Samarqand davlat chet tillari instituti sharq tillari fakulteti yaqin sharq tillari kafedrasi


Download 81.6 Kb.
bet13/15
Sana31.03.2023
Hajmi81.6 Kb.
#1310872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KOMPARALINGVISTIKA

13. Ijtimoiy-siyosiy terminlar: inqilob, iqtisod, istiqlol, hukumat, muxolif, muxtor, davlat, islohot, ittifoq, siyosat va h.k. O’zbek tilida diniy-axloqiy, mavhum va aniq tushunchalarni, belgi-xususiyat kabilarni ifodalovchi o’zlashma arabiy so’zlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy tushunchalarni bildiruvchi mazkur tilga tegishli lug`aviy birliklar etakchi o’rinda turadi.
XULOSA
Biz tomondan olib borilgan izlanishlarga asoslanib, shuni xulosa qilamizki Komparativistik pedagogika fanining maqsadi bo`lajak o‘qituvchilarni turli mamlakatlarning tarbiyaviy imkoniyatlarga boy milliy urf-odatlari, an’analari, tarixiy, ma’naviy merosi, ta’lim tizimini o‘rganish bilan birga ularning Komparativistik taqqoslash afzal tomonlarini taxlil qilish, shuningdek turli davlatlarda olib borilayotgan ta’lim tarbiya borasidagi ishlardan keng qamrovda xabardor bo‘lish, kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy axamiyat kasb etuvchi pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Bu fanda xar bir xalq yashash tarzi , tarixiy va ijtimoiy darajasi , milliy madaniyatiga ega ekanligiga mos ravishda, o`ziga xos takrorlanmas milliy-tarbiya madaniyatiga ega bo`lishi va bulardan xayotda foydalana bilishi kerak. Komparativistik pedagogika fanining bozor iqtisodiyoti jarayonidagi tutgan o`rni va axamiyati , talaba yoshlarni milliy mafkuraviy qarashlarni shakllantirish, jamiyatning ilg‘or nufuzili kuchi sifatida sog‘lom e’tiqodni, erkin fikrlovchi, komil insonlar bo`lish jarayonidagi o‘rni va ro`lini aniqlash. Jahon pedagogikasida, ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda ta’limning amalga oshirilishi , istiqboli to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar beriladi .
Har kuni ertalab dunyo maktablarining eshigi ochilib, qo‘ng‘iroq chalinadi. Piyoda, avtomobil, qayiq va otlarda, chanada yer yuzi bo‘ylab bolalar maktabga shoshiladilar. Jahon o‘quvchilari armiyasi soni yarim milliarddan ortiqdir. Barcha maktablarda maktablarning tashqi belgilari bir xil: o‘quvchilar va o‘qituvchilar. sinf xonalari va partalar, doskalar va bor. Ammo, bu faqat tashqi o‘xshashlik. Aslida, maktab jamiyatning tirik hujayrasi.tinimsiz hayot qaynaydigan manzil. Milliy istiqlolgacha jahon maktablari yuqori tabaqa vakillari va mehnatkashlar maktablariga bo‘lib kelindi. Hozir Respublikamizda yaratilgan maktab nazariyasi va amaliyoti jahondagi xalq ta‘limi rivojiga ta‘sir etmoqda.Chunki insoniyat taraqqiyoti avlodlar vorisiyligisiz amalga oshmaydi: to‘plangan bilimlar yoshlarga meros qoldiriladi. Yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash hamisha jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Shunga ko‘ra tarbiya abadiy kategoriya hisoblanadi. Tarbiya dialektikasi ma‘lum tarixiy sharoitlarda o‘ziga xos vazifa, maqsad, mazmun, shakllarga ega. Jamiyat tuzumi, mafkurasi o‘zgarib borishi bilan ular ham o‘zgarib boradi: quldorlik, feodal, kapitalizm tuzumlaridagi o‘zgarishlar shu jumladandir. Komparativistik pedagogika fani turli davr va tuzumlardagi mamlakatlar xalq ta‘limi tuzilishi, ulardagi ta‘lim-tarbiya shakllari va mazmunini Komparativistik o‘rganib, ilg‘or jihatlarini amaliyotga tavsiya etadi. Uning maqsadi jahon mamlakatlarida tarkib topgan xalq ta‘limi tizimlarini o‘rganish, vazifasi esa ularning progressiv jihatlarini pedagogik amaliyotga tadbiq etishdan iborat. Komparativistik pedagogika fanining metodologik asosi Prezidentning xalq ta‘limiga doir g‘oyalari, falsafadagi ong, shaxs va jamiyat haqidagi qonunlar, buyuk allomalarning pedagogik qarashlari.xozirgi zamon pedagogika nazariyasi fanining asosiy tamoyillari, qonuniyatlari hisoblanadi.


Download 81.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling