Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
Kо‘rsatkichlar
Razryadlar Jami III IV V VI Ishlar hajmi (ming n/soat) 40 60 80 100 280 Ishchilar soni (kishi) 20 31 40 50 141 Tarif koeffitsiyenti 1,27 1,44 1,62 1,83 Yechimi: 1) Ishchilarning о‘rtacha tarif koeffitsiyentini aniqlaymiz: èø÷è èø÷è òàðèô Ñ Ñ Ê Ê (12.2) 133 605 , 1 141 50 1,83 40 1,62 31 1,44 20 1,27 Ê 2) Ishchilarning о‘rtacha razryadini aniqlaymiz: min min min Ê Ê Ê Ê Ð Ð màõ èø÷è (12.3.) 917 , 4 44 , 1 62 , 1 44 , 1 605 , 1 4 Ð 3) Ishlarnnig о‘rtacha tarif koeffitsiyentini aniqlaymiz: èøëàð èøëàð òàðèô èøëàð V V Ê Ê (12.4.) 606 , 1 280 100 83 , 1 80 62 , 1 60 44 , 1 40 27 , 1 èøëàð Ê 4) Ishlarning о‘rtacha razryadini aniqlaymiz: min min min Ê Ê Ê K P P màõ èøëàð èøëàð (12.5.) 922 , 4 44 , 1 62 , 1 44 , 1 606 , 1 4 èøëàð P Hisoblardan kо‘rinadiki, ishlarning о‘rtacha razryadi ishchilarning о‘rtacha razryadidan unchalik farq qilmaydi (4,922-4,917=0,005). Formuladan foydalanamiz: C ishchilar = 0,005 x 141=1 nafar. Hisob-kitoblar natijasi ishchilar malakasi bajarayotgan ishlariga tо‘liq mos kelayotganligini tasdiqladi. 134 3. Boshqaruv apparatida band bо‘lganlarning me’yoriy kо‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil etish Rahbarlar va mutaxassislar mehnatidan foydalanish va sifat tarkibini tahlil qilish ularning haqiqatdagi soni hisob-kitobdagidan farq qilishi, umumiy sondagi oliy va о‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar salmog‘ining, kategoriya yoki YaTS razryadlari bо‘yicha mutaxassislar soni salmog‘ining о‘zgarishi sabablarini topish rahbar va mutaxassislar malakasini oshirish rejasi bajarilishini baholash imkonini beradi. Tahlilning maqsadi – mutaxassislar mehnatidan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning kasb-malaka tuzilmasini takomil- lashtirish bо‘yicha tadbirlar ishlab chiqishdir. Jahon tajribalarida rahbar va mutaxassislar sifat tarkibini baholashning turli xil usullari mavjud: yillik attestatsiya, ish natijalari, qо‘yilgan maqsadlarga erishishi bо‘yicha baholash. Mutaxassislarning sifat tarkibini analitik baholashni ma’lum davr uchun oldindan ular oldilariga qо‘yilgan maqsadlarga tayangan holda olib borish mumkin. Bunday baholash bir necha bosqichni о‘z ichiga oladi: – xodimning bir necha majburiyatlarini aniqlash; – har bir majburiyatni aniq iqtisodiy kо‘rsatkichlarda aniqlashtirish (foyda, ishlab chiqarish xarajatlari, hajm, vaqt, sifat, mehnat unumdorligi va h.k.); – о‘lchov birliklarini (foiz, kun, sо‘m.) va faoliyat natijalarini aks ettiruvchi (vaqtni qisqartirish, brakni kamaytirish, о‘tgan davrga nisbatan foizlarda foydani oshirish va h.k.) kо‘rsatkichlar tizimini belgilash; – har bir kо‘rsatkich bо‘yicha minimal va maksimal «bajarish standartlarini» о‘rnatish; – qabul qilingan standartlar bо‘yicha maksimal va minimal bajarish natijalarining о‘zaro nisbatini (maksimaldan yuqori, uning darajasida, minimum darajasida va minimumdan kam) va baholovchi ballarni chiqarish; – barcha kо‘rsatkichlar bо‘yicha о‘rtacha bahoni hisoblash. Rahbar va mutaxassislar mehnatini tahlil qilish uchun kо‘rsatkichlarni tanlashda quyidagi mehnat natijalari: – korxonaning butun faoliyati natijalariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri va hal qiluvchi ta’sir qilishi; – xodim ish vaqtining sezilarli qismini egallashi; 135 – ular nisbatan kam ishlab chiqarish maqsadlariga erishishga olib kelishini hisobga olish kerak. 12.3-jadvalda taxminiy miqdoriy kо‘rsatkichlar rо‘yxati – rahbar va mutaxassislarning ba’zi lavozimlari bо‘yicha mehnat natijalarini baholash mezonlari keltirilgan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling