Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet72/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

GLOSSARIY


Anglash - biror bir g’oyani (fikrni) tub mazmuniga tushunib yetish.
Anomaliya (yunoncha - anomal ) - me’yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto’g’ri rivojlanish.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Axloq - ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig’indisi.
Axloq (lotincha «moralis» - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig’indisi.
Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g’oyasining o’quvchilar ongida aks etishidir.
Axloqiy tarbiya - muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o ‘quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Baho - ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag’batlantirish maqsadida ta’sir ko’rsatish vositasi.
Baholash -ko’nikma va malakalarni o ‘quv das turida ko’rsatilgan etalon (ko’rsatkich, qolip, o ‘lchagich)lar bilan solishtirish.
Bashoratlash - bo’lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling