Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet12/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Funksiyalari.
Birinchi funksiyasi tashkiliy hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarning har qanday shakli tashkiliy vazifani hal etishni o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’qituvchi ham, o’quvchilar ham tashkilotchi sifatida harakat qilishlari mumkin. Ishning tashkil etilishi muayyan harakatlarning mantiqiyligini, ishtirokchilarning o’zaro munosabatlarining aks ettiradi.
O’qituvchilar tomonidan qo’llaniladigan tarbiyaviy ishlarning turli shakllarini tashkil etishning umumlashgan usullari (algoritmlari) mavjud bo’lib, ular an’anaviy shakllar hisoblanadi (suhbatlar, jamoaviy ijodiy tadbirlar, tanlovlar, dramaturgiyalar va boshqalar). Bu usullar tashkiliy faoliyatning bir qator bosqichlarini, bosqichlarni ketma-ketlikda amalga oshirishni o’z ichiga oladi.
Shaklning ikkinchi funksiyasi tartibga solish. U yoki bu shakldan foydalanishda o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi hamda bolalar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish imkonini beradi. Tarbiyaviy ishlarning turli shakllari maktab o’quvchilari jamoasini birlashtirish jarayoniga turlicha ta’sir ko’rsatadi. O’zaro hamkorlik zaruriyati oldindan belgilab qo’yilgan shakllar tufayli ijtimoiy munosabatlar me’yorlari shakllanadi.
Uchinchi funksiya axborotli. Bu funksiyani amalga oshirish o’quvchilarga ma’lum miqdordagi bilimlarning bir tomonlama yetkazish bilan birgalikda, mavjud bilimlarini yangilashni, ularning o’z tajribalariga tayanishni ham o’z ichiga olishni nazarda tutadi.
Shakl, aslida, tashkiliy jihatdan bolalarni tarbiyalashning maqsadlari, mazmuni, tamoyillari va metodlarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
Tarbiyaviy ishlar shakllarining tasnifi
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida tarbiyaviy ishlarning ko’plab shakllari yaratilgan va aniqlangan.
Tarbiyaviy ishlar shakllarining tasnifi (E.V.Titova)
Tarbiyaviy ish shakllarining uch asosiy turi mavjud bo’lib: tadbirlar, tarbiyaviy ish, o’yinlar [33]. Ular quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi: maqsadga yo’naltirilganligi, o’quv jarayoni ishtirokchilarining mavqeyi, obyektiv tarbiyaviy imkoniyatlari bilan.
1. Tadbirlar - o’quvchilarga bevosita tarbiyaviy ta’sir o’tkazish maqsadida o’qituvchilar yoki boshqa birov tomonidan tashkil etilgan jamoadagi voqealar, mashg’ulotlar, vaziyatlardir.
Tadbirning o’ziga xos xususiyati, birinchi navbatda, bolalarning tafakkuri va ijrochilik pozitsiyasi va kattalar yoki katta yoshdagi o’quvchilarning tashkiliy rolidir. Boshqacha qilib aytganda, agar o’quvchilar uchun biror narsa kimdir tomonidan tashkil etilsa, ular, o’z navbatida, idrok qiladilar, ishtirok etadilar, bajaradilar, tartibga soladilar va hokazo, unda bu tadbirdir.
Tarbiya shakllarining ikkinchi guruhiga tarbiyaviy ishlar kiritiladi.
2. Tarbiyaviy ish - jamoa a’zolari tomonidan rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan boshqalar, shu jumladan, o’z manfaati va quvonchi uchun tashkil etilayotgan umumiy harakat, muhim voqeadir.
3. O’yinlar - bu xayoliy yoki real faoliyat bo’lib, maqsadga muvofiq ravishda o’quvchilar guruhida tashkil etiladigan dam olish, o’yin-kulgi va o’rganishdir.
Tarbiyaviy ish shakllarining tasnifi haqida gapirishdan oldin, bir shaklni boshqasidan nima bilan farqlanishini aniqlash, ya’ni shakl belgilarini aniqlash lozim.
Bunday belgilar miqdoriy bo’lishi mumkin: shakllar bir-biridan tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish vaqti, ishtirokchilar soni bilan farq qiladi.
Vaqtiga ko’ra shakllarning farqi haqida gapirganda, uni amalga oshirish ishtirokchilarning tarbiyaviy munosabatlarining vaqt mе’yorlariga bog’liqdir. Bu munosabatlar qancha vaqt, o’qituvchi qancha vaqt gapirishi va o’quvchi qancha va ushbu shakllar tarbiya jarayonini tashkil etishda qanchalik ko’p ishlatilishini bilish muhimdir.
Tadbirning vaqtiga ko’ra, barcha shakllarni ajratish mumkin:
- qisqa muddatli (bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadigan);
- uzoq davom etadigan (bir necha kundan bir necha haftagacha davom etadigan);
- an’anaviy (muntazam ravishda takrorlanib).
Tayyorlanish vaqtiga ko’ra ekspromt shakllari, ya’ni o’quvchilar bilan dastlabki mashg’ulotlarda ularni qo’shmasdan olib boriladigan hamda dastlabki ishlarni, o’quvchilarni tayyorlashni ta’minlovchi shakllar haqida gapirishimiz mumkin.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling