Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Oila paydo bo‗lgandagi nikoh jufti. 2


Download 294.93 Kb.
bet31/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
1.Oila paydo bo‗lgandagi nikoh jufti.
2.Kichik (yosh) bolali oila.
3.Hech bo‗lmasa bitta voyaga yetgan farzandli oila.
4.Barcha farzandlarning ajralib ketishi.
Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki,oilaning hayotiy sikli quyidagicha aniqlanadi:
1.Nikoh tuzilganidan 1-farzandning tug‘ilishigacha bo‗lgan davrota-ona bo‗lgungacha bo‗lgan bosqich.

  1. 1-farzandning tug‘ilishidan oxirgi farzandning tug‘ilishigacha bo‗lgan davr-reproduktiv ota-onalik bosqichi.Bu bosqich qisman sotsializasion ota-onalik davri bilan kesishib turadi, yagona farzandli oilalarda butunlay yo‗q bo‗ladi.

  2. 1-nabiraning tug‘ilishi va buvi-buvaning birining vafotigacha bo‗lgan davr.

Yuqoridagi tavsiflash oilaning butun sikliga tegishli. Tabiiyki, butun sikl u yoki bu bosqichining tushib qolishi yoki ajralish, shuningdek, nikoh juftining bevaqt vafoti natijasida to‗liqsiz bo‗lib qolishi mumkin. Oilaning hayotiy sikliturli asoslarga ko‗ra ajratilishi mumkin va turli bosqichlarga ega bo‗lishi mumkin va bu bosqichlar turli voqea va hodisalarni qamrab olish mumkin.
Gertsenning so‗zlariga ko‗ra, oila bolalardan boshlanadi, ammo avlod olish uchun vaqt topa olmagan er-xotin ham bu oila. Va keyin bu erda voyaga yetmaganlar, to‗liqsiz oilalar, nizoli oilalar va ko‗plab oilalar mavjud. Keling, ushbu eng muhim ijtimoiy guruhni tasniflashning asosiy usullarini aniqlashga harakat qilaylik.
Zamonaviy oilaning turlari va turlari:
Zamonaviy tadqiqotchilar oilalarning turlarini aniqlash uchun turli xil tasniflardan foydalanadilar, ularning asosiylari quyidagilar: 1. Oila kattaligiga ko‗ra - uning a'zolari soni hisobga olinadi
2. Oila turi.

  • yadroviy oila - bolalari bo‗lgan bitta turmush qurgan juftlik.

  • murakkab oila - bu er-xotin, bolalar va qarindoshlar - buvilar, bobolar, opa-singillar, aka-ukalar va boshqalardan iborat. Bunday oilaga uy-ro‗zg'or ishlarini soddalashtirish uchun yig'ilgan bir nechta qarindoshlar kirishi mumkin

  • to‗liq bo‗lmagan ota-ona oilasi - bolalardan va faqat bitta otaonadan yoki farzandsiz er-xotindan iborat 3. . Bolalar soni bo‗yicha.

  • bepusht, bolasiz oilalar;

  • bitta bolali oila;

  • kichik oilalar - bolalar soni tabiiy o‗sishni ta'minlash uchun etarli emas, 2 tadan ko‗p emas;

  • o‗rtacha oilalar - o‗sish va dinamikaning paydo bo‗lishi uchun etarli miqdordagi 3-4 bola;

  • katta oilalar - tabiiy o‗sishni ta'minlash uchun talab qilinadiganidan ko‗proq, 5 yoki undan ko‗p bola

    1. Nikoh shakli bo‗yicha.

  • monogam oila - ikki sherikdan iborat;

  • ko‗pxotinli oila - sheriklardan biri bir nechta nikoh majburiyatlariga ega. Ko‗pxotinlilik (erkakning bir necha ayol bilan nikohi) va poliandriyani (ayolning bir necha erkak bilan nikohi) farqlash.

    1. Er-xotinning jinsi bo‗yicha.

  • heteroseksual oila;

  • bir jinsli oila - bolalarni birgalikda tarbiyalashda qatnashadigan ikki ayol yoki erkak.

    1. Shaxsning joylashgan joyiga ko‗ra.

  • ota-ona - ota-onamizning oilasi;

  • reproduktiv - inson tomonidan yaratilgan oila.

    1. Qaerda yashashingizga qarab

  • patrilokal - erning ota-onasi bilan bir hududda yashaydigan oila;

  • er-xotin - xotinning ota-onasi bilan bir hududda yashaydigan oila;  peolocal - ota-onasidan alohida yashaydigan oila

Oila uning a`zolarining ijtimoiy guruhlariga qarab ham turlarga bo`linadi:

  1. Oila a'zolari bir xil ijtimoiy guruhga mansub oilalar

  2. Turli guruhga mansub oilalar

Oilalarning o‗sha oila a'zolari miqdoriga qarab turlarga bo‗linishi uning demografik tarkibini tashkil etadi.
O`zbekiston uchun shartli ravishda oilaning 3 ta demografik turga ajratish maqsadga muvofiqdir42.

    1. Kichik oilalar – 2-4 kishiistiqomat etuvchi oilalar;

    2. O‗rta oilalar – 5-6 kishi istiqomat etuvchi oilalar;

    3. Katta oilalar – 7 va undan ortiq kishilar istiqomat etuvchi oilalar. Oila va gender sotsiologiyasi o‗rganadigan navbatdagi demografik jarayon bu nikohdir.

Ma'lumki, oila nikohdan boshlanadi. Nikoh jamiyat taraqqiyotining ma'lum bosqichida paydo bo‗ldi va qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar, din, urf-odatlar, qadriyatlar ta'sirida shakllanib boradi. Nikoh va uning turlari, tarixiy evolyutsiyasi, uning turli xalqlar ijtimoiy guruhlar, xududlar bo‗yicha xususiyatlarini, nikoh. qonuniyatlarini, oilada mehnat taqsimotini va yoshlarni nikohga psixologik, iqtisodiy tomonidan tayyorlash va aholini nikohga bo‗lgan munosabatlarini o‗rganish ham oila sotsiologiyasida muhim ahamiyatga egadir.
Oila tarkibida hamda rivojlanishiga bevosita ta'sir etuvchi demografik omillardan yana biri — nikohning bekor etilishi, ya'ni ajralishdir. Ma'lumki, oilada er-xotinning ajrashishi birinchi navbatda oilaning tarkibiga ta'sir etadi. Oila tugal oiladan, tugalmas oilaga aylanadi. Oilada farzandlar tug‗ilishi ma'lum darajada kamayadi. Bu esa, o‗z navbatida, oilani davom ettiruvchi avlod yaratilishiga, oilaning takror barpo bo‗lishiga salbiy ta'sir etadi. Oila sotsiologiyasi mustahkamligiga salbiy ta'sir etuvchi ajralish jarayonini o‗rganar ekan, uning sabablarini turli tarixiy davrlarda, davlatlarda, xalqlarda va ijtimoiy guruhlardagi xususiyatlarini ochib beradi.
Aholi migratsiyasi ham oilaning ijtimoiy-demografik tarkibiga ta'sir etuvchi omillardandir. Insonning bir ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan ikkinchi ijtimoiy-iqtisodiy muhitga o‗tishi (masalan, shahardan qishloqqa, qishloqdan shaharga ko‗chishi), uning oilaga bo‗lgan demografik, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlariga ta'sir etadi.
Ma`lumki, oila paydo bo`lib to tugagunga qadar bir qancha bosqichlardan o`tadi. Ular:
Oilani tashkil topishi (nikohga kirish)
Birinchi farzandni tug`ilishi (farzand ko`rish faoliyatini boshlanishi),
Ohirgi farzand tug`ilishi (farzand ko`rish faoliyatini tugallanishi),
Ohirgi farzandni oilali bo`lishi,
Oilani tashkil etgan er yoki xotinini dunyodan ko`z yumishi (oilaning tugallanishi).
Yuqorida keltirilgan jarayonlar oilaning hayotiy davrlari bo‗lib, oila davomiyligiga muntazam qaytarilib turadi. Ushbu davrlarning har birini o‗ziga xos xususiyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mavjuddir. Ana shu muammolar ham oila va gender sotsiologiyasining o‗rganish doirasiga mansubdir.
Oila-nikoh munosabatlarining asosiy printsiplari: 1. Yakka nikohlilik tamoyili (faqat bitta nikoh); 2. Nikohning ixtiyoriyligi.
3. Ajralishning erkinligi (davlat tomonidan nazorat qilinadi); 4. Oila va oilaviy munosabatlarda er-xotinning teng huquqligi.
5. Bolalarni birgalikda tarbiyalash tomoyili.
Oila ijtimoiy institute sifatida muayyan darajalarga ega bo`ladi. Dastlab, er-xotinning nikohdan o`tishi oqibatida oila vujudga keladi.
Birinchi farzandning dunyoga kelishi esa – bolali oilani yuzaga keltiradi. Bu holat oilani yanada mustahkamlaydi. Hattoki, bir-birlarini sevib qurilgan oila ham, agarda farzandli bo`lmasa, mustahkam bo`la olmaydi, bundan ko`rinib turibdiki, oilaning avlod qoldirishlik funktsiyasi jamiyat hayotida ham, oila mustahkamligini saqlashda ham muhim rol o`ynaydi. Oilaning yana bir darajasi – ko`p bolali oilalar soni hozirga kelib, ma`lum ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta`siri bilan borgan sari kamayib ketmoqda.
Oila tipining muhim belgilari quyidagilar hisoblanadi: oila a`zolarining yoshi, oiladagi bola soni, murakkab oilalar, bunday oilalar bizning sharoitimizda ko‗plab uchraydi. Bunaday oila tarkibi bir necha - ikki yoki undan ortiq nikohli juftdan iborat bo‗ladi. Respublikada oilaning o„rtacha soni 5,5 kishidan iborat, bir qancha viloyatlarda esa 6 kishidan iborat, bu ko‗rsatkich MDHning Evropa qismidagi mamlakatlarida 3,2 kishini tashkil etadi.
Davlatning vujudga kelishi bilan oilaviy hayotni boshqarish huquqiy xarakterga ega bo‗lgan. Nikohni yuridik jihatdan rasmiylashtirish nafaqat er-xotin oldiga, balki davlat oldiga ham muayyan javobgarlik (burch, vazifa, ma`suliyat) qo‗yadi. Shundan boshlab oilaviy munosabatlar muammolarini nazorat qilish, huquqiy jihatdan boshqarish davlat zimmasiga yuklatiladi.
Nikoh munsabatlarini, yolg‘iz yashovchilarni, oilaviy buzilish sabablarini o‗rganish jamiyat ijtimoiy tarkibining ijobiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Oddiy bir misol: diniy munosabatlar asosida, avval nikoh muqaddas hisoblanar edi. Sobiq totalitar tuzum asorati sifatida biz bu masalaning ancha keyingi o‗rinlardan biriga surilib qo`llanganligining guvohi bo‗lib turibmiz.
Hozirgi davrda oila rivojidagi sotsial xususiyatlar:
―Hozirgi vaqtda oilaning haqiqiy moddiy ahvolini, ularning ma`naviy va madaniy qiziqishlarini mahalladan ko‗ra yaxshiroq biladigan boshqa tuzilma yo‗q. Shuning uchun hozirda oila va gender sotsiologiyasi mahalla doirasida kengroq o‗rganilmoqda. Bozor munosabatlari barchani tobora chuqurroq o‗z doirasiga tortayotgan ekan, bu holat oilaviy munosabatlarga ham o‗z ta`sirini o‗tkazmay qolmaydi, albatta. Oilaning ishga yaroqli bo‗lgan barcha a`zolari tirikchilik bilan band bo‗lib, bolalar o‗z holiga tashlab qo‗yilayotgani ham haqiqatdir. Ana shunday vaziyatlarda mahallalarning rolini, mas`uliyatini oshirish to‗g‘risidagi da`vat va tegishli farmoyishlar, oilalardagi muammolarning keng jamoatchilik muammolari sifatida qabul qilinishi davr taqozosi ekanligidan dalolat beradi. Bolalar jamiyatning kelajagi ekanligi e`tirof etilar ekan, ularning tarbiyasi uchun shu jamiyatning har bir a`zosi mas`ul ekanligini e`tiborga olgan holda, eng avvalo oila o‗z farzandining tarbiyasi, uning kelajagi, jamiyat oldidagi burchini anglab etishida javobgar ekanligini ta`kidlash bilan birga uning zimmasiga eng og‘ir mas`uliyat tushishini anglab etib, o‗z funktsional vazifasiga sodiq holda jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanib borishi talab etiladi.
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga, axloq-odobini ham yaxshilangizlar», - deyiladi hadislarda. Farzand - hayotning guli. Darhaqiqat, odobli farzand bilan hayotimiz fayzlidir. Biroq, farzandlarimiz xatti-harakatida ham goho nuqsonlar ko‗zga tashlanadi, ularning o‗z vaqtida oldi olinib, bartaraf etilmasa, gunoh ishlarga olib boradi. Shuning uchun oilada farzandlarimizga hadis namunalarini uqtirib borishimiz ham foydadan xoli emas.
Yuqorida aytib o‗tganimizdek, oilada tarbiyaga katta ahamiyat berish kerak. Oila a`zolari bir-birlari bilan qanday muomalada bo‗lsalar, shu muhit qobig‘idagi o‗spirinlarda ham xuddi shunday va ularga xos xulq-atvorlar namoyon bo‗la boshlaydi. Oila a`zolari xontaxta atrofida o‗tirib, turli mavzularda mulohazalar yuritish, murakkab muammolarni hal qilish borasidagi atroflicha etarli bahslar, shubhasiz, yigit-qizlar aqlzakovatining o‗sishida, ularning aql-kamolotida turtki vazifasini bajaradi.
Oilaning avlod qoldirish funktsiyasi nafaqat oila mustahkamligini saqlashda, balki jamiyat hayotida ham juda muhim rol o‗ynaydi.
Ko‗p bolali oilalar hozirga kelib, ma`lum ijtimoiy - iqtisodiy omillar ta`siri ostida borgan sari kamayib ketmoqda. Bu holat yaqin kelajakda o‗zbek millatining rivojlanishi va ravnaqi darajasiga o‗z ta`sirini ko‗rsatmay qolmaydi, albatta. Jamiyat, har qanday davlatning ijtimoiy tanazzulga yuz tutishi eng avvalo undagi oilaning barbot bo‗lishi, buzilishining ko‗payishiga ko‗p jihatdan bog‘liqdir. Shuning uchun oilaviy ajralishlarni, qo‗ydi-chiqdilarni keltirib-chiqaruvchi tub sabablarni aniqlash, o‗rganish va ularning oldini olish uchun ilmiy - amaliy tavsiyalar ishlab chiqish oila va gender sotsiologiyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Respublika bo‗yicha nikohlar umumiy sonining o‗sishi bilan ajralishlar sonining ham o‗sayotganligi tashvishlidir. Oilaviy ajralishlarning asosiy sabablari nimalarda? Ajralishlarning tarafdori ko‗proq kim? Erkaklarmi yoki ayollarmi? Qaysi birlari ko‗prok aybdor? – degan savollar yuzasidan olib borilgan sotsiologik tadqiqotlar natijalariga ko‗ra oilaviy ajralishlarning 70% da ayollarning, faqat 30% da erkaklarning da`vogarligi asosida sodir bo‗lmoqda. 41,4% ajralishlarning asosiy aybdori erkaklar, 26,8% ayollar, 4,5% har ikki tomonning o‗zaro kelisha olmaganligi sababli, 7,3% esa kelin bilan qaynona o‗rtasida kelishmovchilik sabab bo‗lganligi oqibatida buzilmoqda. Hozirgi vaqtda asosan ko‗proq quyidagi omillar oilaviy ajralishlarga sababchi bo‗lmoqda:

  1. Er o‗z oilasini moddiy va ma`naviy jihatdan qo‗llab-quvvatlay olmasligi;

  2. Erlik burchini, oila boshlig‘i sifatidagi mas`uliyatli vazifasini bajarmayotganligi tufayli. Erning spirtli ichimlik, narkotik moddalarni iste`mol qilishi va natijada sog‘lom oilaviy muhitning buzilishi oqibatida;

  3. Ayollarning o‗z eriga nisbatan qo‗pol munosabatlarda bo‗lishi, erni er o‗rnida ko‗rmasligi, mensimasligi va oilada ayollik (xotinlik) burchini his qilmasligi natijasida;

  4. Er-xotin o‗rtasida o‗zaro hurmatning yo‗qligi, xarakterlarining to‗g‘ri kelmasligi, oddiy muomala madaniyatining yo‗qligi;

  5. Qaynona-kelin munosabatlaridagi kelishmovchiliklar;

  6. Yosh yigit-qizlarning bo‗lg‘usi oilaga har jihatdan tayyor emasliklari va hokazolar.

Olib borilgan sotsiologik tadqiqotlarga ko‗ra, oilaviy hayotda o‗zlarini baxtli deb hisoblagan ayollar bular: ish joyida muvaffaqiyatga erishgan, har tomonlama qiziqishga va qobiliyatga ega bo‗lgan, mustaqil, tashqi ko‗rinishidan kelishgan va go‗zal bo‗lgan ayollar emas, balki – jiddiy, yumshoq ko‗ngil, mehribon, o‗z oilasiga jonkuyar, chekinuvchan, bir gapdan qoladigan ayollar ekan. E`tibor berilsa, haqiqiy oilaviy baxtga erishish omillari axloqiy munosabatlarga borib taqalishi ma`lum bo‗ldi.
Жаҳонда кечаѐтган глобаллашув, интеграция ва модернизация жараѐнлари бугун инсоният ҳаѐтига, оила институти ва ундаги авлодлараро муносабатларга зиддиятли таъсир этмоқда.
Ҳозирда оилавий муносабатларни инсон ҳуқуқ ва эркинликларини асраган ҳолда гуманистик тамойилларга мувофиқ йўлга қўйиш долзарб илмий муаммога айланган.
Ўзбекистонда оила институтини ўзбек халқининг этноанъаналари, авлодлараро муносабатлар талабларига мувофиқ ташкил этиш, оиланинг ижтимоий – демографик, маънавий тарбиявий ва функционал вазифаларига рационал тус бериш борасида катта чора-тадбирлар амалга оширилди.
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси ва Оила кодексида оила ва никоҳ, гендер тенглик, авлодлараро муносабатлар миллий тараққиѐт манфаатларига мувофиқ келадиган ҳуқуқий меъѐрлар билан белгиланиши ўрнатилди. Мамлакатдаги ижтимоий-демографик вазият ва этноанъаналардан келиб чиқиб, 2019 йил 1 сентябрь кунидан бошлаб, никоҳ ѐши 18 ѐш қилиб белгиланди. Асосий Қонунда авлодлараро муносабатларга алоҳида модда ажратилиб, унда отаона фарзандларини боқиш, тарбиялаш ва камолга етказиш учун, вояга етган фарзандлар эса кексайган ота-оналарига қараш учун масъуллиги таъкидланди. Бундай ҳуқуқий меъѐрий норма бошқа, айниқса АҚШ ва Европа Конституцияларида учрамайди.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 18 февралдаги ―Жамиятда ижтимоий-маънавий муҳитни соғломлаштириш, маҳалла институтини қўллаб-қувватлаш ҳамда оила ва хотин-қизлар билан ишлаш тизимини янги даражаги олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида‖ги ПФ-5938-сонли Фармони ва ―Ўзбекистон Республикаси маҳалла ва оилани қўллабқувватлаш вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тўғрисида‖ги ПҚ4602-сонли Қарорларида оилаларга ва оилавий кадриятларга, авлодлараро муносабатларга кенг ўрин берилган.
Ўзбек оилаларидаги авлодлараро муносабатлар маълум бир ижтимоий асосга қурилган. Бу асос қуйидаги белгиларда намоѐн бўлади:
оила яхлитлигини асраш;
репродуктив ва демографик анъаналарга риоя этиш; оилада шаклланган иерархияга риоя этиш; ижтимоий маконда оила мавқеини мустаҳкамлаш; авлодлараро муносабатларни этноанъана сифатида қадрлаш.
Ўзбек халқида орият, ўз обрўсини сақлашга,обрусини тўкмасликка интилиш кучли. Инсон бирор нарсага қўл уришидан ѐки оиласига тааллуқли бирор хатти-ҳаракатни содир этишидан олдин унинг ўзи ѐки оиласи обрўсига қанчалик таъсир этишини кўз олдига келтиради. Агар шу ҳатти-ҳаракат ўзининг ѐки оиласининг обрўсини тўкса, унга путур етказса, у шу хаттиҳаракатдан, ҳатто у унга катта зарар етказса ҳам, воз кечади. Бу ўринда ўзбек халқининг ўз анъаналарига, тарихий маданий тажрибаларига содиқлиги кўзга ташланади.
Ўзбек халқига хос қадриятлардан бири болажонликдир. Репродуктивлик, демографик барқарорликни таъминлаш, ҳаѐт маъносини фарзандлар кўриб, уларни етиштиришда кўриш ўзбек оиласининг олийжаноб анъаналари қаторига кирадиган фазилат ҳисобланади. Ўзбек халқ достонлари, эртаклари ва мақолларида фарзандлилик идеал ҳаѐт тарзида улуғланади.
Фарзандлар авлодлараро муносабатларнинг субъектлари сифатида уларнинг динамикасини, уни сақланиш, келгуси авлодларга етказишни белгилаб келади. Фарзандларнинг кўплиги авлодлараро муносабатларнинг барқарор давом этишини, кенгайишини, миллий анъаналар билан уйғунлашишини белгилайди. Уларнинг бир бирлари билан алоқалари миллий ва умуминсоний қадриятларни уйғунлашуви, бир-бирига интеграциялашуви омилидир.
Ўзбек оилаларидаги муносабатлар иерархияга ( юн. hieros – муқаддас ва arche – ҳокимият) қурилгани билан ажралиб туради. Табиийки, бу иерархия бошида оила бошлиғи, одатда эркак туради. Авлодлараро муносабатлар ҳам ушбу иерархияга бўйсинади. Оиладаги иерархия муносабатлари расмий ташкилотлардаги иерахиядан фарқ қилади. Бу муносабатлар ўзаро меҳр муҳаббат ва ҳурмат муҳитини шакллантиришга, каттани ҳурмат ва кичикни иззат қилиш тамойилига, эзгу ниятларга ва авлодлараро муносабатларнинг давомийлигини таъминлашга қурилади.
Оила мавқеини асраш авлодлараро муносабатлар тизимида муҳим ўрин тутади. Оила аъзолари уйдаги осойишталик, фаровонлик, аҳиллик, меҳр муҳаббат пировард натижада оила мавқеига таъсир этишини биладилар.
Қашқадарѐ вилоят бошқармаси томонидан ўтказилган социологик сўровдаги ―Оилангиз неча авлодли?‖ деган саволига респондентларнинг 59 % уч (бобо- момо, эр-хотин ва уларнинг оила қурмаган фарзандлари), 29 % икки (эр-хотин ва уларнинг оила қурмаган фарзандлари), 3 % тўрт (катта бобо-катта момо,бобо-момо, эр-хотин ва уларнинг оила қурмаган фарзандлари) ва 2 % бир (эр-хотин) авлодли, деб жавоб беради. Бугун кўп авлодли оилалар айрим чекка, қишлоқ жойларида учрайди. Шунинг учун баъзи тадқиқотчилар бундай оилага ва ундаги авлодлараро муносабатларга ноѐб этнографик манба сифатида қарашади. Бир ва икки авлодли оилаларнинг асосан шаҳарларда учраши замонавий кўп қаватли уйларнинг кўпаѐтгани билан боғлиқлиги билан изоҳланади.
Катта ва кекса авлоднинг бўлгани оилага ва унда кечадиган авлодлараро муносабатларга таъсир этади. Бунинг сабаблари турличадир:

  • оилавий анъаналарни, айниқса авлодлараро

муносабатлар узлуксизлигини таъминлаш ва асраш;

  • инсонпарварлик тамойилларига амал қилиш;

  • инсон ҳуқуқлари талабларига риоя этиш;

  • иқтисодий омиллар;

  • болалар, неваралар, чеваралар тарбияси билан шуғулланиш;

  • катта авлод олдидаги бурчларни адо этиш; - ѐш авлоднинг ижтимоийлашуви кабилардир.

Оилавий муносабатлар нафақат оила муҳитида, шунингдек, кенг ижтимоий ҳуқуқий маконда инсон ҳуқуқлари ва эркинликларига оид нормалар сифатида Ўзбекистон
Республикасининг Конституциясида аниқ белгилаб берилганлиги устувор аҳамиятга молик.
Авлодлараро муносабатларни бундай ижтимоий ҳуқуқий нормалар билан белгилаб қўйиш анъаналарни рад этмайди, балки ижобий характерга эга алоқаларни давлат ва жамият томонидан ҳимоя қилишга ѐрдам беради.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling