Komparalingvistikaning qarindosh va qarindosh bolmagan tillaridagi o’rni va ahamiyati
Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko’p bolgan tillar qarindosh tillardir. Masalan: ozbek, qirgiz, qozoq, totor, uygur, boshqird, ozarboyjon tillari. Bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo’lmagan tillar qarindosh bolmagan tillardir. Qarindosh tillar bir bobo tildan kelib chiqqan boladi. Shuning uchun dunyo tillari qarindoshligiga ko’ra til oilalariga bo’linadi. Til oilalarining nomi ham bobo til nomi bilan yuritiladi. Bir tildan tarqalgan deb taxmin qilinuvchi, tuzilishi va boshqa xususiyati bir-biriga o’xshash bolgan bir nechta tillar guruhi til oilasi deb nomlanadi. Hozirda 20 dan ortiq til oilasi mavjud. Masalan: hind-yevropa, oltoy tillar, fin-ugor, xom-som(arab), xitoy-tibet, kavkaz tillar oilasi va h.k., bu til oilalarining har qaysisi o’z ichida yana kichik guruhlarga bo’linadi. Jumladan turkiy tillar oilasi quyidagilarga bo’linadi:
Til oilasi tarmog’i Guruhlari Oltoy ,Turkiy, Qorluq o’zbek, yangi uyg’ur qipchoq qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash tillari o’g’uz ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari hisoblanadi.
Demak, ozbek tili dunyo tillari tizimida oltoy til oilasi turkiy til tarmog’ining qorluq guruhiga mansubdir.
Hind-Yevropa tillar oilasi quyidagilarga bo’linadi: 1) slavyan guruhi (rus, belorus, ukrain, slovak, chex, polyak, makedon, serb, xorvat tili); 2) german guruhi (ingliz, nemis, shved, norveg, island, golland tili); 3) roman guruhi (fransuz, ispan, portugal, italyan, rumin, moldavyan tili) (roman tillari tarixan lotin tilidan kelib chiqqan, lotin tili hozir o’lik til); 4) boltiq guruhi (prus tili (o’lik til), litva, latish,l atgal tili); 5)eron guruhi (so’g’d tili (o’lik), o’rta fors (pahlaviy) tili, fors, tojik, afgon(pushtu), osetin va kurd tili); 6) hind guruhi (sanskrit (o’lik til),hind, urdu, bengal, panjob, gujarat tili) kiradi.
Oltoy tillar oilasi: 1) turk guruhi; 2) mogul guruhi; 3) manchjur guruhi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |