Samarqand davlat universiteti german m. V., Yuldashev sh. Q., Usmanova d. Q.,Xalikova L. N


Mavzu   11. Elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/129
Sana24.09.2023
Hajmi4.58 Mb.
#1687032
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129
Mavzu 
 11. Elektron tijoratda axborot xavfsizligini ta’minlash
11.1.Elektron tijoratdagi Internetning ahamiyati 
11.2.Elektron tijoratning iqtisodiy xavfsizligi 
11.3. Elektron biznesning axborot xavfsizligining xorijiy tajribasi 
 
11.1.Elektron tijoratdagi Internetning ahamiyati 
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab Internet foydalanuvchilarining soni to‘rt 
milliarddan ortgan bir paytda yangi turdagi sifat «virtual iqtisodiyot» iborasi ostida 
namoyon bo‘lib, o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda. Unda, xaridlar biznes 
yuritishning yangi usullaridan foydalangan va o‘zining marketing strategiyasiga 
ega bo‘lgan hamda boshqa ko‘plab imkoniyatlarni qo‘llagan holda savdo saytlari 
orqali amalga oshiriladi.
Elektron tijorat(ET) – bu mahsulotlarni Internet orqali sotishga 
yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyati. Odatda ETning ikki shakli ajratiladi: 

korxonalar orasidagi savdo (business to business, B2B); 

korxonalar va jismoniy shaxslar, ya’ni iste’molchilar orasidagi savdo 
(business to consumer, B2C). 
ET sohasidagi Internet juda katta foyda keltiradi: 


108 

yirik xususiy kompaniyalar tomonidan xom-ashyo va butlovchi 
qismlarning sotibolinishi Internet birjalar orqali amalga oshirilayotganligi 
evaziga iqtisod qilish miqdori 25-30% ga etadi; 

auksionda butun dunyodan raqobat qiluvchi etkazuvchilarning ishtirok 
etishi vaqtning real miqyosida ular tomonidan taqdim qilinadigan 
mahsulot va xizmatlar narxlarining pasayishiga olib keladi; 

butun dunyodan sotib oluvchilarning raqobati natijasida sotiladigan 
mahsulot yoki xizmatlarning narxini oshishi; 

zarur xodimlar sonining qisqarishi va qog‘oz hujjatlar bilan ishlar 
hajmining kamayishi hisobiga iqtisod qilish. 
G‘arb mamlakatlarida ETda etakchi pog‘onani B2B sektori egalladi. 
Dastlab o‘z biznesini Internetga o‘tkazgan kompaniyalardan apparat-dasturiy 
vositalarni sotuvchi va kompyuter hamda telekommunikatsiya xizmatlarini 
ko‘rsatuvchilari afzalliklarga ega bo‘ldilar. 
Har bir internet-magazin ikkita asosiy qismdan iborat bo‘ladi: elektron 
vitrina va savdo tizimi. 
Elektron 
vitrina 
Web-saytda 
sotilayotgan 
mahsulotlar 
to‘g‘risida 
ma’lumotlarni saqlaydi, magazin ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlaydi, 
xaridorlarni ro‘yxatga oladi, sotib oluvchining elektron “savatchasi” bilan ishlaydi, 
buyurtmalarni rasmiylashtiradi, marketing ma’lumotlarini to‘playdi, ma’lumotlarni 
savdo tizimiga taqdim etadi. 
Savdo tizimi mahsulotni etkazib beradi va uning to‘lovi uchun hujjatlarni 
rasmiylashtiradi. Savdo tizimi – alohida kompaniyaga tegishli bo‘lgan Web-
serverda o‘z joyini ijaraga oluvchi turli firmalarning magazinlari majmuasi. 
Internet-magazinning ishlash texnologiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
Xaridor elektron vitrinadagi mahsulotlar va narxlar katalogidan kerakli mahsulotni 
tanlab oladi va shaxsiy ma’lumotlari kiritiladigan shakl (ismi-sharifi, 
otasiningismi, pochta va elektron manzil, etkazib berish va to‘lovning Afzal 
usuli)ni to‘ldiradi. Agar to‘lov Internet orqali amalga oshiriladigan bo‘lsa, u holda 
uning axborot xavfsizligiga alohida e’tiborberiladi. 


109 
Rasmiylashtirilgan 
mahsulot 
internet-magazinning 
savdo 
tizimiga 
topshiriladi va bu erda buyurtma komplektatsiya qilinadi. Savdo tizimi qo‘lda 
bajariladigan 
yoki 
avtomatlashtirilgan 
usulda 
faoliyat 
yuritadi. 
Qo‘lda 
bajariladigan tizim avtomatlashtirilgan tizimni sotib olib, yo‘lga qo‘yishning 
imkoni mavjud bo‘lmagan holda, oddiy pochta jo‘natmalari prinsipi bo‘yicha 
ishlaydi, odatda mahsulot hajmi katta bo‘lmaganda. 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling