Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet80/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

O’zlashtirish - ta`lim jarayonida ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy talablarga muvofiq shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi.
Oz-ozini qayta tarbiyalash - shaxsning o’zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo’qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayoni.
O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish - o’z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O’z-o’zini tarbiyalashi - shaxsga xos bo’lgan madaniyatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o’z jismoniy, ruhiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
Odob - har bir insonning o’zi bir inson yoki jamoa bilan bo’lgan muloqotida hamda yurish-turishida o’zini tuta bilishidir.
Oligofreniya - bu natal (tug’ilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.
Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasining ichki harakati - tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xarakteriga, o’zaro ta’sir kuchiga bog’liq.
Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko’rsatmalar to’plami; ta’limning konseptual modeli.
Pedagogik talab - turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o’quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari.
Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling