Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
- mehmondo‘slik va turizm sohasi, ularning xususiyatlari turlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
- mehmondo‘slik va turizm sohalarining asosiy tamoyillari va metodlarini bilishi va ularni amalda qo‘llay olish;
-chet tilida chop etilgan turli matbuot materiallari va axborot beruvchi boshqa vositalardan olingan autentik til materiallarini tushuna olish va ularni tahlil qilish;
-barcha mehmondo‘stlik korxonalari, hattoki turizm sohasida o‘z mijozlariga kuchli va ijobiy xizmat ko‘rsatish muhimligini anglash;
-turizm sohasida ko‘plab qiziqarli va moliyaviy jihatdan foydali imkoniyatlarini taklif etish kabi qobilyatlarga ega bo‘lishi lozim.
Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalar:
Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba:
fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish;
o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish;
nazariy va amaliy izlanishlarning ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
fanga oid mustaqil va tanqidiy ko‘nikmalarni shakllantirish:
chet tilini Umum Yevropa standartlariga ko'ra B1 B2 darajada o'zlashtirishi;
• prezentatsiyalar orqali o'z fikrlarini aniq bayon qilish;
• madaniyatlararo muloqotga taalluqli masalalarga tanqidiy nuqtai nazar bilan yondashish, ularni to'g'ri talqin qilish;
• joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish;
• yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish.
|
Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
Fanni oʻzlashtirish uchun oʻqitishning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalaniladi: portfolio tayyorlash, guruhli muzokaralar, jamoa loyihalari, juftliklar boʻlib topshiriqlarni bajarish, yakka holda ma’lum mavzu boʻyicha taqdimotlar qilish, davra suhbatlari oʻtkazish, diskussiya, klaster, bahs-munozara, refleksiv usullar (tahlil, qiyoslash, sintez, baholash). Axborot texnologiyalari, jumladan, multimedia vositalari yordamida mashgʻulotlar tashkil etiladi, Power Point, Prezi dasturlari yordamida taqdimotlar yaratiladi. HEMIS platformasiga fan boʻyicha darslik va oʻquv qoʻllanmalar, media resurslar va testlar joylashtiriladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |