Fuqarolik tarbiyasi - fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.
Guruh - odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo’lish xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Idrok - aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni.
Iitimoiy reabilitatsiya (lotincha rehabilitatio - qayta tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar - o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari.
Ijtimoiylashuv - ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Illyustratsiya metodi - bilimlarni og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar doskadagi yozuvlarga bolalar diqqatini tortish.,
Individ (lotincha “individium” bo’linmas, yagona, alohida degan ma`nolarni anglatadi) - xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.
Individuallik- shaxsning o’ziga xos xususiyatlari.
Innovatsion ta’lim - bu bo’lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo’lib, u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat.
Interaktiv -so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib «Inter» - o’zaro, «act» - harakat, ya’ni o’qituvchi va o’quvchi(talaba)ning o’zaro hamkorlikdagi faoliyati.
Iqtisodiy ta`lim - o’quvchilarga xo’jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar) to’g’risidagi nazariy bilimlarni berishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |