Samarqand davlat chet tillar instituti roman-german tillari fakulteti


-En la playa de Hetare ce hunta una harta hente d’Ahecira (en la playa de Getares se junta mucha gente de Algeciras)


Download 102.1 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2020
Hajmi102.1 Kb.
#120030
1   2   3   4
Bog'liq
Baratova Shahnoza diplom ishi 100620113629

-En la playa de Hetare ce hunta una harta hente d’Ahecira (en la playa de Getares se junta mucha gente de Algeciras)


Quyidagicha tarjima qilinadi, Algesiresdan ko’plab odamlar Getaris sohilida to’planishadi. E’tibor bering, fonetik jihatdan h harfi bilan taqqoslasak, h harfi g harfini o’rnida ishlatilyapti va talaffuz jarayonida ham farqlanish mavjud.

El hitano cohio cu haca y ce fue a Hereh (El gitano cogio su jaca se fue a Jerez )


Bu yerda Kastiliya tilining fonetik yozilish qoidasiga e’tibor beramiz, bu birikmada uchraydigan asosiy farqlar shuki, h harfi g tarzida yozilsa-da, x harfi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Endi bir nechta so’zlarning ispan tilida adabiy tilida ishlatilish jarayoniga va ispan lahjalarining o’xshash tomomlarini ko’rib chiqish bilan birga o’zlashtirma so’zlarning ham jadvaliga e’tibor qaratamiz. Bu jadval bizga ispan adabiy tilining tuzilishini ham ko’rsatadi. Bunda yana katalon, andalus va galisiy lahjalarining ispan tiliga o’tgan so’zlar dialektlar ham keltirilgan, standart tili tarkibiga o’tilgan dialektlar asosan kastiliya, katalancha ya’ni valensian guruhidagi so’zlar olingan bo’lib ularni quyidagi jadvalda ko’rishingiz mumkin. Bundan tashqari esa leksik, fonetik, grammatiik va sintaktik gutuhlarga ajratib o’rganish qulayn hisoblangani uchun jadvalni tushunarliroq va qulayroq ishlab chiqishga harakat qilamiz. Masalan,ispan adabiy tilidagi o’zlashma so’zlar, aynan, dialektlardan olingan so’zlar quyidagilar:

La salas [la salas] – (ketma-ket, qanotlar), bu yerda ispan adabiy tiliga moslashgan so’zlar ketma-ketligi keltirildi, endi esa dialektlarga xos variantini ko’rib chiqamiz,

Las alas [las alas] – (ketma-ket, qanotlar), bu yerda ispan dialektlariga xos qator keltirildi, bu so’zlar lotin tilidan o’zlashgan, kastiliya dialekti, fonetik jihatdan moslashgan va shuning uchun hech qanday qiyinchiliklarsiz dialektlar bilan bir xil talaffuz qilinyapti, leksik jihatdan ma’noviy tuzilishi bir xil, Grammatik qurilish jihatdan ham deyarli bir xil faqat morfemik jihatdan qo’shimchalar biroz to’g’ri kelmaydi, ko’plik va birlikda muommoga uchragan, natijada fonetik jihatdan moslashib ketgan.

Birinchi gapda la salas birlikda, ikkinchi gapda esa las alas ko’plikda, ko’rinib turibdiki, bor yo’g’i birlik va ko’plikda muommoga uchradi va leksik jihatdan paronimligiga ega bo’lib qoldi,endi ma’noviy jihatdan birligini hisobga olib bu so’zlarni moslashganinin ko’rib chiqamiz, birinchi fonetik moslashadi, ya’ni la salas va las alas s harfi ikkinchi so’zda tushib qolyaapti, birinchi so’zda morfemik jihatdan birlikni ifodalayapti, la salas - las alas ketma-ketlikda ko’rish mumkinki, ko’plik va birlikda farqlanyapti tarjimasi bir xil, talaffuzi bir xil, orfoepik jihatdan bir xil talaffuz qilinyapti, endi qaysi soz’dan o’zlashganini va qaysi davrga mosligini, qachon o’zlashganini va bu nima sababdan o’zlashganini ko’rib chiqamiz.

La Canaria hududiga tegishli so’zlar bo’lib, bu hudud Ispaniyaning IspanAmerik yarim hududiga tegishlidir. Ispan tili VII asrda rasmiy til maqomini olgan bo’lsa o;sha vaqtda katalan, kastiliya tillari mustaqil til deb hisoblanar edi demak har qanday tilning zamonaviy va ekvavaliyentlik xususiyatiga ega bo’lsa bunday so’zlar ko’proq o’zlashma so’zlarga munosib hisoblanadi, endi yana boshqa tarafi ham borki har qanday tilning sinonim va antonimlik jihati yo’qori bo’lsa bunday tillar boy til hisoblanadi. Endi esa shunday turdagi so’zlarni ko’rib chiqamiz:

Fuego [fuego]- olov

Foco [foco]- diqqat

Razon [rason]- sabab

Vida[vida]-hayot

Noche [noche]-kechasi

Nocturne [nocturne]-tungi (fransuz tilidan o’zlashgan)

Pecho (pecho)- ko’krak qafasi

Pectoral [pectoral]-pektoral

Leche [leche]-sut

Lacteo [lakteo]-sut mahsulotlari

Quyidagi so’zlar esa ispan tiliga esgi ispan tillaridan ya’ni kastiliya va katalancha tillaridan o’zlashgan so’zlar hisoblanadi, o’zlashgan so’zlar esa oldingi eski variantlari ko’proq yarim asrlar tarixiga ega bo’lsa, bunday tillardan olingan so’zlar hozirgi davrda yangi variantlari bilan dialektik turkumga kirganlik hususiyatlariga ega hisoblanadi. Quyidagi jadvalda esa bunday so’zlarning tuzilishini ko’zrib chiqamiz:

etxe[ekste]- hozirda exte variant mavjud bo’lib qaytmoq deb tarjima qilinadi.

casa[ kasa ]- uy

ciudad[ siudad ]- shahar, vatan

puente[ puente ]- ko’prik

fuente[ fuente ]- manba

camino [kamino]- yo’l

monte[ monte ]-tog’

campo[ kampo ]-qishloq joy, bo’sh vaqt

valle[ vaye]-vodiy

cabana [kabanya]- idish

nuevo[ nuevo]-yangi, ishlatilmagan

viejo[ viyexo]-qari, eski, keksa

ancho[ ancho]-kenglik,

alto[ alto]-baland

arriba[ arriba ]-yuqorida

lado[ lado ]-tomon

ushbu so’zlar Iturbide vasco eski ispan tilidan o’zlashgan bo’lib, bularning variantlari haqiqiy o’zlashma so’zlarda ham saqlanib qolgan va ko’p xsusiyatiga ega. Endi esa ushbu so’zlarning qaysi so’zdan olinganligi va oldingi variant bilan tanishamiz:

etxe-casa

(h)iri/iri-ciudada

zubi-puente

iturri-fuente

bide-camino

mendi-monte

solo-campo

ibar-valle

ola-cabanya

berry o barre- Nuevo

zahar yoki zar-viejo

zabal-ancho

garai-alto

goiti-arriba

ondo- yoki alde-lado va hokazolarni keltirish mumkin.

Ushbu dialektlar judayam eski variantlari bo’lib bularning hammasi hozirda yangicha kurinishda ishlatila boshlagan. Kastiliya va Katalan tillari oldingi kurinishi mavjud bo’lib ekvavalentlik xususiyatlariga egadir. Barcha dialektlar ham o’zining kelib chiqish tarixiga egadir. Ispan tilidagi asosiy Grammatik kategoriyalaridan biri rod kategoriyalari hisoblanadi, Grammatik kategoriyalardagi bir xillik Grammatik shakllarga, Grammatik vazifalarlarga qarab belgilanadi. Ma’lumki ma’nodagi so’zlar bir necha Grammatik shakllarni olishi mumkin, lekin so’zlarning ma’nosi o’zgarmaydi. Navbatda rod kategoriyasini hosil qiluvchi qo’shimchalar ham boshqa Grammatik kategoriyalar kabi so’zning ma’nosiga ta’sir ko’rsatmaydi. Navbatda rod kategoriyasini hosil qiluvchi qo’shimchalar va so’zlarda bo’ladigan o’zgarishlarni ko’ramiz.

Ispan tili so’z va iboralarga boy til bo’lganligi uchun insonning ruhiy holatini ifodalash uchun faqat birgina so’z yoki iboradan foydalanish bilan cheklanib qolmaydi, ya’ni insonning birgina holatini ifodalash uchun ko’pgina so’zlardan foydalanishimiz mumkin. Bu esa ispan tilining so’zga boyligi va o’z go’zalligini ko’rsatadi.



2.4. Qadimgi ispan tili shevalari saqlanib qolishining o’ziga xos xususiyatlari.

Ispan shevalarining saqlanib qolishida til tarixi o’z ahamiyatini topadi, shevalarda leksik, fonetik, Grammatik tahlil qilish natijasida butun bir tarixni ham, leksik so’zlarning boyligini ham, va barcha kerakli ma’lumotlarni ham bilib olish mumkin. Biz bilamizki, adabiy til muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlashtirilgan, mazkur tilde so’zlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli, qayta ishlangan tushunchasi nisbiy tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda adabiy til o’zgarib turgan bo’lsa-da, hatto ayrim bir xalqqa ham adabiy til turli davrda turlicha bo’lgan. Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq uchun boshqa bir xalq tili adabiy tili mavjud. Ba’zi davrlarda esa boshqa xalq adabiy tili standart til vazifasini o’tagan. Rivojlangan adabiy tilsiz boy madaniyatga ega xalq bo’lishi mumkin emas,shu ma’noda adabiy til jamiyatning dolzarb muommolaridan hisoblanadi.

Adabiy til deganda ba’zan uni turli ko’rinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma adabiy til va og’zaki adabiy til va badiiy adabiyot tili bilan adabiy tilni ayni bir deb bo’lmaydi. Adabiy til o’zining mezonlarini egallagan shu tilde sozlashuvchilar barchasi uchun bir xil, u ham yozma ham og’zaki shakllarda amalda qo’llanadi. Badiiy asar (yozuvchi) til ham adabiy til me’yorlarga bo’ysunsa-da, 181 ta ko’plab xususiyatlariga hamda umum e’tirof etmagan jihatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Turli xalqlarda hamma davrlarda ham adabiy til bilan milliy til o’rtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi bo’lgan xalq millat bo’lib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til adabiy til vazifasini o’taydi, lekin har qanday adabiy til darhol milliy tilga aylana olmaydi,adabiy til bilan shevalar o’rtasidagi munosabat o’rtasidagi munosabat alohida muommoni tashkil etadi.

Shevalar tarixan qanchalik barqaror bo’lsa, adabiy til uchun shevalarning vakillarini lingvistik nuqtai nazardan umumlashtirish shunchalik murakkablashadi. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlar masalan, Italiya va Indoneziya kabi mamlakatlarda shevalar adabiy til bilan teng suratda qo’llanmoqda. Adabiy til tushunchasi odatda til uslublari tushunchalari bilan bog’lanadi. Ammo bu boglanish bir tomonlama chunki til uslubiyatining o’zi adabiy til ko’rinishlari hisoblanadi. Ular tarixan shakllangan, muayyan belgilar majmuidan iborat bo’ladi. Mazkur belgilarning bir qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mumkin. Lekin bu takroriy belgilarning ma’lum shaklida birikishi va vazifasining o’ziga xosligi bir uslubning ikkinchi uslubdan farqini belgilaydi. Turkey tillar guruhiga kiruvchi o’zbek tili ham, yevropa tillariga kiruvchi ispan tili ham dialektik jihatdan ancha rivojlangan, huddi bizda ham lahjalarninng turli ko’rinishlari mavjud bo’lganidek, guruhiy hududlarga ajratiladi.

Dialektlar til xilma-xilligi va shuning uchun til xilma-xilligi bilan bog’liq. Lahjalar odatda quyi toifadagi tizim turiga kiradi yoki tilga qaraganda sodda bo’lishiga qaramay, aslida dialektlar ma’lum bir tilde gapirish yoki yozishning o’ziga xos usullaridir. Ispaniya misolida biz aniq ikki xildialekt guruhlarini aniqlashimiz mumkin, shunday qilib bir tomondan, shimoliy bor, ikkinchi tomondan janubiy tomon bor, bu ikkala guruh ispan dialektlarini ajratib ko’rsatadi. Ushbu dialektlarning saqlanib qolishida esa ko’plab zamonaviy ispan tiliga mos shakllari mavjuligida va dialektlar boshqa janubiy lahjalar uchun biz juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan misollarni topamiz, masalan, Madrid lahjasi voqeasi, lismo, leysmo yoki losmo bilan ajralib tuardigan shuningdek, eng muhim lahjalaridan yana biri Andalusiyadir, u Mozabarik, Ruminiya yoki Arab kelib chiqishi leksikasi jihatidan juda xilma-xildir. Ko’pincha ispan tilida so’zlashuvchilar Lotin Amerikasida, ispan tilida gapiradigan ko’pchilik bo’lgan mamlakatlarida faqat Ispaniya va Ekvatorial Gvineya Amerikadadan tashqarida bo’lgan. Amerika Qo’shma Shtatlarida, Latino aholi ko’payishi ushbu tilde katta yutuqlarni keltirib chiqaradi, Mayami kabi ba’zi mintaqalarda ham ispancha ingliz tilida gaplashadi. Instituto Servantes ma’lumotlariga ko’ra, 1986-yildan 1990-yilgacha AQSHda ispan talabalari soni tilning g’arbiy dunyoda o’rganila boshlaganligini hisobga hisobga olib, 70 foizga o’sdi.

Ispaniyada ispan rasmiy va katalan, galisian va euskera yoki bask tillari, muxtor mintaqalarida ular eng ko’p gapiriladigan, boshqa tillar va lingvistik navlar birga yashaydi. Ushbu to’rtta asosiy til bilan bir qatorda, Aran vodiysida, Arle vodiysida, Llieda Pireneyalarida va Portugaliya bilan chegaradosh ba’zi shaharlarida Galisian-Portugal tilida gaskoning varianti mavjudligini ta’kidlash kerak, bundan tashqari, ikkita muhim tarixiy nav – Leones va Aragoneselarning omon qolganligini ta’kidlash kerak. Rumin filologiyasi (Arco-Libros) kitobini oltinchi nashrini nashr etishini boshlaydi. Dialektlar orasida Garcia Mouton to’g’ridan-to’g’ri ispan- kastil, katalan, galisian yoki Austrian kabi lotin tilidan kelib chiqqan “tarixiy” (bu tillar deb ham hisoblanadi mumkin) va “novotir” larni kelib chiqadigan “ novotarlari”ini farqlaydi. Kastiliya, Andalusiya va Ekstremaduran, Murcian va Kanar navlari kabi. Ozchiliklarning tillari va lahjalari nisbatan, umuman olganda, bu hechqanday rasmiy ahamiyaga egaammo uni teng bo’lmaganlarga taalluqlidir, ammo uni teng bo’lmagan tillarda tarqatadiganlar ham bor,chunki ularning ma’ruzachilari ikki til va diglossiya holatida, ijtimoiy jihatdan kuchli bo’lgan boshqa til bilan birga yashaydilar”,- deb tushuntiradi Fundeu maslahatchisi.

Bu sohada shuni ta’kidlashimiz kerakki, Kastilian tomonidan O’rta asrlarda janglar paytida nord uchun ishlahsga yordam beradigan qurol-aslahalari va ikkita tayoqchasi bo’lgan ritsar ham tanilgan edi. U va boshqa vassallari bilan birga u bilan jang qildi va natijada mukofot sifatida unga boyligini oshirishga va yaxshi mavqeiga ega bo’lishiga imkon beradigan bo’ldi. Biz aytib o’tgan vaqt davomida Kastiliya va Kataloniya hududiga xos bo’lgan oltin tanga bore di, bu boyliklar faqat tarixixy urushlarga emas, tillarning rivojlanishiga ham to’siq qilib turar edi. Bu vaziyatlar ikki tilning muommolarga uchrashiga sabab bo’ldi, tarixiy til va lahjalar asrlar davomida kastiliya ta’siridan aziyat chekdilar, ammo ular o’z ichiga olgan holda burilishlar o’tkazdilar., bu tillardan va o’sha lahjalardan ko’plab dialektlar kelib chiqqan deya qaralgan. Bulardan ko’plab variantlarni keltirish mumkin, masalan, Anares bu aran vodiysida oksitan tilining Gascon dialectal xilma-xilligi keng tarqalgan nom bo’lib, garchi bu eng keng tarqalgan nominatsiya lekin hechqanday holatda bu ajralib chiquvchi sabablarga ko’ra ishlatilmaydigan va aranning oksitan tiliga tegishliligini bo’yicha consensus deyarli to’liq va qonuniy tan olingan.

Hozirgi vaqtda hamma joyda bo’lgani kabi ispanlarning ushbu variantlarining xususiyatlari yo’qolib ketmoqda va ularning o’rnini standart ispancha til egallamoqda. Churra nutqi faqat alohida joylarda yoki keksa ma’ruzachilar orasida sezilarli darajada qo’llanadi. La serranos aholi o’zlarini “churros” yoki “churricos” deb atashganini sababi shuki, barcha lahja nomlari ularning yashash hududi nomlaridan olingan bo’lib barcha dialektlar o’z hududiy nomlarini o’z nomlariga nomlab olishadi ushbu dialekt o’z nomini ilgari yashagan Valensiyaning shimoliy kirish qismida shaharning deyarli chekkasida bo’lgan va shu sababli bu tarafdan kelgan barcha hududiy tuzilishlar mavjud, kataloniya hududida oksitian tili va madaniyatining mavjudligi tarixiy sabablar bilan izohlanadi. Bu haqiqatan ham o’z nomiga ega, chunki o’sha mavzumda o’sha paytdagi toifaning o’sha paytdagi poytaxti alpuente aholisi va Aragonning janubida gaplashadigan tilga o’xshash tilda, so’zlashganda ular qanday qilib ko’plab dialektlarni uchratish mumkin. Boshida aytib o’tganimizdek, kanareyka bu ispan lahjalaridan biri, hududiy nomi ham Kanareyka bo’lib bu til Amerika va Ispaniya o’rtasidagi o’xshash tillar hisoblanib, o’rtadagi til deb ham yuritiladi, demak, ispan tilining keng tarqalishi natijasida hattoki o’ziga rasmiy til deb qabul qilgan xalqlar ham taafovutlikni yuzaga chiqarish bilan ovvora, masalan, ingliz tilida ham shevalar ko’pligidan faqat uni o’rganuvcchilargagina og’irlik tushmoqda, to’g’ri, bu tilning boyishiga sabab bo’lishi mumkin lekin tabaqaviy aloqalik ustunlik qilayotganini yaqqol sezish mumkin. Kanareyka ham shunday turkumlar guruhiga kiradi va o’rta til deb qabul qilinadi. Bu hudud Kuba, Puerto-Riko va Dominikan Respublikasida gaplashadigan ispanlarga juda o’xshash, ushbu lahjani Portugal tili va ispan tili o’rtasidagi birlashma sifatida belgilaydigan nazariyalar mavjud.

Ushbu lahjaning kelib chiqishi Kanar orollarining Kastiliya toji tomonidan zabt etilishidan ancha oldin paydo bo’lgan, chunki Andalusiya va Portugaliya aholisi orollarni bosib olish uchun kelgan birinchi ekspeditsiyalarda ko’p uchraydi. Ushbu fathdan so’ng Tenerife orolida yashagan Guanchlar deb nomlanuvchi ispangacha bo’lgan aholining bir qator Berber lahjalari deyarli yo’q bo’lib ketmoqda. O’simlik va hayvonlarning nomlari, chorva mollari va ko’plab joy nomlari va antroponimlari bilan bir qator nom va atamalar ushbu lahjalardan saqlanib qolgan, ko’rinib turibdiki, ot so’z turkumlariga xos bo’lgan so’zlar ko’proq ispan tilida kanareyka shevalaridan qolgani m’lum bo’ldi.kanareyka shevasidan qolgan so’zlarni quyidagi havolada bayon etaman:

Kanareyka lahjasidagi ispan tiliga kuchgan so’zlar:

Tabaiba[tabaiba]-

Tajinaste[tajinaste]-

Perenquen[perenkuen]-

Guerre[guere]-

Bayfo[bayfo]-

Jairara [ jairara ]

Gofio[gofio]-

Tagorar[tagorar]-

Mencey[mensey]-

Guanchdan kelib chiqqan ispan lahjalari:

Tacoronte[takoronte]-

Taganana[taganana]-

Teguesta[teguesta]-

Ispaniya standart tiliga mos kelgan qadimgi ispan so’zlari, hozirda bu so’zlar dialektlar tarkibiga kirgan bo’lsa-da, ispan standart tiliga, adabiy tili qolipiga mos so’zlar hisoblanadi, ular:

Gara[gara]-

Jonay[xonay]-

Yaiza[yaisa]-

Bular hozirda ko’proq ispan geografik nomlariga kiritilgan va ot so’z turkumining atoqli va turdosh otlari hisoblanadi. Portugal tilidagi kanarizmlar Kanar orollaridan ispan tilida gaplashadigan xorijiy til, chunki XV,XVI va XVII asrlarda ko’plab portugallar orollarga joylashadilar. Bu barcha grammatik toifalaridagi so’zlarning ko’pligi va hayotning ko’p sohalariga bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Demak, geografik joy nomlaridan tashqari lahjalarning saqlanib qolishida o’sha davrdagi sharoit ham katta o’rin tutar ekan, buni ayniqsa, qadimgi dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik bilan shug’ullagan insonlar o’sha vaqtda o’ziga kerakli bo’lgan so’zlarni o’zlashtira boshlaydi, natijada ko’p o’zlashna so’zlar shu tarkibda bo’lib qoladi.olaylik, ot so’z turkumiga xos bo’lgan so’zlar hisoblanib qoladi va aynan keltirilgan jadval bunga bisol bo’la oladi deb hisoblayman:

Bosta[bosta]- tariq, makkajo’xori

Burgao[burgao]- kichik dengiz salyan g’ozi

Fonil[fonil] yoki:

Huni[hyune]-tortma, mebel tortmasi va hok.

Ispan tili dialektlarining saqlanib qolish sabablari ko’p va bularning barchasi asosan geografik jarayonlar va yashash sharoitlaridan kelib chiqadi, ispan tili ikki tilli va ko’p lahjalik til tarkibiga kirgandan so’ng, yevropada tillar o’rtasida tortishuvlar ham paydo bo’la boshladi, natijada Amerika dialektida va ispan lahjalarida judayam katta o’zgarishlar ham bo’la boshlagan, o’zining tilini hamisha ustun qo’yishni xohlagan inglizlar hattoki ispan tilinin shevalarini ham zamonaviylashtirishga harakat qilishgan.ko’rib o’tganimizdek, ispan lahjalari ko’proq qishloq xo’jaligi bilan aloqada bo’lgan shevalarni o’z ichiga oladi, ammo bu holat hammani ham birdek qoniqtirmagan. Biror tilni o’rganar ekansiz o’sha tilning nafaqat tilini so’zlashish jarayonini balki o’sha millatning chuqur tarixi bilan ham tanishib, o’zingiz ham oldin shu jarayonda ishtirok etgandek bo’lib boraverasiz. Natijada bilimlaringiz va xulosa qilish qobiliyatingiz yanada rivojlanib boraveradi. Bu jarayonlar asosan chet tillarini o’rganayotgan mustaqil o’rganuvchilar va chet tillariga ixtisoslahgan universitet va institutlari talabalarida ko’zatish mumkin. Bu jarayon insonga o’zgacha hislarni ham tuxfa etishi mumkin, biroq til o’rganish uchun biroz kuchli iroda ham kerak.

II bob bo’yicha xulosalar

Ispan tilining o’rganish hozirda ancha ommalashmoqda va natijasi ham yuqori ko’rsatkichni ham ko’rsatmoqda. Ruhiy holatni ifodalovchi so’zlar ham, Grammatik qurilishlarga ega bo’lgan so’zlar ham, limit so’zlar ham barchasi bir tilning tarkibiy qismiga kirishini bilamizki bunday jarayonlar tilning Alloh tomonidan in’om etilgani va hech qanday inson o’zicha yangicha til kashf etolmasligini tan olish kerak. Siyosiy jarayonlarda foydalanadigan so’lar va ilmiy-publitistik so’zlar hammasi tilning bosqichlari hisoblanadi. Bunda til tarkibidagi so’zlar huddi zinadek bosqichma-bosqich ko’tarila boshlaydi. Ispan tilini o’rganar ekanmiz, bunday sharoitda har qancha til o’rganish uchun ham vaqtning yoki qo’llanmalarning yetarliligi faqatgina insonning o’zida qobiliyat, chidamlilik, kuchli iroda bo’lishi bilan birga qiziqish hizlari bo’lishi kerak. Bir paytlar til o’rganish jarayonlarini boshlash vaqtimda, mening ustozim shunday degan edi: “til o’rganish huddi insondan biror-bir devorni qulatish kabi kuch talab qiladiki,uni qulatish o’zinga bog’liq, chunki uni kimdir o’z iroda va bilimga chanqoqligi bilan tezroq amalga oshirsa yana kimdir uni erinchoqligi va sustligi bilan amalga oshiradi yoki umuman uddasidan ham chiqolmasligi mumkin” – deya bizga aytib o’tgandi, bu bilan nima demoqchimanki, til o’rganishning o’ziga yarasha mashaqqatlari va vazifalari ham mavjud, ozgina suhbat lug’at bilib emas o’sha tildagi chuqur ilmiy so’zlaridan tortib toki lahja – dialektlarini ham o’rganish bu yangi tilning xurmat qilish bilan birga uning chuqur tarkiblarini ochish ham demakdir.

Xulosa o’rnida aytmoqchimanki, barcha til vakllari ham shuni ta’kidlashadiki, insoniyat barcha davrlardan o’tib, kuchga to’lib va yanada rivojlanib boraveradi, shu bilan birga biz bilan har doim hamnafas, doim birga qo’llaniladigan o’zimizning tilimmiz ham shunday davom etaveradi, rivojlanib boraveradi faqat ular orasida lahja va shevalargina saqlanib qolib tilning betakror ko’rinishiga o’z hissasini qo’shib boravradi. Har bir xalqning madaniyati, badiiy obrazlari ham shu vosita orqali yuzaga chiqadi, davlat milliy ko’rinishidan tortib barcha aloqalarda tilning o’rni beqiyosdiir. Tilning eng kuchli tasviriy ifodasi va ilmiy so’zlarning fonetik jihatdan portlab chiqadigan so’zlarini bunga misol qilish mumkin.
III BOB. ISPANIYADA VUJUDGA KELAYOTGAN “ YANGI SHEVALAR ” NING SHAKLLANISH SABABLARI, ULARNING IJOBIY, SALBIY TOMONLARI. ULARNING LEKSIK, FONETIK, MORFOLOGIK VA SINTAKTIK TAHLIL-TASNIFLARI.

3.1. Ispaniyada vujudga kelayotgan yangi shevalar va ularning ijobiy-salbiy tomonlari haqida.

Shevalar tobora ko’payib boraverar ekan barchaholatda muommolar ko’payib boraveradi shu bilan birga barcha muommolarning yechimi ham topila boradi ammo o’rtada vaziyat faqat tilshunoslikning ko’p qirrali ekanligini va olimlarning yanada ko’proq ishlashini keltirib chiqaraveradi. Insoniyat bu shunday chuqur effektlar bilan o’ralganki barcha mavjudot va predmetlar bir-biri bilan chamcharchas bog’liqligini ko’rish mumkin. Ispaniyaning barcha shevalarining kelib chiqishi va ularning tasnifi haqida yuqorida tanishib chiqdik, dialektlarning barcha kurinishi ham tilshunoslikda grammatik yechimga ega bo’lishi mumkin faqat barcha savollarni konkretlashtirib olgan ma’qul.

Ispaniyada vujudga kelayotgan aksariyat dialektlar Lotin Amerikasi hisoblanib bu yerdagi talaffuz qoidalari va ularda uchraydigan muommolarni ko’rib chiqamiz va ularni yahlil qilib yehim topishga harakat qilamiz.

Ikkinchi jahon urushida Ispaniya betaraflik e’lon qilgan bo’lsa ham Germaniya va Italiya bilan yaxshi aloqada bo’lgan ammo ko’plab shevalar Fransiya so’zlaridan o’zlashgani ma’lum. Ispan tili lotin tilidan kirib kelganini ko’rib chiqdik ammo bu tilning oldin tahlil-tasniflarini tahlil qilib izohlab chiqish kerak deb hisoblayman, lekin yanada tushunarli bo’lishi uchun barcha izohlarni tartiblashtirib chiqamiz.

Ispan tilining barcha dialektlarida o’chraydigan barcha grammatik tuzilishini ko’rib chiqamiz.

Tabiiyki, hech qachon yo’qdan bor bo’lmaydi, balki mavjud narsaning rivojidan, taraqqiyotidan paydo bo’ladi. Ma’lum bir bir turdagi taraqqiyot intihosi yangi bir turdagi rivojlanish ibtidosi bo’ladi. Nutqiy qo’llanishlarning idrokiy umumlashmasi sifatida, avvalo, nutq birligini va muloqot birligini farqlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Nutq birligi sifatida insoniy birliklarning moddiy shaklda fonemani alohida nutq tovishi, morfemani alohida qo’shimchalar, leksimani nutqda qo’llangan so’z shakllari va gaplar sifatida yozma va og’zaki ko’rinishlarida yuzaga chiqqan xos xususiyatiga egadir.

Dilaketlarda uchraydigan oddiy o’zbekcha so’zlardan misollarni keltirib o’tamanki, bular orqali so’zlarning qanday kelib chiqish tartibini o’rganib olamiz:

-yozdizmi, -bordizmi ushbu so’zlar o’zbek tilida shevalarga xos guruhiga kiradi, bu sheva asosan, og’uz lahjasi tarkibiga kiradi sababi, bu shaharliklarga hos bo’lgan nutq va bundan tashqari barcha talaffuz jihatdan chiroyli talaffuz qilinadi va judayam ixcham tushuntirish qobiliyatiga ega. Bu yerda fonitik jihatdan o’zgarish yuzaga kelyapti, tovush tushishi hodisasi ro’y bergan, fonetik yozuv asosida yozilyapti, morfologik jihatdan so’z turkumiga fe’l so’z turkumiga asoslangan, leksik jihatdan ko’p ma’noli so’zlar tarkibiga kiradi, ma’noviy jihatdan ta’sirchanlikka ega, o’zida hech qanday tasviriy ifoda bo’lmasa-da, lekin toifalanish xususiyatiga ega obraz mavjud, bu o’z navbatida birdan aytilganda insonni ongida tushuncha paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.

Muloqot birligida lisoniy va nolisoniy milliy, ruhiy sharoit, odatiy va hokazo omillarning muloqot jarayonida birgalikda murakkab bir hodisa sifatida voqelanishi va muloqot jarayonida ma/lum bir informative-ekspressiv funksiyani bajarilishi tushuniladi. Ispan tilida ham huddi shunday hodisalar mavjud bo’lib faqat yevropa tillarining turkiy tillardan farqi ularning tuzilish jihati va farziologik jihatdan farqlanadi, bunday vaqtda biz yanada soddalashtirib o’rganishga harakat qilamiz.

Yuqoridagilardan bilinib turibdiki, nutq birliklari va muloqot birliklari asosida nutqshunoslik turadi. Tabiiyki, tilshunoslikning tadqiq manbai bu til; u esa faqat va faqat insoniy jamiyatda uning o’ziga xos aloqa aralshauv muloqot vositasi sifatida yashaydi. Tilning ijtimoiy mohiyati va muloqotning eng asosiy vositasi ekanligini hamma davrlarda barcha tilshunoslar tomonidan o’rganib kelinayotganligini hamma davrlarda barcha tilshunoslar tomonidan o’rganib kelinayotganligi barchaga ayon. Kishi nutqiy muloqotga kirishar ekan har bir so’z ma’no jihati insoniyatga ta’sir qilishi tabiiy. Ispan tilining ba’zi dialektlarida shuunday jarayonlar uchraydiki, undagi xatolar ko’pincha tilning yanada qiyinlahtirishga olib keladi. Masalan, barcha sheva balki adabiy tilde ham yuzaga keladigan ijobiy va salbiy tomonlarini ko’rib chiqamiz.

Ispan tili dialektlari qadimgi lotin tilidan kirib kelgan bo’lib, yevropa tillarining bir qismini tashkil etadi. Undagi uchraydigan ijobiy holatlar shundan iboratki, yevropa tillarida deyarli bir guruhni tashkil etadiigan dialektlar mavjud, ularning adabiy tili va shevalar o’rtasida asosan fonetik jihatdan ozgarishlar uchraydi, ularda ham huddi qishloq shevalariga xos bo’lgan shahar shevalariga mos bo’lgan dialektlar mavjud, ammo bizning tildagi kabi aynan bir hududdan kelib chiqilmasa-da, ammo AQSH va Lotin Amerikasi o’rtasida bir qancha doalektik muommolar yuzaga kelaveradi bu o’z navbatida ko’lab salbiy tomonlarini keltiradi. Ispan tilida eng ko’p uchraydiganmurakkab jarayonlardan biri bu dialektik tabaqalnish hisoblansa ikkinchi holat esa ispan tili tarkibidagi dialektlar tarkibidagi muommolar bo’lib bular grammatik muommolar hisoblanadi, biirinchi problematik haqida yuqorida to’xtalib o’tdik, endi ispan tilining ichki so’z qurilmalariga e’tibor qaratib chiqamiz bu o’z navbatida BMIimning maqsad vazifasini yanada ochiqroq izohlanishiga yordam beradi.

Ispan tili dialektlari tarkibidagi salbiy jihatlar: uch va har bir bir;lik uchun fe’llarni birlashtirib chiqsak, masalan, comer,ver, ir, leer,encontrar va contar fe’llarini oladigan bo’lsak bunday fe’llar yevropa tillar tarkibiga kiruvchi ingliz tilida uchramaydi, endi etimologik jarayoniga e’tibor beramiz, bu fe’llar qadimgi Kastilya va Katalaniya shevalariga xos bo’lib, asosan janubiy va g’arbiy tomon lahjalari deb qaraladi ammo bu fe’llar oldin shunday tuzilishga ega bo’lmagan bu ge’llarni ispanlar o’zlarining tillariga moslashtirib olgan. Biroq bu fe’llarga o’xshash so’zlarni rus tilida uchratish mumkin, kurinib turibdiki, janubiy geografik tomon buning yaqqol isbotidir. Tahlil qilishda davom etamiz, biror fe’lni o’n yettita fe’lda birlashtira olish kerak va bu unchalik oson emas. Bundan tashqari, ba’zi holatlarda qo’llanilganda juda o’xshash bo’lgan bir necha bor, masalan, preterito indefinido va preterito imperfect de indicative lekin asta-sekin, sa’y-harakatlar bilan bu qiyinchiliklarni yengish mumkin. Ispan tilida 2 ta shart mavjud: ijobiy va salbiy. Bu boshqa tillarni o’rganishga nisbatan ikki baravar kuch talab qiladi. Ammo bu hal qilib bo’lmaydigan to’siq emas va ispan tilida subjunktiv kayfiyat mavjud (el modo og’zaki subjuntivo).

Dastlab, bu ba’zi bir chalkashliklarga sabab bo’ladi, chunki, bu yerda biz boshqa tillardan, shu jumladan rus tilidan tubdan farq topamiz. Ammo fransuz yoki italyan yoki Portugal tillarni o’rganganlarning oldingi vakillari ushbu qiyinchiliklarni yengishda muhim afzalliklarga ega. Biroq, bu unchalik muhim muommo paydo qilmaydi. Biz ispan tilining mjurakkab jihatlarini haqida bilib oldik, endi nihoyat ispan tilini bilmaydigan chet ellik odam duch keladigan deyarli yengib bo’lmaydigan qiyinchiliklar haqida gaplashamiz. Bu turdagi muommolar ispan tilining barcha lahjalarida uchraydi. Ispan tilida adabiy tillarda ham shevalarda ham bitta eng afzallikka ega bo’lgan xususiyat shuki, ushbu tilda ispancha so’zlar deyarli talaffuz qilinganidek yoziladi yoki umuman yozilgandek talaffuz qilinadi. Endi bizda savol to’g’ilishi tabiiy, ya’ni qaysi chet tilinin o’rganish masalasi har kimni o’yga toldirishiniko’zatish mumkin. Tadqiqotlarga ko’ra, bugungi kunda 6000ga til bo’lib, faqatgina 100ga yaqini adabiy va milliy til maqomiga ega. Sizning fikringizcha, adabiy til statusiga ega tillar qanday imtiyozlarga ega bo’lishi kerak, bu albatta dialektlar bilan bog’liq bo’lib, adabiy til bu tilning eng maqbul vas of versiyasi hisoblanadi.

Odatda, bu til aholining asosiy qismi so’zlashadigan tile mas, chunki odamlar doimo uning turli ko’rinishini kashf qilishadi, biroq adabiy tilning ustunligi shundaki, u hujjatlashtiardi, boshqacha qilib aytganda, sheva bir avlo tarafidan qo’llanilib boshqa avlod tarafidan unutilganda, adabiy til saqlanib qoladi. Til shevalari mahalliy aholi guruhlariga xos bo’lib, yozma shaklda saqlanmasdan og’zaki ravishda o’tib boradi natijada adabiy til bilan birga dialektlar va shevalar ham kuchib boraveradi, hattoki shevalar ham zamonaviylashib, tildan-tilga moslashib boraveradi, bu o’z navbatida muommo va yechimlarni keltira boradi.


Download 102.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling