Boshlovchi: - Tamom.
Boshqa gapga qolmaydi hojat.
Tergovchi - Payg’ambar,
Tergovchi -Xudo.
Temir zotdan kelgan buyruq - ijozat,
O’zbek yana bitta o’g’lidan judo...
(Hazin musiqasi yangraydi. Sahnaga o’quvchilar chiqishadi).
1-o’quvchi: - Tushumga kiradi Qodiriy bobo, Bemador, bemajol, behol, beorom. Egniga eski bir to’n kiyib olgan, (Shineldir balki u, kimdandir qolgan.) O’sha to’n egnida, poxol ham borday, Bobomning yuzlari oqargan qorday yo’q, yuzi somonga o’xshaydi uning, Charaqlab turguvchi ko’zi to’la mung...
2-o’quvchi: - Rutubatli shimoliy o’rmonlarida, Qayinlar ho’ngrab quyoshni uyg’otar. Qarang, Cho’lponingiz so’nggi makonda, Beqasam choponin yopinib yotar.
3-o’quvchi: -Yotar alpqomatli bahodirlar qator,
Usmonlar,
Qodiriylar,
Shokirlar yotar,
Yotar Fayzullolar,
Yotar Ahmadlar,
Xudo rahmat qilgur, xudo rahmatlar.
4-o’quvchi: - Ularning sanog’i yulduzdan ham ko’p, Yurtim, dilbandingdir har giyoh, har cho’p.
Fidolaring bo’lgan farzandlaringdir.
Nomdor-u nomsizin xoki poyin o’p!
1-boshlovchi: - Istiqlol fidoyilaridan Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy, Botu, Elbeklarning aziz va tabarruk nomlari yana qaytadan tiklandi.
2-boshlovchi: Yunusobodda, Bo’zsuv bo’yida qatag’on yillari shahidlar qabristoniga aylantirilgan maydonda yodgorlik majmui va muzey barpo yetilishi ham qatag’on qurbonlarining nomlarini abadiylashtirishda eng savobli ish bo’ldi, deya olamiz, Asosiysi, yurtboshimizning 2001-yil 1-maydagi farmoniga ko’ra 31-avgustda «Qatag’on qurbonlari yod etish kuni» deb e’lon qilinishi ham ularga bo’lgan cheksiz hurmat namunasidir. (o’quvchilar «Mardona» qo’shig’ini ijro etadilar).
1-boshlovchi: - 41-yil, iyun... Ayni sahar chog’ida Tun uyqusi kezarkan o’lkaning har yog’ida.
Shunda fashistik quzg’unlar Urush boshladi birdan. Olov-bomba yog’ildi Yurtga ko’kdan va yerdan.
Do'stlaringiz bilan baham: |