Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet81/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Pedagog kadrlar tarkibi – o’qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport va boshqa yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatuvchi to’garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar.
Pedagogik mahorat – ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo’llay olish qobiliyati, yuksak pedagogik tafakkur.
Pedagogik tizim -tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’zaro tashkiliy hamkorlikda faoliyat ko’rsatuvchi barcha ko’rinishdagi maktabgacha tarbiya, o’rta umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus o’quv yurtlari, oliy o’quv yurtlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining o’zaro uzviylikdagi tizimi.
Predmet - bu tadqiqotchi (subekt) tomonidan mazkur obektda qo’yilgan vazifani o’rganish sohasi hisoblanadi.
Rag’batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko’nglini ko’tarish va uni qo’llab-quvvatlash usulidir.
Reyting(baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) - muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash.
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a`zosi.
Shaxsni ijtimoiylashtirish - uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me`yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o’zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayoni.
Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Sinf - yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi.
Ta’lim muassasasining Ustavi - ta ‘lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling