordam berish yoki o’z qarorini qabul qilishni ishlab chiqishiga yordam berish o’rniga o’zi qaror qabul qilish. Bahslashuvda ko’pincha haqiqatni ifodalayotgan odam emas, balki raqibi nutqini tez va aniq tahlil qila oladigan, unga mutanosib va samarali tarzda o’z nutqini tuza oladigan odam g’olib chiqadi. Muloqot strategiyasi o’z ichiga quyidagilarni (O.YA. Goyxmanga ko’ra) qamrab oladi: umumiy vaziyatni anglash; unda maqsadga yo’naltirilgan ta`sir o’tkazish vazifalari va asosiy g’oyalarini aniqlab olish; qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun vaziyat rivojlanishini rejalashtirish va tashkil etish. Muloqot strategiyasi nutq taktikasida, ya`ni muayyan vaziyatda belgilangan maqsadlarga erishish imkonini beradigan nutq priyomlaridan foydalanish orqali erishiladi. Masalan, avvaldan ishonish ma`nosini deyarli 30 xil usulda ifodalash mumkin: “taxmin qilish”, “yumshatish”, “bo’rttirish”, “siljitish”, “aybni boshqa bir kishiga to’nkash”, “takrorlash”, “misol keltirish” va boshqalar. Nutq taktikasiga quyidagilarni ham kiritish mumkin: kutilmaganlik, ig’vogarlik, obro’ga murojaat qilish, prognozlash, norasmiy elementlar kiritish, yumor va boshqalar. Ijtimoiy xodim uchun muayyan vaziyatga hammadan ko’ra mosroq keladigan nutq taktikalarini tanlay bilish ko’nikmasi juda muhim. Ijtimoiy ishlar uchun mijozlarning turli muammolari bo’yicha muzokaralar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Muzokaralar dialog yoki polilog shaklida mo’ljallangan natijalarga erishish yo’lida o’tkaziladigan ish muloqoti ko’rinishidir. Ular asosan o’zaro fikr almashish yo’li bilan har ikki tomon manfaatlariga mos keladigan bitimga erishish va barchaga manzur bo’ladigan natijani qo’lga kiritish uchun o’tkaziladi. YUtuqqa erishish va mijoz manfaatini eng yaxshi tarzda himoya qilish uchun muzokara olib borish san`atini mukammal egallash lozim. Muzokara olib borishning mutaxassislar tomonidan tajriba asosida ishlab chiqarilgan muayyan qoidalari mavjud. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling