Samarqand davlat universiteti german m. V., Yuldashev sh. Q., Usmanova d. Q.,Xalikova L. N
B2G modeli (Business – to - Goverment, Biznesdan - Hukumatga)
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- B2G modelidagi munosabatlar shakllari
B2G modeli (Business – to - Goverment, Biznesdan - Hukumatga)
Model B2G - biznes va davlat o'rtasidagi munosabatlar modeli front - office и back - office front - office и back - office. Davlat deganda turli davlat tuzilmalari tushunilishi kerak. Ularga armiya, milliy gvardiya, havfsizlik organlari, sud, Oliy Majlisi va boshqalar kiradi. Davlat sektoriga turli darajadagi ta’lum muassasalar: maktablar, bolalar bog'chalari va oliy ta’lim muassasalar kiradi. Davlat sog'liqni saqlash tashkilotlari: kasalxonalar, klinikalar, tibbiy markazlar. Madaniy va ilmiy muassasalar : fanlar akademiyalari, kutubxonalar, muzeylar va teatrlar va boshqalar. Shunday qilib, B2G savdolari – tovar va xizmatlarni sotadigan kompaniyalarning mijozi davlat muassaslari bolib, davlat tuzilmalarning ehtiyojlari uchun biznes-echimlarni ishlab chiqarish va taqdim etish jarayoni. Har qanday tashkilot singari, davlat ham tovarlar va xizmatlarni sotib oladi va sotib olish uchun byudjetning eng katta egasi bo'lib, ushbu bozor munosabatlari qoidalarini o'rnatishda tashabbuskordir. Ijtimoiy soha muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab- quvvatlashi uchun unga sinchkovlik bilan tanlangan etkazib beruvchilar va sotuvchilar murojaat qiladigan tovarlar yoki xizmatlar kerak. B2G modelidagi munosabatlar shakllari 53 Asosan, B2G sektorida davlat idoralari bilan biznes aloqalarining quyidagi tizimlari ajratilgan: Hukumat tovarlar yoki xizmatlarni etkazib berishga bo'lgan talablari. Ijara ko’rinishdagi o’zaro aloqalari - ijaraga olish uchun korxona binosi so'ralganda. Uskuna lizingi - kompaniyaning uskunalarini lizingga berish to'g'risida shartnoma tuzilganda. Xususiy - davlat sherikchilik. Kontsessiya shartnomalari. B2G asosiy vositasi sifatida davlat, mahalliy hokimiyat organlari (hokimiyatlar), boshqa davlat organlari va idoralari ehtiyojlari uchun sotib olinadigan haridlar. Davlat xaridlari o'ta murakkab tartibga soluvchi qonunlar bilan tavsiflanadi. Davlat muassasalarining barcha xaridlari alohida respublika va mahalliy qonunlar, ayrim vazirlik va idoralarning qoidalari va tavsiyalariga asoslanadi. Har bir davlat xaridlari yuqorida aytib o'tilgan barcha qonunlar va tavsiyalarga javob berishi kerak. B2G-ning yana bir vositasi bu xususiy - davlat sheriklik - ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni o'zaro manfaatli sharoitlarda hal qilishda davlat va biznesning o'zaro munosabatlarning shakli hisoblanadi. Investitsiyalashning yangi ob'ektlariga biznesning qiziqishi ortayotgan bir paytda, davlat ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishda biznes sub’yektlaridan moliyaviy yordam va ko’mak oladi. Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling