Tashxis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash
Tazyiq o’tkazish- uyatga qo’yish, aybdorlik hissi yoki ko’ngli cho’kkanlarning fikri, hissiyoti, intilishi va moyiligi ularning ongidan xalos qilish.
Tekshirish -nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy didaktik vazifasi o ‘qituvchi va o’quvchilar o’rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashdir.
Test - aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir.
Yakuniy nazorat - choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo’linadi. Yakuniy nazorat og’zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o’tkaziladi.
Yosh xususiyatlari- muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir.
Pedagogik mehnatning obekti sifatida - o’qituvchi shaxsi turadi, uning xarakteri, irodasi, ongi, aqli, odob-axloqining asosi hisoblanadi. Pedagogik faoliyat subekti esa - tarbiyalanuvchiga ta’sir ko’rsatuvchi - pedagogning o’zi.
Pedagogik mehnat maqsadi - har tomonlama yetuk bo’lgan komil insonni tarbiyalash. Pedagogik mehnat natajasi o’quvchilarning mustaqil ishlay olishi, darslarda o’z fikrini bildira olishi, isbotlay olishi, tahlil qila olishidir.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Hikoya - o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |