Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti abdurazakov jamshid norbutayevich doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nochiziqli simmetrik tebranis
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati
Download 0.63 Mb.
|
Avtoreferat Abdurazzoq 777888
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda muhandislik qurilmalari elementlari tebranishlar nazariyalari bo‘yicha metal, polimer yoki rezi-nasimon materiallardan tayyorlangan, va turli xil kuchlar hamda haroratlar o‘zgarishlari ta’siri ostidagi, mashinalar detallari va konstruktiv elementlar hisobi uchun katta ahamiyatga hamda qo‘llanish imkoniyatiga ega tadqiqotlar yetakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. Dunyoning iqtisodiy va texnik rivojlanish bo‘yicha yetakchi mamlakatlarda, muhandislik qurilmalari mustah-kamligini oshirish uchun, fizik nochiziqli xossali polimer va kompozit materiallardan tayyorlangan konstruktiv elementlar tobora keng qo‘llanilmoqda. Chunki “….materialning fizik nochiziqli xossalarini hisobga olish uning mustahkamligining qo‘shimcha zahiralarini aniqlashga, kuchlangan-deformatsiyalangan holatga material xossalarining, tashqi yuklamalarning turi va kattaligining hamda kuchlanishlar konsertratorlari shakli va sonining ta’sirini o‘rganishga imkon beradi…..”1. Shuning uchun, zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalari tomonidan, materiallar va ulardan yasalgan detallarning konstruktiv mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha qo‘yilayotgan muhandislik talablari doirasida “…..konstruksiya elementlarining kuchlangan-deformatsiyalangan holatini aniqlay bilish va ma’lum, ruxsat etilgan kattaliklar bilan taqqoslay olish konstruktsiyaning ish qobiliyati va mustahkamligi bilan taqdirlanadi. Shuning uchun konstruksiya materialining kuchlangan-deformatsiyalangan holatini ishonchli baholashga imkon beruvchi hisoblash usullariga zaruriyati ko‘rinib turibdi….”2. Shu nuqtai nazardan, yangi matematik modellarini yaratish va loyihalash metodlarini takomillashtirish hamda zamonaviy kompyuter texnikasi yordamida rivojlantirish, elementlarning kuchlangan-deformatsiyalangan holatini fizik nochiziqlilikni hisobga olgan holda aniqlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Jahonda, hozirgi vaqtda, mustahkam materiallar va qurilmalar yaratish bo’yicha yangi ilmiy-texnik yechimlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususiyatlari elastiklik klassik nazariyasi bilan tavsif-lanmaydigan noan‘anaviy materiallar (asbest, shisha,…) va ular asosidagi qo-tishmalar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Bunday qotishmalar yengil va mustahkam bo’ladilar. Masalan, aluminiy-lityum qotishmasida “…lityumning zichligi atiga 0,533 g/sm3 - bu suvdan yengilroq. Aluminiy tarkibidagi lityum qo‘shimchalari 2,5% ni tashkil qilganda qotishmaning zichligini 10% ga kamayadi, elastiklik moduli esa 11% ga osadi….”3. Shuning uchun ham, materiallarning nochiziqlilik xususiyatlarini hisobga olgan holda turli tebranishlar jarayonlarining matematik modellarini yaratishga hamda turli muhandislik qurilmalari konstruktiv elementlarining kuchlangan-deformatsiyalangan holatini tadqiq qilishning algoritimlarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Respublikamizda texnika va qurilishning turli sohalarida har xil tabiatli dinamik yuklar ta’siri ostidagi yuk tashuvchi va ko‘taruvchi muhandislik qurilmalari deformatsiyasini hisoblash matematik modelini yaratish va amaliyotga keng tadbiq etish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan, “... ishlab chiqarishni modenizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish..., ... tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish ...”4 bo‘yicha muhim vazifalar belgib berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, qurilmalarning yuk ko‘tarish qobiliyatlarini, jumladan uch qatlamli qovushoq-elastik plastinkalar yordamida amalga oshirish maqsadida qurilmalar elementlarining deformatsiyalanish jarayonlarini ifodalovchi takomillashtirilgan matematik modellarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3190-son “O‘zbekiston Respublikasi hududi va aholisining seysmik xavfsizligi, seysmik chidamli qurilish va seysmologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini to‘g‘risida”gi, 2018 yil 27 apreldagi PQ-3682-son “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018 yil 2 fevraldagi PQ-3502-son “2018-2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda, “Respublikada qurilish sohasini va qurilish materiallarini ishlab chiqarish kompleksini yanada rivojlantirish, hududlarda aholi uchun arzon uy-joylar qurilishini ta’minlash, ...”5 maqsadida mazkur faoliyat sohasiga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling