Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet73/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Bilim - shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
Bilim olish - idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
Bilish - obektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni.
Boshqarish - ma’lum bir obyektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko’rsatish demakdir.
Dars - aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotlardir. Dars - o’z oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Darslik - muayyan fan bo`yicha ta`lim maqsadi, o`quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to`g’risidagi ma`lumotlarni beruvchi manba.
Darsning maqsadi o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o’quvchilarga bildirishi va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Dastur - bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo’lib, uning yordamida ta’lim oluvchilarga ta’lim - tarbiya berishda o’quv rejasi va dasturlarini og’ishmay amalga oshirilishida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Davlat ta`lim standarti - 1) ta`lim olish shaklidan qat`iy nazar bitiruvchilar erishishlari zarur bo`lgan ta`lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o`quv fani bo`yicha ta`limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta`lim dasturlari mazmunining minimumi, o`quvchilar tomonidan bajariladigan o`quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo`yiluvchi talablar.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling