Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natiialarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta‘sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jaravonidir.
Metod - yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma`nolarni anglatadi.
Metod - so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Falsafa lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharhlangan.
Ta’lim metodlari - o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o’quv materialini nazariy va amaliy yo’naltirish yo’llarini anglatadi.
Metodika (fan sifatida) - xususiy fanlarni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Mifologik (yunoncha - mifos-naql, rivoyat, logos-tushuncha, ta’limot) dunyoqarash ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlang’ich davriga xos bo’lgan xalq og’zaki ijodi-naql va afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir.
Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o’zaro ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi.
Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og’zaki ta`sir ko’rsatish asosida ularda ma`naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bahs-munozara usuli.
Mustaqil ishlash metodi - mustaqil ishlar ta’limning turli bo’g’inlari, shakllarida, darsning barcha etaplarida o’tkaziladigan, o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko’rsatmalari, rahbarligida bajariladigan intellektual va amaliy topshiriqlardir.
Nazorat (ta’lim jarayonida) - ta ‘lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi.
Ekologik madaniyat - o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |