Samarqand davlat universiteti german m. V., Yuldashev sh. Q., Usmanova d. Q.,Xalikova L. N


Elektron tijorat bozorda raqobat muhitining o'ziga xos xususiyatlari


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/129
Sana24.09.2023
Hajmi4.58 Mb.
#1687032
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   129
3.4.Elektron tijorat bozorda raqobat muhitining o'ziga xos xususiyatlari 
Elektron tijorat bozori tashkiliy va boshqaruv tuzilishi jihatidan 
boshqaruvning tarmoq shakllariga o'xshaydi. Ushbu tuzilmaning o'ziga xos 
xususiyati bozor kontragentlari va ular o'rtasida uzoq muddatli munosabatlarni 
o'rnatish imkoniyati hisoblanadi va ushbu aloqalar yuqori organlar tomonidan tartibga 
solinmaydi va ta'sirini o'tkazolmaydi. 
Belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda makroiqtisodiy nuqtai 
nazardan ushbu bozor tuzilishi agentlarga asoslangan yondashuv asosida ko'rib 
chiqilishi lozim gegan xulosaga kelish mumkin. Shunday qilib, Internet-muhitni 
elektron tijoratni bozori muhitining asosi sifatida ajratish bilan birga, uning tashkiliy 
tuzilishi, bozor agentlarining o'zaro ta'sirining xarakteri, raqobat muhitining 
xususiyatlari, infratuzilmasi tahlil qilinishi kerak. 
Hozirgi vaqtda "tarmoqli iqtisodiyoti" atamasi keng tarqaldi va u bozor 
ishtirokchilari bitta tarmoq hamjamiyatida aloqadorligi va faoliyatining o'ziga xos 
xususiyatlarini aks ettiradi. R.I.Tsvylev fikriga ko’ra bozor iqtisodiyotida tarmoq 
xususiyatlarining paydo bo'lishini jamiyatning global axborotlashtirish, axborot 
texnologiyalarining rivojlanishi bilan tavsiflaydi: "... natijada gorizontal aloqalarga 
asoslangan tarmoq iqtisodiyoti vujudga keladi”. 
Biroq, bizning fikrimizcha, elektr tijorat bozorini quyidagi nuqtai nazaridan 
ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir: 
- faoliyati to'liq virtual maydonga o'tkaziladigan kompaniya nuqtai nazaridan; 
- alohida bitimlar amalga oshiriladigan kompaniya nuqtai nazaridan; 
- virtual muhitda ishlaydigan mijozlar, sherik firmalar bilan o'zaro aloqada bo'lgan 
firma nuqtai nazaridan. 
Shunday qilib, elektron tijorat bozorini makro, mesa va mikro darajalarda 
o'rganilishi kerak. Shu munosabat bilan elektron tijorat bozorning ishlashi va 
rivojlanishini tashkil etish asoslari, kompaniyalararo tizimi, shuningdek tadbirkorlik 
faoliyati axborot muhitiga ko’chirilgan firmaning tashkiliy va boshqaruv tuzilishining 
xususiyatlarini ko’rib chiqqanmiz. 


25 
Elektron tijorat va kompaniyaning elektron tijorat bozorida ishlash 
xususiyatlarini ko’rib chiqishda bozorning boshqa ishtirokchilari bilan bog’laydigan 
aloqalar va axborot oqimlaridan ajratib bo’lmaydi. 
Kompaniyaning marketing muhiti bo’lib o'ziga xos xususiyatlar ega Internet 
muhiti hisoblanadi. Internet muhitini tahlil qilib, undagi harakat qiluvchu
sub’yektlar va tashqi o’zaro aloqlardan tashkil topadir. Elektron tijorat bozorida 
ishlaydigan kompaniyaning mikromuhiti to'g'ridan-to'g'ri firma va uning atrofiga
tegishli ta’sirlardan iborat (mijozlariga, raqobatchilar, etkazib beruvchilar va boshqa 
aloqador auditoriyasi).Shunday qilib, firma mikromuhitning muhim tarkibiy qismi 
raqobatchilik mihit hisoblanadi. 
Umumiy qabul qilingan ta'rifga ko'ra, raqobatchilar marketing tizim 
sub'ektlari bo’lib, firma tomonidan harakatlari bozorlarni, etkazib beruvchilarni, 
vositachilarni tanlashga, assortimentni shakllantirishga, tovarlarning turlari, 
marketing faoliyatining butun majmusiga ta'sir qiladi 
Bu firma raqobatbardoshlik muhitni har tomonlama o'rganish zarurligini 
taqozo etadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan raqobat mahsulotlarni eng qulay sharoitlarda 
sotish uchun ishlab chiqaruvchilar va etkazib beruvchilar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va 
kurashning iqtisodiy jarayoni. Demak, raqobatni bir xil maqsadga erishishdan 
manfaatdor sub'ektlar kurashishi deb hisoblash mumkin (iste'molchilarning to’lovga 
qodir talabining cheklangan hajmi va boshqalar uchun kurashish). 
Elektron tijorat bozorini o'rganish sharoitida, avvalambor, bozordagi 
firmalarning to'g'ridan-to'g'ri o'zaro aloqani, ya'ni bozor raqobatini ko'rib chiqish 
lozim. 
Raqobatning ikkita asosiy usulini ajratish odatiy holdir: narx va narxsiz. 
Nazariy tadqiqotlar va tijorat faoliyatini amalga oshirish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, 
zamonaviy sharoitda tijoratchi o'zi tomonidan taklif qilingan mahsulotni (xizmatni) 
"ajratib turish orqali " va qo'shimcha mijozlarni jalb qilish narxlarning pasayishi yo’li 
bilan narxlar raqobati avvalgidek samara bermay qoldi, 
Ayni paytda, "yashirin" narxlar raqobatining usullari keng tarqalgan. 
Narxsiz raqobat mahsulotning iste’mol qiymatidagi sifat tushunchasiga 
asoslanadi. Narxsiz usullarga kompaniyani boshqarish marketing usullari kiradi, 
masalan: 
- yangi mahsulotni ishlab chiqarish va iste’mol qiymatining undan yuqori darajaga 
ko’tarish; 
- bozorni har tomonlama o'rganish va marketingni rejalashtirish; 
- savdo apparati ishini tashkil etish; 
- sotishni rag'batlantirish; 
- tashkiliy tuzilmani takomillashtirish; 
- aylanma xarajatlarini kamaytirish; 
- kredit va moliyalashtirish siyosatini takomillashtirish va boshqalar. 
Shu nuqtai nazardan, ushbu tadqiqot doirasida, elektron tijorat bozoriga xos 
xususiyatlarni ajratish uchun raqobatning turli jihatlarini ko'rib chiqish maqsadga 
muvofiqdir. Shunga qaramasdan elektron tijorat bozori o'ziga xos noyob 
xususiyatlarga ega, u raqobat muhitini tavsiflovchi umumiy xususiyatlarga ega. 
Ushbu bozorning to'liq tavsifi uchun raqobatning tabiati va intensivligini baholash 
uchun mavjud va mumkin bo'lgan modellar tahlilini o’tkazish lozim. 
Mahalliy va xorijiy adabiyotlarda ishlatiladigan raqobatni tavsiflovchi eng 
mashhur marketing modeli bu Porterning beshta raqobat kuchlari modeli hisoblanadi. 


26 
M. Porterning tadqiqotlariga ko'ra, bozordagi raqobat holatini beshta 
raqobatdosh kuch bilan tavsiflash mumkin: 
1. Raqobatdosh sotuvchilar o'rtasidagi raqobat - har bir firma 
eng yaxshi o’rinni egallash va raqobatdosh ustunlikdan foyda olish uchun o'zining 
raqobatbardosh strategiyasiga amal qiladi.
2. Narx nuqtai nazaridan raqobatbardosh tovarlarni o'rnini bosadigan tovarlarning 
raqobati. 
3. Yangi raqobatchilar paydo bo'lishi xavfidan kelib chiqadigan
4. Ta'minlovchilarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyati natijasida paydo 
bo'lgan raqobatdosh kuchlar va etkazib beruvchilarning qobiliyatlari. 
5. Xaridorlarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari natijasida paydo 
bo'lgan. 
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning raqobatbardosh kurashi nuqtai nazaridan 
elektron tijorat bozori, quyidagi xususiyatlarni ta'kidlash kerak: 
- Elektron tijorat bozoridagi firmalar mijozlarning hatti-harakatlarini o'rganish 
uchun kuchli vositalarga ega bo’lib, raqobatbardosh strategiyani yanada oqilona va 
aniqroq qurish va uni amalga oshirish yo'llarini ishlab chiqadi. 
- strategiyani yangilash muddati sezilarli ravishda qisqarmoqda, bu raqobatdosh 
firmalarning katta harakatchanligi va ularning raqiblarining harakatlariga tezkor 
javob berish qobiliyatlari bilan bog'liq. 
- Garchi an'anaviy tarzda firmalararo raqobat muvaffaqiyatli yoki zararli bo’lishi 
mumkinligi uchun etakchi firmalarga "o'z" bozor segmentini olish uchun haqiqiy 
imkoniyati "sof" monopolistlar toifasiga o'tishga imkon bermasdi. 
M. Porterning tadqiqotlarida kirish to'siqlaridan biri sifatida yangi 
texnologiyalarni rivojlantirish, nou-xau va boshqalar bilan bog'liq qo'shimcha 
xarajatlarni qayd etadi. Elektron tijorat bozoriga harakatlanuvchifirmalar uchun 
bunday xarajatlar qo'shimcha deb hisobkab bo’lmaydi, chunki ular Internet muhitida 
biznesni amalga oshirish imkoniyatlarini belgilaydi.
Ta'minlovchilarning raqobatbardosh ta'siri, asosan, xaridor uchun ushbu 
xarajatning tarkibiy qismlarining qanchalik muhimligiga bog'liq (agar ma'lum bir 
etkazib beruvchilar guruhining ta'minoti umumiy xarajatlarning aniq ulushi egallasa, 
etkazib beruvchilar tomonidan ta'sir darajasi oshadi). 
Elektron tijorat bozoridagi ushbu turdagi raqobatni ajratgan holda, 
quyidagilarni ta'kidlash lozim. Biznesni yuritishning yangi sharoitlarda 
ta'minlovchining ta’siri amalda hech qanday cheklovlar (moliyaviy, hududiy va 
boshqalar) mavjud emasligi sababli ta'siri kamayadi. Ta'sirni kuchaytiradigan bu 
omil faqat elektron tijorat bozoridan tashqarida bitimlarning bir qismini amalga 
oshiradigan firmalar (an'anaviy sharoitlarda) uchun hosdir. Ushbu firmalarga axborot 
xizmatlari va mahsulotlarini taqdim etadigan firmalar kirmaydi. 
Xaridorlar tomonidan tovar / xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga ta'siri va 
ularning savdo qilish imkoniyatlari kuchliroq quydagi holatlarda: 
- iste'molchilar soni kam va ular tovarlarni katta miqdorda sotib olishadi; 
- iste'mol hajmi sohadagi barcha savdolarning muhim qismini tashkil etadi; 
- tovarlarni bozorga etkazib beradigan sanoat juda ko'p sondan iborat 
nisbatan kichik sotuvchilardan tarkib topgan; 
- turli sotuvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar nisbatan yaxshi 
standartlashtirilgan va iste'molchilar muqobil haridni osongina topishlari mumkin, 
ularning yangi sotuvchiga o'tish narxi deyarli nolga teng; 


27 
- sotib olingan mahsulotlar xaridor tarkibiy qismlarining muhimi hisoblanmaydi; 
Elektron tijorat muhitida mijozni boshqa bozor ishtirokchisiga o'tkazish 
imkoniyat omili muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan kompaniyaning 
marketing strategiyasi ishlab chiqishi birinchi navbatda mavjud mijozlarni saqlab 
qolish va qo'shimcha mijozlarni jalb qilishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bozorda 
raqobatbardosh vaziyat doimiy ravishda o'zgarib boradi, shuning uchun 
kompaniyaning bozordagi raqobatbardosh o'zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib 
borishi zarur. Faqatgina ushbu sharoitlarda firma raqobatchilarning imkoniyatlarini 
va o'z imkoniyatlarini to'g'ri baholashi va maqsadga muvofiq optimal marketing 
strategiyasini ishlab chiqishi, o'zlarining raqobatbardosh ustunliklarini yaratish yoki 
saqlab qolishi mumkin. 
 O‘z-o‘zini tekshirish savollari 
1. 
“Elektron tijorat” va “elektron biznes” mavjud tushunchalarning tahlilini 
o’tkazing. 
2. 
Internet muhitda biznesni tashkil etishning xusussiyatlarini ochib bering. 
3. 
Elektron tijoratning asosiy modellarini tavsiflang (B2B, B2C). 
4. 
Internet-iqtisodning asosiy belgilari nimadan iborat? 
5. 
Firmaning raqobat muhitiga ta’rif bering. Raqobatchilikning asosiy uslublarni 
ayting va elektron tijoratga ularning ta’sir etish imkoniyatini aniqlang. 
6. 
Elektron tijorat bozorining asosi sifatida internet-muhitning xususiyati 
nimadan iborat? 
7. 
Elektron tijorat bozorida asosi raqobatchilik kuchlarning mazmun-
mohiyatini yoriting. 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling