Samarqand davlat universiteti german m. V., Yuldashev sh. Q., Usmanova d. Q.,Xalikova L. N
Elektron tijoratda axborot almashinuvi
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
5.2. Elektron tijoratda axborot almashinuvi
Хalqaro iqtisodiyotda AKT asosiy ishlab chiqarish vositasiga aylanmoqda. Negaki, AKT operatsion xarajatlarni kamaytirish, kapitalni ko‘paytirish, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Internet esa, o‘z navbatida, masofa bilan bog‘liq bo‘lgan barcha to‘siqlarni olib tashlamoqda. Shu bilan birga, bunday iqtisodiyotda intellektual mehnatning roli ortmoqda, elektron hujjat almashinuvi va elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish, biznesni elektron tarzda amalga oshirish va boshqaruvda qarorlar qabul qilishni tezlashtirishga erishilmoqda. Iqtisodiy munosabatlarning axborot texnologiyalari bilan hamohangligi o‘z navbatida, elektron tijoratning shakllanishiga zamin yaratmoqda. Elektron tijoratga turli kitoblarda turlicha ta’rif berilgan bo‘lib, umumiy holda olib qaraganda, elektron tijorat — bu tovar va xizmatlar almashinuvi jarayonlarini axborot tizimlari va Internet orqali amalga oshirishdir. «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 45 Qonunining 3-moddasida «elektron tijorat» tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: «Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir». Elektron tijoratning elektron axborot almashinuvi(EDI), electron kapital harakati(EFS), elektron savdo, elektron pul muomalasi, Internet marketing, Internet banking, elektron sug‘urta xizmatlari va masofaviy ta’lim kabi turlarini ajratish mumkin. Ular jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini oshirishga, iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashga, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga, axborot mahsulotlari va xizmatlar hajmini oshirishga, milliy bozorda raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi. Elektron savdoni amalga oshirish uchun savdo maydonchasi va maxsus vitrinalar talab etilmaydi, ko‘p sonli ishchilar kun bo‘yi ofisda o‘tirishi shart emas, barcha xizmatlar faqatgina sayt orqali amalga oshirilib, xatto reklama ham Internet marketing bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa, narxlarning an’anaviy do‘konlarga nisbatan past bo‘lishiga va servis sifatining ko‘tarilishiga olib keladi. Elektron tijoratda axborot almashinuvi juda tez amalga oshiriladi, bir kecha- kunduzda 24 soat, haftada 7 kun va yiliga 365 kun to‘xtovsiz va tinimsiz xizmatdan foydalanish imkoniyati mavjud, kataloglar orqali zarur narsani osonlik bilan topish va analoglari bilan solishtirish mumkin. Biroq kishilarda elektron tijoratga nisbatan ishonchsizlik ham mavjud bo‘lib, bu avvalo, «ushlab ko‘rish», «kiyib ko‘rish» kabi odatiy ehtiyojlardan kelib chiqadi. Shu bilan birga, logistika muammosi, pul o‘tkazmalari va soliq to‘lash masalalari ham dolzarb bo‘lib hisoblanadi. Elektron tijoratda pul o‘tkazmalari elektron pul ko‘rinishida, maxsus to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilishi tadbirkor va xaridorlar uchun ancha qulay hisoblanadi. Hozirda O‘zbekistonda UZCARD — banklararo to‘lov tizimi, WoyWo‘, Upay, Payme — Internet to‘lov tizimlari va Click — SMS to‘lov tizimidan keng foydalanilmoqda. Xususan, 2005-yil Axborotlashgan jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining insonlar hayotidagi o‘rni tobora ortib bormoqdaki, bu iqtisodiyot va biznesning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Kishilarning turmush tarzi o‘zgarib, axborot va xizmatlarga bo‘lgan talabi ortmoqda. 16-dekabrda «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, elektron to‘lovlar bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishda huquqiy asos hisoblanadi. Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling