Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti abdurazakov jamshid norbutayevich doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nochiziqli simmetrik tebranis


Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi


Download 0.63 Mb.
bet5/26
Sana15.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1199781
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Avtoreferat Abdurazzoq 777888

Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqotlari Samarqand davlat me’morchilik-qurilish institute ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining №18.04.00-6 raqamli “Qurilish konstruksiyalarini muhitning ta’sirini hisobga olgan holda bir jinsli bo‘lmagan chiziqlimas, qovushoq-elastik xususiyatli, dinamikasi, zilzilabardoshligi hamda ustivorligi masalalarini nazariy va amaliy tadqiq etish” (2000-2025) mavzudagi tadqiqot ishlari doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi tashqi dinamik yuklanishlar ta’siri ostidagi doiraviy silindrik qobiq va sterjenlarning nostatsionar, fizik nochiziqli tebranishlari dinamik hisobining matematik modelini ishlab chiqishdan va ularning ixtiyoriy kesimi nuqtalaridagi ko‘chish va kuchlanishlar maydonlarini aniqlash algoritmini yaratish hamda ishlab chiqilgan modelni qaralayotgan sistemalarning kuchlangan-deformatsiyalangan holatini aniqlashga qo‘llashdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
tashqi dinamik yuklanishlar ta’siri ostidagi doiraviy silindrik qobiq va sterjenlarning nostatsionar, fizik nochiziqli buralma tebranishlari dinamik hisobining matematik modelini ishlab chiqish;
doiraviy silindrik qobiq va sterjenlarning nostatsionar, fizik nochiziqli tebranishlarida ixtiyoriy kesimi nuqtalaridagi kuchlangan-deformatsiyalangan holatini aniqlash algoritmini yaratish;
dinamik yuklanishlar ta’siri ostidagi doiraviy silindrik qobiq va sterjenlarning fizik nochiziqli buralma tebranishlari haqidagi amaliy masalalarni qo‘yish hamda mos hisob usulini ishlab chiqish;
uchidagi va sirtidagi kuchlarning birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan zo‘riqishlar ostidagi sterjen va qobiqlarning nostatsionar, fizik nochiziqli buralma tebranishlari haqidagi masalalarni hal etish usullarini ishlab chiqish;
doiraviy sterjen va silindrik qobiqlar misolida fizik nochiziqlilik xarakter-istikalarining ko‘ndalang kesim ixtiyoriy nuqtasidagi kuchlanish tenzori va ko‘chish vektori komponentalarining fazoviy koordinata va vaqtdan bog‘liq qonuniyatlariga ta’sirini o‘rganish.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling