Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti


Download 25.11 Kb.
bet6/8
Sana29.09.2023
Hajmi25.11 Kb.
#1690001
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
82432 (1)398

HISOBOTI


2021-yilning sentabr oyidan boshlab barcha bitiruvchi talabalarga “O’zbek tili va adabiyotini o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan pedagogik amaliyotning boshlanishi munosabati bilan umumiy tushuncha berildi. Shudan so’ng men o’zim ishlaydigan Samarqand shahar 19-umumta’lim maktabida amaliyotimni o’tash bo’yicha hujjat to’g’riladim.


10-sentabrdan amaliyot o’tash uchun maktabga bordim va ta’lim muassasasining tarixi, joylashishi, tarkibiy tuzilishi, o’quv va tarbiyaviy muhiti, rahbariyati va jamoasini o’rgandim Keyingi haftada 17-18-kunlari briktirilgan o’qituvchim va sinf o’quvchilari bilan tanishdim. Oyning 24-25-kunlari fanlar bo’yicha kalendar reja, ishchi fan dastur, sinf jurnallari va boshqa meyoriy hujjatlarni o’rganib chiqdim. Shundan so’ng o’quvchilar bilan ishlay boshladim. Menga 5-“A” sinfi biriktirildi. Hujjat yuritish haqida o’qituvchilar ma’lumot berishdi. 1-2 marta dars tahliliga kirdim, 31-oktabrdan o’quvchilar kuzgi ta’tilga chiqishdi.
Amaliyotchi: Umarova I.

Metodist rahbar: Hasanov A.


Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti, O zbek tili. Filologiya va tillarni o qitish yo nalishi
4-kurs 02-guruh talabasi Fayzullayeva Ra’noning 11- noyabrdan 28-dekabrgacha bo’lgan vaqt davomida
Samarqand shahar XTBga qarashli 19-umumiy o rta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti yuzasidan tayyorlagan oylik

HISOBOTI


2021-yilning 11-noyabridan II chorak boshlandi, men 12-noyabr kuni ertalab soat 9:15da maktabga keldim. Jamoa hamkasblar bilan salomlashib, 8-sinflar xonasi tomon yo’naldim va 9:50 (2-soat) da 8-sinfga ona tili fanidan “Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari” mavzusidagi darsni kuzatdim va tahlil qildim. #- soat 7-sinfga ona tili darsidan “Ismlarning munosabat shakllari” mavzusini kuzatib, tahlil qildim. Keyingi soat 8-sinflarga adabiyot fanidan “Nodira hayoti va ijodi” mavzusidagi darsni kuzatdim. 5-soat 7-sinflarga adabiyot fanidan “O’lmas Umarbekov hayoti va ijodi” haqidagi darsni kuzatdim. 6-soat 8-sinflarga ona tilidan “Mumtoz matn va lug’atlar ustida ishlash” mavzusidagi darsni oqituvchi Qo’ziyeva G bilan birgalikda o’tdik.
13-noyabrda ham dars shu tartibda, ammo yangi mavzu asosida darslarni kuzatdim.
19-20-noyabr kunlari ham, asosan, dars tahliliga kirdim. Yodgorova G. va Hasanova B. larning darslarini kuzatdim, tajriba va mahoratimni oshirdim.
26-27-noyabr kunlari ustozlarning darslarini mustaqil ravishda o’tdim. 3-4-dekabrda 7-sinflarga ona tili fanidan “Sifatdosh va harakat nomlaridagi egalik qo’shimchalari” mavzusida; adabiyot fanida esa “Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi” mavzusida dars o’tdim. 8-sinflarga ona tilidan “Matn va lug’atlar bilan ishlash” hamda “Mustahkamlash” darslarini o’tdim; adabiyot fanidan 3-nazorat ishi;”Menga yoqqan g’azal” mavzusida insho oldim, albatta, menga biriktirilgan
o’qituvchi Yodgorova G. bilan birgalikda.

  1. dekabrda ertalab 8:45 da maktabga keldim va bu kunda men navbatchilik asosida kirish va chiqish qo’ng’iroqlarini nazorat qildim hamda darslarimni o’tdim.

  2. dekabrda ertalab 9:40 da maktabga keldim va 9:50 da 2-soatda 8-sinflar bilan darslarni boshladik, bunda 8-sinflardan nazorat ishi tahlilini o’tkazdik, keying soatda “Sodda gap. Gap bo’laklari” mavzusini o’tdik, adabiyotdan G’afur G’ulom hayoti va ijodini o’tdim. 7-sinflar bilan esa ona tilidan nazorat ishi testi olindi, adabiyotdan “Oq kema” qissasini tugatdik.

  1. dekabrda maktabga ertalab 7:45 da keldim va 9:00 dan 14:00 gacha kirish- chiqish qo’ng’iroqlarini nazoratga oldim, dars 1-soatda 7-sinflarga boshlandi, ona tilidan “Tushum kelishigi” va “Jo’nalish kelishigi” mavzularini o’tdim, adabiyotdan “Ravshan dostoni haqida” dars o’tdim. 8-sinflarga esa ona tilisan “Sodda va murakkab kesim" mavzus”ni; adabiyotdan Oybekning “Na’matak”, “O’zbekiston” she’rlari mavzusini o’tdim.

  2. dekabrda to’liq darslar tahlili bilan band bo’ldim.

24-dekabrda Yodgorova G. bilan birgalikda o’quvchilar bilan yakuniy darslarni o’tdik va darsdan so’ng choraklik baholarni chiqardik. 11-yanvargacha qishki ta’til boshlandi.

Amaliyotchi: Umarova I


Metodist rahbar: Hasanov A.
Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti, O zbek tili. Filologiya va tillarni o qitish yo nalishi
4-kurs 02-guruh talabasi Fayzullayeva Ra’noning 7- fevraldan 20-martgacha bo’lgan vaqt davomida
Oqdaryo tuman XTBga qarashli 40-umumiy o rta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti yuzasidan tayyorlagan oylik

Download 25.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling