Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti


ILG’OR, TAJRIBALI O’QITUVCHILAR HAQIDA MA’LUMOT


Download 25.11 Kb.
bet3/8
Sana29.09.2023
Hajmi25.11 Kb.
#1690001
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
82432 (1)398

ILG’OR, TAJRIBALI O’QITUVCHILAR HAQIDA MA’LUMOT


Qarshiyev Aziz 20 yillik ish tajribaga ega bo’lib,7 yildan beri 19-umumiy o’rta ta’lim maktabida faoliyat olib bormoqda. Qarshiyev Aziz o’quvchilarga saboq berish bilan bir qatorda, tuman gazetasi va viloyat gazetalarida o’z maqolalarini e’lon qilib kelmoqda.


Maktabda o’tkaziladigan turli tadbirlar, jumladan, “Boks tugaragiga!” “Valebol tugarak”lariga boshchilik qiladi Qarshiyev Aziz ning shogird o’quvchilari ham turli-tuman musobaqalarda o’rin olib kelmoqda. Hozirgi kunda Qarshiyev Aziz Jismoniy tarbiya fanidan yuqori sinflarga dars berish bilan bir qatorda 8-“A ” sinfiga rahbar sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Toifasi oliy.
Saidova Yorqinoy 7yillik ish tajribasiga ega. 19-umumiy o’rta ta’lim maktabida boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishlaydi. 3-“ V ” sinf rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda. O’quvchilari bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalarida, shuningdek
,maktabda o’tkaziladigan ko’rik-tanlov va tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Toifasi 1.

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


Samarqand shahar XTBga qarashli 19-umumiy o rta ta’lim maktabi


Ona tili va adabiyot fani o qituvchisi Umarova Intizorning

o tkazgan tadbir


Ssenariysi
Samarqand shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani pedagogik amaliyotchisi Intizor Umarovaning 5-sinfda “Maqollar” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili

BAYONNOMASI


Sana: “15”-sentabr 2022-yil
Tahlilda ishtirok etdilar:
Maktab direktori: O. Daminova
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: G. Qo’ziyeva Ko’rilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi.
1. 5-sinfda adabiyot fani bo’yicha “Maqollar ” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars tahlili.
Masala yuzasidan maktab direktori so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi. U pedagogik amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib o’tdi:
Yutuqlari: Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan foydalanildi.
Yig’ilishda fan o’qituvchilari ham dars to’g’risida o’z fikrlarini aytdilar:
Jumladan, G. Qo’ziyeva o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi nazaridan chetda qolganligi, buning natijasida o’quvchilarga darsda berilishi kerak bo’lgan BKM (bilim, ko’nikma, malaka) elementlari o’zlashtirilmay qolganligi ta’kidlab o’tildi. Darsda erishilgan yutuqlar xususida to’xtalib, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy o’qitishning interfaol uslub metodlardan foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga to’xtaldi.
Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qarori:

  1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan o’tkazilgan dars “yaxshi” deb baholansin.

  2. Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin.

Yig’ilish raisi: Daminova O
Samarqand shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani pedagogik amaliyotchisi I. Umarovaning O’zbek tili fanidan 2-“b” sinfida “Harflar maydonchasi” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili

Download 25.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling