Samarqand davlat chet tillari instituti sharq tillari fakulteti yaqin sharq tillari kafedrasi


Arab va o‘zbek tillaridagi komparalingvistik qarashlari va uning ahamiyati


Download 81.6 Kb.
bet11/15
Sana31.03.2023
Hajmi81.6 Kb.
#1310872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KOMPARALINGVISTIKA

Arab va o‘zbek tillaridagi komparalingvistik qarashlari va uning ahamiyati

O‘zbek adabiy tili va arab tili. Arab tili turkiy tillar‚ chunonchi‚ o’zbek tiliga kuchli ta’sir etgan tillardan biridir. Bu ta’sirning xususiyati va sabablari ayrim ilmiy tadqiqotlarda yoritilgan. Bu ta’sirning boshlanish davri arab xalifaligi hukmronligi bilan bevosita bog`liq. Ayonki‚ jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biriArab xalifaligidir. Arab xalifaligi davri O’rta Osiyo, Eron, Afg`oniston, Yaqin va O’rta Sharq, Shimoliy Hindiston, Pireneya yarim oroli va Shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy‚ madaniy taraqqiyotida o’ziga xos yuksalish davrini boshlab berdi Tarixdan ma’lumki, 650-651-yillardan arablarning O’rta Osiyoga harbiy harakatlari boshlandi. Ular O’rta Osiyo hududlarini bir necha yillar davomida zabt etishga muvaffaq bo’lishdi. Arablar o’z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va targ`ib qilishga kata e’tibor berdilar. Bu dinning ko’p jihatdan afzalligi, xalqparvarlik, Alloh oldida barcha teng ekanligi, axloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyatlari mahalliy aholi tomonidan uni qisqa vaqt oralig`ida qabul etishlariga sabab bo’ldi. O’rta Osiyo xalqlari islom dini bilan birga arab yozuvini ham qabul qildilar. Arab tili esa mamalkatning ijtimoiy-madaniy hayotida asosiy o’rinni egalladi. Arab tili faqat islom dinini targ`ib qilish, islom falsafasi va aqidalariga doir g`oyalar, fikr va tushunchalarni ifodalash va diniy ibodat majburiyatlarini bajarish sohasidagina emas, balki davlat idora ishlarida, mamlakatning ilmiy-madaniy hayotida ham hukmron til sifatida qo’llanildi.

  1. Mazkur ijtimoiy-siyosiy sabablarga ko’ra turkiy xalqlarning tiliga arab tilidan ko’plab so’z va iboralar qabul qilindi. O’zbek tiliga arab tilidan so’z olish, asosan, o’zbek-arab bilingvizmi davrida (VII-IX asrlarda) kuchli bo’ldi. Keyingi davrlarda esa o’zbek tiliga yangi so’zlar sezilarli darajada qabul qilinmagan. VII-IX asrlar oralig`ida arab tilidan turkiy (o’zbek) tilga o’zlashgan so’zlarning miqdori ancha katta bo’lib, ular alohida lug`aviy qatlamni tashkil qilgan. Bir necha asrlar davomida o’zlashgan arabiy so’zlar o’zbek adabiy tilida qo’llanishda davom etdi. Ayniqsa, o’zbek adabiy tili tarixining XIVXVIII asrlarida ularning iste’mol doirasi ancha kengaydi. Alisher Navoiy asarlari leksikasini maxsus tadqiq etgan olim B.Bafoevning ta’kidlashicha, shoir asarlari tilidagi so’z boyligining taxminan 35-40 foizini Tilshunos Z.Hamidovning statistik hisobiga ko’ra esa “Lison uttayr” asari leksikasida 40 foiz lug`aviy birliklar arabiydir.

  2. XVIIXVIII asr yozma yodgorliklaridan biri bo’lgan So’fi Olloyorning “Sabotul-ojizin” asari leksik boyligida 47 foiz so’zlar arabiy ekanligini R.Zohidov ta’kidlab o’tadi.

  3. O’zbek tiliga o’zlashgan arabiy so’zlarni quyidagi mavzuiy guruhlar bo’yicha tasniflash mumkin:


Download 81.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling