Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Faoliyat turlari bo’yicha shakllarni


Download 0.94 Mb.
bet13/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Faoliyat turlari bo’yicha shakllarni - o’quv, mehnat, sport, badiiy faoliyat shakllarini ajratish mumkin; o’qituvchining ta’sir usuliga ko’ra - bevosita va bilvosita.
Tashkilotchi sub’yektiga ko’ra shakllarning tasnifi quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • bolalar faoliyatini tashkil etuvchi sifatida o’qituvchilar, ota-onalar va boshqa kattalar;

  • faoliyat hamkorlik asosida tashkil etish;

  • tashabbus va uni amalga oshirish bolalarga tegishli.

Natijaga ko’ra barcha shakllarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

  • natijada axborot almashiniladi;

  • natijada umumiy yechim (fikr)ga kelish;

  • natijada ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotga ega bo’lish.

Ishtirokchilar soniga ko’ra shakllar quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • individual (o’qituvchi - o’quvchisi);

  • guruhli (tarbiyachi-bolalar guruhi);

  • ommaviy (tarbiyachi-bir necha guruh, sinflar).

Individual shakllar barcha sinfdan tashqari ishlarni, o’qituvchilar va bolalar o’rtasidagi muloqotni qamrab oladi. Ular guruhli va jamoaviy shakllarda amalga oshiriladi va pirovard natijada boshqa barcha shakllarning muvaffaqiyatini belgilaydi.
Ishning alohida shakllariga: suhbat, samimiy muloqot, maslahat, fikr almashish (bular muloqot shakllari), birgalikdagi topshiriqni bajarish, muayyan ishda individual yordam ko’rsatish, muammolar, vazifalar yechimini birgalikda qidirish kiradi.
Bu shakllar mustaqil ishlatilishi mumkin, ko’pincha ular bir-birini to’ldirib, birgalikda amalga oshiriladi.
Ularning har biri o’z xususiyatlariga egadir. Individual shakllar bilan ishlashda o’qituvchilar uchun muhim vazifalar: o’quvchini tushunish, uning iste’dodini kashf etish, uning xarakteri, intilishlari xos bo’lgan qimmatli hamma narsani ochish, shuningdek, o’zini iqtidorini ochishga xalaqit beradigan omillarni yo’qotish.
Ularning har biri bilan turlicha munosabatda bo’lish kerak, har bir o’quvchi o’ziga xos, individuallashgan munosabatlar uslubiga muhtojdir. Bolani o’ziga qaratish, uni qalbiga kirish, ishonchini qozonish, o’qituvchi bilan o’zining fikr va shubhalarini o’rtoqlashish istagini uyg’otish muhim ahamiyatga egadir. Individual shakllarida katta tarbiyaviy imkoniyatlar mavjud bo’lib, samimiy muloqot bola uchun bir nechta jamoaviy tadbirlardan ko’ra foydali bo’lishi mumkin.
Guruhiy shakllarga turli ish kengashlari, ijodiy guruhlar, o’z-o’zini boshqarish organlari, mikro-klublar kiradi. Bu shakllarda o’qituvchi oddiy ishtirokchi yoki tashkilotchi sifatida namoyon bo’ladi. Jamoa shakllaridan farqli o’laroq, o’qituvchining bolalarga ta’siri ko’proq seziladi, chunki maktab o’quvchilarining diqqati ko’proq unga qaratiladi. O’qituvchining asosiy vazifasi, bir tomondan, har bir o’quvchining o’zini namoyon qilishiga yordam berish, ikkinchi tomondan esa - guruhda jamoaning barcha a’zolari uchun muhim bo’lgan ijobiy natija olish uchun sharoit yaratish lozim. Guruhli shakllarida o’qituvchilarning ta’siri bolalar o’rtasidagi insonparvarlik munosabatlarni rivojlantirish, ularning kommunikativ ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Bu borada muhim vosita o’qituvchining o’z o’quvchilariga nisbatan demokratik, hurmatli, xushmuomala munosabatining namunasi hisoblanadi.
O’qituvchilarning maktab o’quvchilari bilan ishlashining jamoa shakllariga, avvalo, turli ishlar, ko’rik-tanlovlar, ko’rgazmalar, konsertlar, targ’ibot guruhlari, sayrlar, sayohatlar, sport musobaqalari va boshqalar kiradi. O’quvchilarning yoshiga va boshqa bir qator shartlarga qarab, o’qituvchilar ushbu shakllardan foydalanganda turli xil rol o’ynashi mumkin: yetakchi ishtirokchi, tashkilotchi; bolalarga shaxsiy namuna orqali ta’sir qiluvchi faoliyatning oddiy ishtirokchisi, tashkilotchi; namuna bo’la oladigan faoliyatni oddiy qatnashuvchisi sifatida; maktab o’quvchilariga boy tajribaga ega shaxsiy namunasi bilan ta’sir ko’rsatadigan ishtirokchi; maslahatchi, bolalarni faoliyatini tashkil etishda yordamchi.
Barcha tasniflar o’zaro bog’liq bo’lib, yondashuvlarga qarab, ushbu tasniflarning har biriga bir xil shakllarni kiritish mumkin. Masalan, maktab kooperativi mehnat faoliyatining murakkab shakllaridan biri bo’lib, u o’quv ishlarining individual, guruhiy va jamoa shakllarini o’z ichiga oladi. Sinf navbatchiligini tashkil etishning birinchi bosqichi o’qituvchining butun bolalar jamoasi bilan bevosita o’zaro munosabatlari shaklidir. O’qituvchi sinf navbatchisi to’g’risidagi tartibni jamoaviy muhokamasini tashkil etadi. O’quvchilarning o’zlari uning rahbarligida navbatchilik qoidalarini, navbatchining huquq va burchlarini ishlab chiqadilar. Ayrim vaziyatlarda burch o’qituvchining ishtirokisiz bolalarning o’zlari tomonidan to’liq tashkil etiladi va tartibga solinadi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan xususiyatlarga ko’ra, har bir shaklni tavsiflashimiz mumkin.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling