Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german tillari fakulteti
Download 102.1 Kb.
|
Baratova Shahnoza diplom ishi 100620113629
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5120100 Filologiya va tillarni o’qitish(ispan tili) ta’lim
- KIRISH…………………………………………………………………………..3
- 1.2. Ispan adabiy tili va ispan tili dialektlarini guruhlar- ga ajratish………….14
- I bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………..24
- 2.2. Andalusiya shevasi va zamonaviy ispan tili shevasi o’xshashliklari………32
- 2 .4.Qadimgi ispan tili shevalari saqlanib qolishining o’ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………………….50
- 3.1. Ispaniyada vujudga kelayotgan yangi shevalar va ularning ijobiy-salbiy tomonlari haqida………………………………………………………………….58
- 3.3. ispan tili dialektlari hamda ularning leksik,fonetik, morfologik va sintaktik tahlil tasniflari…………………………………………………………………….64
- XULOSA…………………………………………………………………………69
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIROMAN-GERMAN TILLARI FAKULTETIBOROTOVA SH. G’ MAVZU: ISPAN TILI DIALEKTLARI HAMDA ULARNING LEKSIK, FONETIK, MORFOLOGIK VA SINTAKTIK TAHLIL TASNIFLARI5120100 Filologiya va tillarni o’qitish(ispan tili) ta’limYo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun taqdim etilayotgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI“Ximoyaga tavsiya etiladi” Ilmiy Raxbar“Ispan va Italyan tillari” ___________ Kafedra mudiri L.S.Sharapova 2020 YIl “_____”_____________ MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………..3I BOB.ISPAN TILI HAMDA ISPAN TILIDA ‘’ DIALEKT’’ VA ‘’SHEVA’’ TUSHUNCHALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT……………………...71.1. Ispan tili hamda ispan tilida ‘’dialekt’’ va ‘’sheva ‘’ tushunchalari va ularning kelib chiqish tarixi………………………………………………………………….71.2. Ispan adabiy tili va ispan tili dialektlarini guruhlar- ga ajratish………….141.3. Ispan tilida dialekt hamda shevaning ‘’umumxalq tili‘’va ‘’standart tili’’ bilan farqli xususiyatla………………………………………………………………….21I bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………..24II BOB.QADIMGI ISPANIYA SHEVALARI VA HOZIRGI ISPAN TILI SHEVALARNING UMUMIY GURUHLARI………………………………..262.1. Qadimgi ispan tili shevalari va kataloniya shevasi………………………..262.2. Andalusiya shevasi va zamonaviy ispan tili shevasi o’xshashliklari………322.3. “Adabiy til’’ standart til va umumxalq tiliga o’tgan kataloniya, andalusia, galicia shevalari…………………………………………………………………..422.4.Qadimgi ispan tili shevalari saqlanib qolishining o’ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………………….50II bob yuzasidan xulos…………………………………………………………….56III BOB. ISPANIYADA VUJUDGA KELAYOTGAN ‘’YANGI SHEVALAR’’NING SHAKLLANISH SABABLARI, ULARNING IJOBIY, SALBIY TOMONLARI. 3ULARNING LEKSIK,FONETIK,MORFOLOGIK VA SINTAKTIK TAHLIL TASNIFLARI……………………………….…...583.1. Ispaniyada vujudga kelayotgan yangi shevalar va ularning ijobiy-salbiy tomonlari haqida………………………………………………………………….583.2. Cataloniya, andalusiya, galisiya shevalarini tasniflash……………………..623.3. ispan tili dialektlari hamda ularning leksik,fonetik, morfologik va sintaktik tahlil tasniflari…………………………………………………………………….64III bob yuzasidaxulosalar……………………………………………………….67XULOSA…………………………………………………………………………69FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………71KIRISH“Ona tili millat birligi va birdamliligining timsoli. U millat deb atalmish birlikni yagona xalq sifatida o’z atrofida birlashtiradi, dunyoda borligini ta’min etadi”[1,138]Islom Karimov Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so’ng ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida katta o’zgarishlar yuz berdi. Birinchi Prezidentimiz Ilom Karimovning ‘’Mamlakatimizda hechkimning biron bir boshqa millat vakilining ko’ngliga hech bir ishtiboh solmaydigan, hamiyatiga tegmaydiganhar qanday demokratik tamoyillarga mos keladigan, benihoya xolis va oqilona til siyosati shakllangan.Yurtimizning turli millatlarga mansub fuqarolari o’zbek tili bilan birga o’z ona tillarini ham mukammal o’rganmoqdalar,davlat tilidan tashqari turli tillarda gi ta’lim, davriy nashrlar, televideniye va rzdio dasturlari muntazam yo’lga qo’yilgan.’’ degan fikrlari ilm-fan rivoji uchun nazariy asos bo’lib xizmat qilib kelmoqda desak, mubolag’a bo’lmaydi.Bu borada tilshunoslik sohasida olib borilayotgan ishlar ham, albatta, nazarda tutilgan.O’zbekiston Respublikasi Mus-taqillikka erishgandan so’ng,mamlakatimiz dunyo mamlakatlari tomonidan tan olindi vamustahkam diplomatik aloqalar o’rnatildi,diplomatik hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun, albatta,turli xil mamlakat tillarni o’qitish va yetuk malakali tillarni o’qitish va yetuk malakali kadrlarni tayyorlash dolzarb vazifalari-dan biriga aylandi.Tilni faqatgina grammatik,leksik jihatdan emas balki ilmiy jihatdan ham o’rganish,albatta,mamlakatning ilmiy salohiyatini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadi.Ijtimoiy hodisa sifatida til doimiy harakatda bo’lib,faollashib boradi,tilning nafaqat tafakkur mahsuli,ma’lum bir fikrni ifoda etuvchi vosita balki butun birolam koinotning tarkibi hamda mazmun-mohiyatini inson ongida aks ettirishga xizmat qiladi.Jamiyatda yuz berayotgan o’zgarilishlar tilda,albatta, o’z ifodasini topadi. Til jamiyat va madaniyatning o’zaro munosabati masalasi tilshunoslik fanida juda o’rganilgan masalani atroflicha o’rganish zamonaviy tilshunoslikning juda ko’p muommolaridan biri sanalanadi,zero taniqli nemis tilshunosi va faylasufi Velgilm Fon Gumbolt tilni ‘’Xalq ma’naviy kuch-qudratining ifodasi’’, ‘’Xalq tafakkuri va hissiyotini ifodalovchi muhim vositasidir.’’deb ta’riflagan edi, shu o’rinda tildagi shevalarning o’rni beqiyosdir. Odatda tillar o’z taraqqiyoti jarayonida ichki va tashqi omillarga tayanadi.Bunda birinchisi, ya’ni ichki omil ‘’sheva’’ va ‘’dialekt’’larning o’ziga xos ozgarish mexanizmlarini ispan tilidagi Cataluna,Valencia va Galicia shevalarida ko’rish mumkin. Ispan tili o’zining murakkab tuzilishiga ega ekanligi bilan ham yevropa tillaridan ajralib turishi bilan ahamiyatlidir. Xususan, ispan tilida ikki shakllari mavjud bo’lib, barchaga tushunarli bo’lgan ‘’Adabiy tili’’o’rnini bosuvchi ‘’Standart til’’ [La lengua de literaria y la lengua de medida]hamda ma’lum bir hududdagina iste’molda bo’lgan til dialektlardir.Ispan tilida mavjud bo’lgan dialect hamda shevalar o’ziga hos bo’lgan xususiyatiga ega, ya’ni ispan tilidagi dialekt hamda shevalar o’zgarishga uchragan va hozirgi kunda ham shevada gi so’zlar yoshlar nutqida ‘’ Yangi sheva’’ [El nuevo dialecto de es-panol o El dialecto de kataluna y valencia] shaklida paydo bo’lmoqda.Aynan kataluna shevasida bu o’zgarishlar ko’proq kuzatilmoqda. Aynan shuni ta’kidlab o’tish joizki, turli xalqlar urf-odatlari,madaniyatlari, shu xalqning dialektlari va shevalari bilan chambarchas bog’liq hisoblanadi.Til o’rganish jarayonida faqatgina shu tilninggrammatik,leksik qurilishini o’rganish bilan xalq orasida madaniyat aloqalrini yanada mustahkamlash uchun yetarli emas,buning uchun, albatta, shu xalq bilan bog’liq madaniyat,uning mentaliteti,adabiyotini o’rganish ham muhim masala hisoblanadi.Cataluna shevasi o’zining ispan tiliga yaqinligi hamda ispan tilidagi shoh asarlar aynan o’rta asrlar qadimgi ispan tilida yozilganligi jihatidan bu shevani o’rganish dolzarb va muhim tomoni hisoblanadi. Mavzuning o’rganilganlik darajasi.Ispan tilshunosligida Kataloniya, Valensiya, Galisiya va Andalusiya shevalarining fonetik, grammatik, leksik jihatdan tahlili, ‘’Umumiy til’’va ‘’Standart til’’o’zaro ta’siri natijasida yangi tilning paydo bo’lishi haqida va hozirgi ispan tilining paydo bo’lish sabalari hali to’liq o’rganilmagan. BMI ning asosiy maqsad va vazifalari. Ushbu BMI dan ko’zlangan maqsad ispan tilining guruh shevalarida so’z shakllari hamda ularning o’zgarishiga uchrashida ‘’Umumxalq til’’[La lengua de nacional] yoki ‘’Standart til’’[ La lengua de medida] ta’siri hamda qadimgi kastilia tili va kataloniya shevasi orasidagi o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash hamda kataloniya shevasida o’zgarishlar natijasida paydo bo’lgan so’zlarni tahlil qilish,ushbu o’zgarilishlarning mexanizmi hamda sabablarini aniqlashdan iborat hisoblanadi.Ushbu maqsaddan kelib chiqib BMI ga qo’yiladigan vazifalar quyidagilar hisoblanadi; Ispan tilida ‘’Dialekt’’ hamda ‘’Sheva’’ tushunchalarini aniqlash va shevalarni guruhlash haqidagi nazariyalarni tahlil etish; Kataloniya shevasining o’ziga xos xusu- siyatlariniliksek, grammatik,fonetik tahlil etish; Valensiya shevasining liksek-gramma- tik, fonetik xususiyatlarini aniqlash; Galisiya shevasining grammatik-fonetik xususiyatlarini aniqlash; Ispan tilidagi ichki jarayonlari natijala- rida vujudga kelgan shevalarga tuxtalib o’tish; BMI ning tadqiqot manbalari. BMI ning asosiy manbai sifatida hozirgi zamon yetuk o’zbek va ispan tilshunos olimlarining ispan tili grammatikasiga doir asarla-ri,o’auv qo’llanmalari, bir qancha ilmiy ishlari hamda muallifning shaxsiy kuza-tuvlari xizmat qildi.Ushbu tadqiqotni olib borishda uch yo’nalishfagi adabiyotlar-dan ya’ni o’zbek va ispan tilshunoslarining hamda rus ispanshunoslarining dia-lektologiya xususan, dialektlar grammatikasiga oid maxsus adabiyotlardan foy-dalanildi.Ayrim hollarda esa badiiy adabiyot namunalariga murojaat qilindi. Tadqiqot mznbzlari sifatida quyidagi mualliflarning ilmiy kitoblari hamda badiiy asarlaridan foydalanildi. BMI ning metodologik va nazariy asoslari. Mazkur Bitiruv malakaviy ishda bir qancha tadqiqot ishlardan foydalanildi. Tadqiqot metodi.Bitiruv malakaviy ishida ispan tilidagi shevalarni guruhlarga ajratishda tilshunoslikdagi komponent va qiyosiy tahlilmetodidan foydalanildi. BMI ning ilmiy va amaliy ahamiyati.Mazkur Bitiruv malakaviy ishning mavzusi zamonaviy o’zbek ispanshunosligida hali o’rganilmagan sohalaridan biri hisobla-di. Ushbu BMI ning natijalari O’zbekistonda ispan tilini o’rganayotgan talabalar va izlanuvchilar uchun o’quv va tadqiqot manbai bo’la oladi,shuningdek, Tadqiqot jarayonida yig’ilgan va amaliy tahlil etilgan Kataloniya,Valensiya, Galisiya dialektlari xususiyatlarining tahlili hamda ilmiy ish natijalari tilshunoslik uchun ham ahamiyatlidir.Mazkur BMI da qo’llanilgan barcha misollar badiiy adabiyot asarlari, xususan ispan yozuvchisi Miguel de Cervantes Savedra qalamiga mansub ‘’DON QUIXOTE’’asaridan hamda ispan adabiyotining noyob durdonasi bo’lgan Lope de Vega[1562-1635] asarlaridan foydalanildi I BOB. ISPAN TILIVA ISPAN TILIDA ”DIALEKT” VA ” SHEVA” TUSHUNCHALARI HAQIDA UMUMIY MA”LUMOT 1.1. Ispan tili hamda ispan tili ‘’dialekt’’ va ‘’sheva’’tushunchasi, ularning kelib chiqish tarixi. Xususan ,dialekt va shevalar haqida gap borar ekan,avvalo ularning umumiy tasniflari bilan tanishib chiqamiz, ya’ni o’zbek va ispan tillarida bularga alohida ta’rif berilgan bo’lib,bir-biriga taqqoslaganda biroz farqli tomonlari mavjud, shuning uchun birinchi navbatda o’zbek tilidagi ta’riflarga yondashamiz. Sheva forscha ravish,tarz,yo’sin degan ma’nolarni bildirib,fanda biror tilning o’ziga xos leksik, fonetik va grammatik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan kichik territoriyaga oid qismini anglatadi. Dialekt-so’zi grekcha bo’lib,sheva degan ma’noni anglatib[aslida qabila tili demakdir], aksariyat til xususiyatlari o’xshash bo’lgan shevalarni birlashtiradi. Lahja- arabcha so’z bo’lib, u ham ravish,tarz,yo’sin,sheva ma’nolarini bildiradi.Dialektologik termin sifatida qadimdan o’zbek tilining taraqqiyotiga asos bo’lgan sheva dialektlarning eng yirik to’dasini bildiradi.Ko’rinib turibdiki, o’zbek atamalarida sheva,dialekt,lahja iboralariga o’zbek tili uslubiidan va hududiy kelib chiqish jihatidan yondoshilgan.Lekin so’zlarning leksik ma’nolari to’liq yoritilgan. Jumladan,yevropa tillari, butun sharq tillari,umuman olganda butun dunyo tillarida ham ushbu atamalar mavjud bo’lib,ularga umumiy jihatdan quyidagicha ta’rif berish mumkin. Sheva-biror til doirasidagi xalq jonli tilining o’ziga xos fonetik,liksek va gram-matik xususiyatlariga ega bo’lgan eng kichik qismi hisoblanadi. Dialekt-tilshunoslikka doir adabiyotlar da ko’pincha Lahja ma’nosida ,ba’zan Sheva ma’nosida ham qo’llanadi.Olimlar tomonidan yaratilgan dialektologiyaga oid ilmiy ishlarda sheva,dialekt,lahja atamalarini farqlamaslik,aralashtirib qo’llash hollari ham uchraydi. Dialekt tushunchasi ma’lum bir hududning xususiyatlarini o’zida jamlab, ‘’Adabiy til’’ va ‘’ Umumiy til’’dan farqlanuvchi so’zlarini anglatadi.Furuse Jyu-nichi[2001] ‘’Dialekt’’tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi; Lingvistik–talaffuz,grammatik va so’z birikmasi bilan ajralib turadigan tilning hududiy yoki ijtimoiy xilma-xilligi. Lingvistik atamalar ko’pincha tilning standart turlaridan farq qiluvchi nutq usulini ifodalash uchun ishlatiladi.Shunga qaramay,Deyved Kristal quyida aytilganidek ‘’Har bir kishi dialekt bilan gaplashadi,lingvistik ishlarini o’rganish dialektologiya deb deb nomlanadi va odatda ijtimoiy tilshunoslikning pastki maydoni deb qaraladi’’. Umuman olganda, dialektologiya fanining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat; 1.Ayrim sheva va lahjalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyat-larini har tomonlama tavsif qilish; 2.Milliy tilning paydo bo’lishi va taraqqiyotida shevalarning tutgan o’rnini va shu milliy tilga asos bo’lgan shevalarni aniqlash; 3.Shevalarning o’zaro munosabatini, shuningdek, ularning adabiy til va qardosh tillarga bo’lgan munosabatlarini belgilash; 4.O’xshash xususiyatlariga ko’ra shevalarning tarqalish chegarasini aniqlash; 5.Umumiy o’xshash lingvistik xususiyatlarini belgilash asosida shevalarning ma’lum hududda tarqalish xaritalarini tuzish va shevalarni tasnif qilish; 6.Barcha turdagi til o’rganuvchilar uchun ularning nutqida uchraydigan turli xil yozma ishlarda duch keladigan mahalliy sheva xususiyatlari va ularni bartaraf qilish uchun yo’llar ishlab topish , uni amalga oshirish; Yevropa tillarining shakllanish darajasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, XIX asrga kelib yevropa tillari butun dunyo tillarining filologik jihatini qamrab oladi, natija-da, barcha yevropa tillarining tuzilish jihatini ko’rsatib beraoladigan cho’qqiga eri-shadi, jumladan, hind-yevropa tillari yevroosiyoda mavjud bo’lgan, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, qisman Afrikada tarqalgan yirik til oilalaridan biri. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik ham keyinchalik hind-yevropa tillari deb atalgan.Hind-yevropa tillari genetik aloqalariga ko’ra tillarning alohida birlashish shakli sifatida faraz qilinga dastlabki til oilasi hisoblanadi. Hind-Yevropa tillari tarmog’ining dialectal bo’linishi xususiyatlaridan biri sifatida hind-oriy tillari bilan eroniy tillarning, boltiq tillari bilan slavyan tillarining juda yaqinligi, italyan va kelt tillarining juda yaqinligini ko’rsatish mumkin. Bunday yaqinlik va o’xshashliklar boshqa til guruhlarida ham ko’zatiladi, albatta. Shu nuqtai nazardan, iron va hind oilalarini jamlab butun hind-yevropa tillari oilasini vujudga keltiradi, bu esa o’z navbatida, katta qismni tashkil etadi.Yevropa tillari guruhiga mansub ispan tilida esa, dunyo bo’yicha 332 mln.ga yaqin aholi shu tilda gaplashadi,bundan tashqari, ispan tilida yevropaning markaziy qismlari ham asosiy til sifatida foydalanadi. Ispan tili hind-yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub. Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 19 ta mamlgaakatning rasmiy tili. Flippin va AQSH ning janubiy- g’arbida ham keng tarqalgan. Jonli lotin tili asosida shakllangan, ko’p dialektli, lug’ati tarkibida arab tilidan o’zlashgan so’zlar anchagina. Ispan adabiy tiliga kastil dialekti asos qilib olingan. Shuning uchun Ispan tili XV asrgacha ‘’kas-til tili ‘’deb ham atalgan. Ispan tiliga oid yozuv namunalari X-XI asrlarga borib taqaladi. Ispan tili – BMTning olti rasmiy va ish yuritish tilidan biri.Ispan tilida bir nechta tillar va dialektlari mavjud bo’lib, asosan Kataloniya, [catalan], Valensiya [catalan], Galisiya [callego] kabi asosiy til va lahjalariga ega.Ispan tili asosan, kastiliya va andalusiya dialektlaridan tashqari, Peninsiula Iberika dialekti [hispanico]shevasi katta ahamiyatga ega.Ispaniya hududi ham geografik jihatdan katta qismni tashkil etadi.Masalan, Ispaniya davlati tarkibidagi eng katta qismni Peninsiula tashkil etsa, qolgan viloyatlari ham mavjud bo’lib, har bir hududlarning dialektlari mavjud, shular orasidan biz Kataloniya, Andalusiya, Valensiya va Galisiya hududiy shevalarini ko’rib chiqamiz ; Kataloniya, Andalusiya,Valensiya va Galisiya hududlari geografik jihatdan bir-biriga uncha yaqin bo’lmagan hududlarda joylash-gan bo’lsada, ammo dialekt va shevalar bir-biriga yaqin bo’lgan ifodaviy tushun-chalarni keltirib chiqaradi. Masalan, Katalan tili Hind-yev-ropa tillari oilasining roman guruhining okstian-romanost guruhiga mansub hisob-lanadi. Bu tildan ho-zirda, taxmina, 11-mln. kishi gaplashadi.Ushbu til roman tillarining iber-roman gu-ruhiga mansub. Ispaniyaning Kataloniya, Valensiya muxtor viloyatlarida, Balear orollarida, Fransiyaning Russilon tarixiy viloyatida, Sharqiy Tereney departamen-tida, shuningdek, Andorra davlati hamda Sardiniya orol[ Italiya] ning Algero shah-rida tarqalgan.Katalan tilida taxminan 8mln.dan ziyod kishi gap-lashadi[1992]. Ispaniya [ispan tili bilan bir qatorda], Andorra davlatlarining [ispan va fransuz tillari bilan bir qatorda] rasmiy tili. Sharqiy [barselon,balear, russimon, alger] va g’arbiy [ leridan, valensi] dialektlariga bo’linadi. Fonetikasida murakkab konso-nantizm [undoshlar tizimi] hamda fonemalarning nutqda g’oyat o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Mazkur tilning leksikasi va sintaksisiga ispan tilining ta’siri g’oyat kata bo’lgan. Katalan tiliga oid yozma yodgorliklar XI-XII asrlarda paydo bo’lgan. XIII asr o’rtalaridan adabiy Katalan tili shakllana boshlagan. Hozirgi ada-biy katalan tili XIX-XX asrlarda shakllangan. Uning asoschisi XIX-asrda yashab o’tgan atoqli tilshunos, yozuvchi J.Verdager lotin alifbosini ispan tiliga targ’ib qiladi va aynan shu alifboda yozish qulayligini ta’kidlab o’tgan.Tarixan, ispaniya hududi tarkibiy jihati turf a xil. Bu ularning madaniyatida, yagona til tizimida yaq-qol sezish mumkin. Hozirgi vaqtga kelib ispan tili shunchalik rivojlanib ketdiki, butun yevropada ikkinchi til sifatida foydalanishadi.Til rivojlangan sari uning dialekti ham grammatik qurilmasi ham o’zgarila boshladi. Til va dialekt o’rtasida farqlar mavjud bo’lib, ‘’ Til’’ va ‘’Dialekt’’ ning alo-hida tushunchalari bo’lib qolishi aslida tilshunoslar butun dunyo bo’ylab nutq tur-lari uchun tartibni ajratib qo’yishi mumkinligini anglatadi.Lekin aslida ikkalasi o’r-tasida obe’ktiv farq yo’q. Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi ham-da ona tili deyilganda shevaga yaqin tushunchadir.Dialektologiya obe’ktiv jihatdan ikki turlidir 1.Tarixiy dialektologiya. 2.Tasviriy dialektologiya yoki dialektografiya. Shulardan kelib chiqib yevropa tillarining bir qismi hisoblanmish ispan tiliga e’ti-borimizni qaratamiz; Ispan tili dialekt va shevalarini nazariyalashdan oldin biz bu tilnng adabiy tiliga va uning tarixiga nazar solamiz,demak Ispaniya davlati ham uzoq tarixga ega va tildagi jarayonlar uzoq tarixga borib taqaladi.Ushbu jarayon esa etnografik holatga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi, demak ispan tarixi ispan tilining kelib chiqishiga bir debocha bo’lganligi ayon va albatta tarixchilar ham, tilshunos olimlar ham ushbu jarayonlarni hisobga olgan holda o’z ta’riflarini berib o’tishgan.Shunga ko’ra, barcha faktlarni keltirishdan oldin alohida ispan tarixiga yuzlanishimiz kera, deb hisoblayman, sababi ispanlarning jahonda tutgan o’rni va ularning o’zlariga xos madaniyati, har bir regionlari, geografik tuzilishi ispaniya tilshunosligining asosi desak xato bo’lmaydi. Milodiy boshlanish asrlardan to hozirgi kunga qadar ispaniya tarixida ham, tilshunosligida uchrayotgan hodisalar ham bir qancha voqea-hodisalarga boy bo’lib,ularni alohida tasniflashib chiqol-masamda ammo kerakli faktlarni ko’rib chiqishimiz kerak,sababi har bir dialektik shakllar va ularni tasniflashda bu alohida muhim rol o’ynaydi.Masalan,ispaniya tarixi shunday jarayonlarni o’tkazganki,bu jarayon o’zil-kesil butun yevropa tillariga taqalishi mumkinligini hatto hayolimizga ham keltirish,bu shunchaki quruq gapdek tuyulishi mumkin, butun yevropa tillarini roman-german guruhiga ajratib chiqilgan sabablari ham mavjud bo’lib, ularni albatta, faqatgina tili,tili tarkibidagi sheva va lahjalari ajratib turadi,olaylik,ispan tili va italyan tillari bir-biriga o’xshash jihatlari ko’pligi uchun ko’pincha ushbu tillarni bilmagan insonlar bularni farqlolmasligi mumkin, ularni hatto o’qishda ham grammatik,fonetik, leksik jihatlari ham o’xshash tomonlarini ko’rish mumkin va yana e’tiborni yana dialektik jarayonga qaratib qisqacha ta’riflaymiz; Tarixiy dialektologiya-tilning dialektal xususiyatlari bilan birga, shu xususiyatlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, turli davrlarda o’zgarishi, qardosh tillar bilan munosabati va shu shevalarning tashkil topishida boshqa tillarning ishtirokini aniqlash kabilarni o’rganadi. Tasviriy dialektologiya esa mahalliy lahja va shevalarga xos fonetik va leksik-grammatik xususiyatlarini qayd qilish bilan chegaralanadi. Shevalarni o’rganish til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qim-matli materiallar beradi. Adabiy tilda allaqachon yo’q bo’lib ketgan yoki ma’-lum darajada o’zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik formalar mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo’lishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya-ga til tarixini o’rganish uchun juda ahamiyatlidir.Lingvistik geografiya til hodisa-larning o’rinlarini, tarixixy taraqqiyot jarayonida ularda yuz bergan o’zgarishlarni o’rganish uchun xizmat qiladi. Ispaniya yevropaning janubiy-g’arbiy yaqinida joylashgan bo’lib, Peninsiula Iberika orolining ko’p qismini egallagan,yer yuza qismi 504 248 km kv.ni tashkil etadi,aholisi 40 milliondan ortiq.Ko’p millatli xalq va turli til vakillari mavjud bo’lib asosan italyan va fransuz tillarida ham oddiy olomon xalqi umumiy til sifatida foydalanishadi. Ispan tili esa uzoq tarixga ega bo’lgan va kelib chiqishi uzoq o’tmishga borib taqaladigan dunyo tillar sirasiga kiritilgan yevropa tilidir.Bizni ongimizda ham o’z o’rniga ega bo’lgan ushbu til tarixi Rim Imperiyasining lotin tili bilan bog’liq hisoblanib, konkretlik kelib chiqish markazi bu Shimoliy Ispaniya markaziga taqaladi. V asrda Rim Imperiyasi qulaganidan keyin bu jarayon insonlar hayotida rim madaniyatining sekin-asta tushishiga olib keldi va bu lotin tiliga ham ta’sir etmasdan qolmadi.Roman tillari turli o’zgarishlarga duch keldi va har xil chalkashliklar yuzaga kela boshladi natijada ispan tilining kelib chiqishiga bu ham bir sabab bo’ldi.VIII asrda Peninsiula Iberikaga arablar bosib olish natijasida ispan tilida qisman turlichalik va ma’lum darajada o’sishiga olib olib keldi. Andalusiyada bir qancha roman dialektlarida gaplashila boshlanadi va bir qancha arab atamalari ham o’zlasha boshlaydi.Bu, albatta, arablarning ta’sir-kuchi hisoblanib,arabizm shakllanishiga olib keladi,keyinchalik esa mahalliy mayda millatlar bosqinlari ham bo’lib, bu jarayonda esa turlicha aralash to’liqsiz til va dialekt[sheva-lahja]lar paydo bo’la boshlaydi.Shu jumladan, mahalliy qo’zg’o-lonlar tarkibida hristian qirolligi ham mavjud bo’lib, bu ma’lum ispaniya hududini egallab olib,ispan tilini o’z uslublariga moslashib ketishiga sabab bo’ladi biroq en-digina til tarkiblari rivojlanayotgan ispan tiliga yana bir jarayon o’z ta’sirini ko’r-sata boshlaydi, bu islom dinining hukmromlik davrining boshlanishi edi,bu jarayon noodatiy uslubiyatni keltirib chiqaradi, natijada ispan tili shevalari ham shu vaqt-dan boshlab til bilan birgalikda har xil ko’rinish va tiplarda paydo bo’la boshlaydi. Jumladan roman shevalari;la catalana [cataluna], lanavarro-aragonesa[ ], la castellana[ ], laastur-leonesa [ ] y la gallego-portuguesa [ ]. Biroq, ispanik tila XI asrning yarmiga kelib, lingvistik bosqichlar yuzaga kela boshladi va asimilitik jarayonlar boshlandi, asosan Pinensiula Iberika markazida roman dialektlari vujudga kela boshlanadi.ularga quyidagilarni keltirish mumkin; -astur-leones; -castellano; -navarro-aragones va bundan tashqari ham ko’plab dialektlar mavjud bo’l-gan. Ushbu jarayon ispan tilining rivojlanish bosqichiga kata hissa qo’shadi va natijalari beqiyos, desak mubolag’a bo’lmaydi.Bu haqida ko’plab olimlar asarlar yaratgan va tilshunoslikka oid o’lkan meroslar qoldirgan,jumladan, [Ridruejo, Penny, Tuten, Fernandez- Ordonez]. Biroq, boshqa bir qancha filologlar ispan tili shevalarning eng ko’p qismini castilia dialektlari va undan keying o’rinni esa peninsiula dialektlari egallagan degan xulosaga ham kelishgan. Dialektlar o’zaro almashib turish xususiyatiga ham ega bo’lib,zamonaviy til doim insoniyatni o’ziga jalb etib kelgan,ushbu holat faqat yaqin hududlarda yuzaga keladi,binobarin bu jarayon ko’pincha o’zlashma so’zlarda uchraydi.zamonaviy til esa o’z navbatida barcha grammatik qo’rilmalarga ega bo’ladi va unga qisqacha shunday tahlil qilish mumkin, masalan, leksik jihatdan nutq-quyidagi tartibda fonetik birliklarga bo’linadi: 1) fraza; 2) taktlar; 3) bo’g’inlar; 4) tovushlar. Har qanday tilda frazalar mavjud bo’lib, hattoki qadimiy shevalarda ham fraza va pauzalarga e’tibor qaratilgan, natijada grammatik qo’rilish murakkablasha boradi, oldingi tillarda to bir adabiy ya’ni standart tilni qolip qilib olmaguncha asosiy til va dialektlar biroz qorishib qolgan natijada hamma til o’rganishi yoki qavmlar orasida gaplashish murakkablik to’g’dirmagan. Hozirga kelib til murakkablashdi va grammatik konkretlashdi. Fraza har ikkala tomon bilan bo’lingan eng katta fonetik birlik bo’lsa, pauza esa frazalarni talaffuz vaqtida nafas olish uchun va fikrni bir joyga qaratish uchun to’g’dirilgan sharoit, xo’sh, buni dialektlarga qanday aloqasi borki, biz shevashunoslikda ham tasnif, tahlil ishlarini olib borsak degan savol to’g’iladi, demak har qanday zamonaviy tilde, har qanday dialektda grammatik qurilma mavjud ekan faqat fonetik va realitik jihatdan ko’proq farqlanar ekan, frazalar taktlarga bo’linganda takt frazaning bir bo’lagi hisoblanadi, bir urg’u yordamida bir yoki bir nechta bo’g’inlarning ulanishidan tashkil topadi, dialektlarda esa bu jarayon asosan talaffuz bilan bog’liq bo’lib, bir vaqtning o’ziga konkretlashadi, qisqaradi va ixhamlashadi, ammo shunday frazaviy dialektlar borki ularni etimologik lug’atlar orqaligina tushunish mumkin. Masalan oddiy so’z turkumlariga ham biroz bo’lsada dialektlar singib ketgan bo’lib, orttirma darajadagi sifatlar asosan dialektik jihatdan kelib chiqqanligi ma’lum. Taktlar bo’g’inlarga ajralib, bo’g’in hosil qiluvchi tovushlar tizimiga ajratiladi.
Download 102.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling