Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti abdurazakov jamshid norbutayevich doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nochiziqli simmetrik tebranis


Download 0.63 Mb.
bet6/26
Sana15.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1199781
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Avtoreferat Abdurazzoq 777888

Tadqiqotning ob’ekti sifatida zamonaviy texnika va qurilishning turli sohalarida keng qo‘llaniluvchi doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlar olingan.
Tadqiqotning predmeti turli vaqtga bog‘liq o‘zgaruvchi yuklanishlar ta’siri ostidagi doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nostatsoinar, fizik nochiziqli tebranishlarini o‘rganish tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida Fure va Laplaslarning integral almashtirish usullari, asosiy tadqiqot usullari sifatida kichik parametrlar, chekli ayirmalar, elastiklik nazariyasi uch o‘lchovli masalasining aniq yechimlaridan foydalanish usullari, shuningdek matematik fizikaning boshqa effektiv tadqiqot usullari qo‘llanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
elastiklik nazariyasi masalasining integral almashtirishlardagi umumiy yechimidan foydalanib, kuchlanishlar va deformatsiyalar orasidagi nochiziqli bog’lanishlar asosida hamda tashqi sirtiga qo’yilgan dinamik chegaraviy shartlarni aniq qanoatlantirish orqali doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nostat-sionar, fizik nochiziqli buralma tebranishlari matematik modeli yaratilgan;
silindrik qobiq va sterjenlarning ixtiyoriy kesimi nuqtalaridagi kuchlangan-deformatsiyalangan holatini, fazoviy koordinata va vaqt bo’yicha bir qiymatli aniqlashning effektiv algoritmi, ularning nostatsionar, fizik nochiziqli tebranishlari tenglamalari asosida ishlab chiqilgan;
silindrik qobiq va sterjenlar uchlari va sirtlariga qo’yilgan turli tabiatli kuchlarning birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan nostatsionar, fizik nochiziqli buralma tebranishlari haqidagi amaliy masalalar shakllantirilgan va ularni sonli yechishning samarador usuli yaratilgan;
materialining fizik nochiziqli xususiyatlari hisobga olingan holda, doiraviy silindrik qobiq va sterjenlar buralma tebranishlar tenglamasini yechish orqali topilgan ko’chishlar maydoni asosida, fizik nochiziqlilik xarateristikalarining sistema ixtiyoriy nuqtasidagi kuchlanish tenzori va ko‘chish vektori o’zgarishlariga ta’siri sonli tadqiq etilgan.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling