Samarqand davlat chet tillari instituti sharq tillari fakulteti yaqin sharq tillari kafedrasi
II-BOB. ARAB VA O‘ZBEK TILLARDAGI KOMPARALINGVISTIKA
Download 81.6 Kb.
|
KOMPARALINGVISTIKA
II-BOB. ARAB VA O‘ZBEK TILLARDAGI KOMPARALINGVISTIKA
Arab mamlakatlarida ta’lim-tarbiyaning olib borilishi va komparativistik tahlili Dunyo mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari yetakchi o‘ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta‘lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma‘nan eskirib, ta‘limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib borar ekan, insonni, uning ma‘naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqazo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun bu mamlakatlarda insonni faqat zamonaviy ishlab chiqarish ilmi bilan qurollantirish, axborot texnologiyalari, boshqaruv malakalarini o‘rgatishga ustivor soha sifatida qaralmoqda. Ulardagi maktablar ta‘lim-tarbiyasi oldiga ham shunday vazifa qo‘yilgan bo‘lib, kichik olamning moddiy ehtiyojlari yetakchi o‘ringa, ma‘naviy ehtiyojlar keyingi o‘ringa tushib qolayotir.9 70 – yillarda maktab bitiruvchilarining 80 % i (8-sinfni) turli shakllardagi umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida davom ettirdilar. Ammo, umumiy o‘rta ta‘lim (X-XI sinflar) ga yoshlarni jalb etishda qator obyektiv muammolar mavjud bo‘lib, ularni hal qilishmoqda. Kasb-hunar o‘rta maktabi – 4 yillik kasbiy ta‘lim bo‘lib, xalq xo‘jaligining 11 yo‘nalishi uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Uni tugatganlarga ham oliy maktabga kirish huquqini beruvchi yetuklik attestati beriladi. Hunar-texnika bilim yurtlari – 3 yillik kasbiy ta‘lim bo‘lib, xalq xo‘jaligining 186 yo‘nalishi uchun malakali ishchilar tayyorlaydi. Uni tugatganlarga yetuklik attestati beriladi. Gimnaziya va kasb-hunar maktablarining kechki va sirtqi bo‘limlari ham mavjud bo‘lib, hamma uchun ochiqdir. Oliy o‘quv yurtlari – 18 ta universitet, 32 ta institut va yana bir necha oliy maktablarni o‘z ichiga oladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari – pedagogika bilim yurtlarida, o‘rta maktab o‘qituvchilari esa pedagogika institutlari va universitetlarda tayyorlanadi. Shuningdek, aspirantura, doktorantura, kon‘yunktura, fanlar akademiyasi, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda hozir masofaviy ta‘lim, pedagogik texnologiyadan keng miqyosda foydalaniladi. Download 81.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling