Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender
Download 294.93 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-MAVZU. YOSh OILA: SOSIAL KATEGORIYA SIFATIDA
Axborot manbalari:
http: // gf.nsu. ru/ http: // www.sociol.com/ http: // www.nitehwk.com/alleycat-fag. html http: // www.sci. econ./ http: // www.sci. anthropology/ http: // www.sci. environment 6-MAVZU. YOSh OILA: SOSIAL KATEGORIYA SIFATIDA Sotsiologiyada ―yosh oila‖ ijtimoiy-demografik kategoriya sifatida. Yosh oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari. Yosh oilalarda ijtimoiy-psixologik adaptasiya muammolari. Yosh oilalarning buzilish omillari. Yosh oilalarni qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltirilgan siyosat. Yuqorida biz «oila» va «nikoh» tushunchalarini tahlilini amalga oshirdik. Endi «yosh oila» tushunchasini ta‘riflashga harakat qilamiz. Hozirda sotsiologik adabiyotlar va rasmiy hujjatlarda «yosh oila» tushunchasini izohlovchi yaxlit yondashuv mavjud emas. «Yosh oila» ning oila shakli sifatida ommalashgan ta‘riflaridan biriga ko‗ra, nikoh tuzilgandan keyingi uch yil (farzand tug‘ilishi munosabati bilan nikoh davomiyligidan qat‘iy nazar) nazarda tutilib, bunda oilaviy juftlik yoshi 30 dan oshmagan bo‗lishi, shuningdek, farzandli oilalarda voyaga yetmagan bolali ota-onalardan biri 30 yoshgacha bo‗lishi nazarda tutiladi43. Demak, yosh oila – bu rasman qayd etilgan nikoh munosabatlariga kirishgan 17 yoshdan 30 yoshgacha bo‗lgan er va xotin birligidir44. F.A.Mustayevaning fikricha yosh oila – bu oilaviy hayot davomiyligining boshlang‘ich bosqichi bo‗lib, ushbu davr er-xotin ixtiyori va tanlovining hayotiy ifodasidir. Oilaviy hayotning bu davrida er-xotin birbirining murakkab jihatlarini kashf etish hodisasi sodir bo‗ladi. Natijada xarakterlar «sayqallanishi» sodir bo‗lib, bu hayot tarzining tubdan o‗zgarishi bilan birga kechadi. Sabr-toqat, mulohazali va janjallarda yon bosa olish qobiliyatisiz xarakterlar «sayqallanishi» davri murakkab va chigal kechadi. Ammo, ushbu hodisa oilaviy turmush tarzi va er-xotin o‗rtasidagi munosabatlar shakllanishining boshlang‘ich nuqtasi, xolos. Navbatda oilaviy rollar, «hokimiyat»ni taqsimlanishi muammolarini birgalikda hal qilish ko‗nikmalari, oilaviy turmush, bo‗sh vaqt va dam olishni rejalashtirish kabi masalalaro‗ndalang turadi. Ushbu muammolarga yosh oilaviy juftlik ayrim holatlarda ilk bor duch keladi va muammoli vaziyatdan chiqishda 52. «sinov va xato» usuli yordamida mustaqil harakatlanadi Yosh oila nuqtai nazaridan nisbatan dolzarb sanalgan ikki muammoni alohida ko‗rsatish zarur, bular: sosial-iqtisodiy va sotsial-psixologik muammolar bo‗lib, birinchi holatda muammolar yosh oilaviy juftlikning moddiy, uy-joy, ish o‗rinlari bilan ta‘minlanganligi asosida kelib chiqadi. Chunki, yosh oilalarning salmoqli qismi daromadi past bo‗lib, ko‗pchiligi kambag‘al hisoblanadi. Mehnat bozorida yosh mutaxassisga talabning pastligi yoki ish tajribasining yo‗qligi yosh oilaning moddiy holatini yomonlashtirish bilan bir qatorda mamlakat aholisi turmush tarzini tushib ketishiga olib keladi. Ikkinchi blok muammolarga yosh oilaviy juftlikni bir-biriga, yangicha vaziyatga (rollar, stereotiplar va hulq-atvor usullarini o‗zgarishi) va yangi qarindoshlarga moslashuvi mansubdir. Qator tadqiqotchilar yosh oilalarning zamonaviy holatini tahlil etar ekanlar sotsial-maishiy muammolar, zamonaviy oilani shakllanishi, oilaviy tarbiya va xatar guruhiga mansub oilalar muammolarini alohida o‗rganishni taklif etadilar53. Umuman yosh oilaning barqarorligi va zamonaviy holatiga ta‘sir ko‗rsatuvchi asosiy omillarga oilaviy daromadning pastligi, xususiy uyjoyning yo‗qligi; farzandlar tug‘ilishi munosabati bilan kambag‘allashish, yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasliklari, oilaviy hayotning ma‘naviy va ruhiy asoslarini bilmaslik, ziddiyatlarni hal eta olmaslik, xudbinlikni kiritish mumkin. Yosh oilalarning boshqa turdagi oilalardan farqlovchi jihatlaridan biri, shundaki, undagi munosabatlar negizi qarindoshlik emas ota-onalik maqomi Мустаева Ф.А. Основы социальной педагогики. – М.: Академический проект; Екатеринбург: Деловая Книга, 2002. – С.34. Молодая семья: проблемы и перспективы социальной поддержки. – Красноярск: РУМЦ ЮО, 2005. – С.30. bilan bog‘liq bo‗lib, ushbu maqom boshqalarga nisbatan ustuvor ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilarni umumlashtirib, amalda mavjud bo‗lgan oilaviy munosabatlar ustuvorligini tan olish zaruriyatini ko‗rsatadi. Zero, erkak va ayol o‗rtasidagi xuddi shu kabi ittifoq jamiyat tomonidan oilaga yuklangan vazifalarni bajarishga qodirdir. Biz nikohning davlat tomonidan rasmiy qayd etilishi rolini aslo kamsitmagan holda shuni aytamizki, ushbu yuridik fakt avvalambor, huquqiy munosabatlarni o‗rnatilishi, er-xotin, ularning farzandlari va boshqa qarindoshlarining huquq va majburiyatlari sohasidagi noaniqliklarni bartaraf etish uchun ahamiyatlidir. Bizning maqsadimiz oilada mavjud hayotiy muammolarni anglash, ushbu sotsial institutni qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltirilgan oilaviy siyosat yo‗nalishlarini aniqlashdan iborat. Shu tariqa yosh oila va uning muammolarini tadqiq etish quyidagi xususiyatlarga ega oilalarni yalpi yig‘indisiga kiritilishini nazarda tutadi. ikki yosh rasmiy nikoh tuzishgan yoki birga yashashaydi va birgalikda uy xo‗jaligini yuritishadi (fuqarolik nikoh); er-xotinning yoshi 30 dan oshmagan; birgalikdagi hayot davomiyligi – 3 yoshgacha (farzand tug‘ilishi holatida birgalikdagi hayot davomiyligida cheklanishlarisiz). Yondashuvlar xilma-xilligiga qaramasdan muallif mazkur ishining maqsad va vazifalariga mutanosib ta‘rifni qo‗llab-quvvatlaydi. Ushbu ta‘rif oilani ikki xil mazmunda, ya‘ni, sotsial institut va kichik sotsial guruh sifatida tadqiq etishni mohiyatan uyg‘unlashtiradi. So‗nggi paytlarda yosh oila sotsiologlar, demograflar, psixologlar diqqatini yanada o‗ziga jalb etmoqda. Bu qator holat lar bilan izohlanadi. Nikohning dastlabki yillarida bo‗lajak oilaviy munosabatlar shakllanadi – hokimiyat va majburiyatlar taqsimlanadi, er-xotin, ota-ona va farzandlararo ma‘naviy aloqalar shakllanadi. Er va xotinning bir-biriga moslashishining murakkab jarayoni kechadi. Asosiy ziddiyatlarning tabiati va ularni yengib o‗tish usullari aniqlab olinadi. Farzandlar soni va tug‘ilishlar orasidagi interval haqidagi qarorlar ham odatda oilaviy hayotning dastlabki yillarida qabul qilinadi. Demak, yosh oilani o‗rganish tug‘ilish muammolariga bevosita aloqadordir. Yosh oila sifatida er-xotinning yoshi 30 dan oshmagan, 5 yillik birgalikdagi hayot tajribasiga ega, rasmiylashtirilgan nikoh doirasidagi oilani nazarda tutishni taklif etadi. 5 yilgacha birgalikdagi hayot tajribasi davomida er-xotin o‗rtasidagi munosabat xususiyatlari shakllanadi. Hali nikoh tanlovi ta‘siri ostida bo‗lgan oilaviy juftlikning bir-biriga moslashuvi jarayoni kechadi. 30 yoshdan oshmagan oilalar tanlanishi esa ilmiy va huquqiy manbalarda qabul qilingan «yoshlar» tushunchasiga mutanosib tarzda olingan. Nikohning bosqichma bosqichligi – birinchisi – muallif oilaviy hayot tajribasiga ega bo‗lmagan er va xotin munosabatlarini o‗rganishi bilan izohlanadi. Shu bilan birgalikda bolalarning borligi yoki yo‗qligi yosh oila kategoriyasiga kiritmaslikning ko‗rsatikichi sanalmaydi. Yosh oilani oilaning boshqa turlaridan farqlovchi jihati shundaki, undagi munosabatlarning asosiy negizi qarindoshlik yoki ota-onalik bilan emas, aynan er-xotinlik bilan belgilanadi va bu munosabat turi boshqalarga nisbatan ustunlik qiladi. Hayotiy faoliyat davomida yosh oila bir necha bosqichni bosib o‗tadi: shakllanish (nikohga kirishdan boshlab birinchi farzand tug‘ilgunga qadar, barqaror ruhiy muhitni yaratish, o‗z moddiy zahirani yaratish maqsadida daromad manbini aniqlash, oilaviy majburiyatlarni taqsimlanishi); kun ko‗rish (moddiy ta‘minlanganlik darajasining pastligi tufayli davlatga qaramlikning yuqoriligi, kundalik turmushni tashkil etishda istiqbolli muammolar emas, ayni damdagi muammolar yechimiga e‘tiborni jamlash); rivojlanish (nisbatan yuqori turmush darajasini ta‘minlashga qaratilgan sifatiy xususiyatlarni egallash, hayotiy muhim muammolarni mustaqil hal etish, ma‘lum muxtoriyatga erishish). Olimlarning fikriga ko‗ra, oilaviy ijtimoiylashuv jarayoni nomlari qayd etilgan bosqichlarning qat‘iy ketma-ketligini talab etmaydi. Bundan shakllanish bosqichi mustasno bo‗lib, uni barcha yosh oilalar boshidan kechiradi va bu jarayon boshqa hayotiy bosqichlar bilan parallel holda kechadi. Kun ko‗rish bosqichining muqarrarligi yoki oilaning rivojlanish bosqichiga tezlikda o‗tishi oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati darajasi, qarindoshlar tomonidan qo‗llab-quvvatlanishi, er-xotinning kasbiy va ma‘lumot darajasi, oilaviy rollar, reproduktiv rejalarni uyg‘unlashtirish, shuningdek, yosh oilaga nisbatan davlat siyosatining mohiyati, kabi 54. omillarga bog‘liq Zamonaviy yosh oilalarni turkumlashda tuzilmasiga ko‗ra – to‗liq va noto‗liq oila, farovon oila va xatar guruhiga mansub oilalarni alohida ko‗rsatish mumkin. Rossiyalik olimlar (F.A.Mustayeva, N.Akerman) fikriga ko‗ra yosh oilalarning uch turi mavjud. Bular: An‘anaviy - bu turdagi oilada er-xotin uchun birgina oilaviy qadriyatlar ustuvor sanaladi. Bunday oilada ikki yoki undan ortiq farzandlar bo‗ladi. Oilada, rasman erkak yetakchi sanaladi. Er-xotinning har biri individual ehtiyojlarini qondirish, shaxsiy kamol topishga yo‗naltirilgan, kam farzandli oilalar. Ijtimoiy-rolli muvozanat kuzatiladi. Yetakchilik turiga ko‗ra demokratik, birgalikda yoki alohida hayotiy faoliyat tanlanadi. Yosh er-xotin asosan ko‗ngil ochishga moyil. Bunda er ham xotin umumiy do‗stlar qatorida eski qadrdonlaridan o‗z do‗stlariga ega bo‗ladilar. Reproduktiv tartiblarga ko‗ra farzandsizlik yoki kam farzand nazarda tutiladi. Oilada yetakchilik avtoritar yoki demokratik bo‗lishi mumkin55. Yosh oila rivojlanishning uch bosqichini boshidan kechiradi. Birinchi bosqich – monada bosqichi 1960-yillarning oxirida amerika oilalari misolida tavsiflangan. Unga ko‗ra, yolg‘iz yigit yoki qiz moliyaiy mustaqil, ota-onasidan alohida yashaydi, o‗z ehtiyojlarini mustaqil ro‗yobga Ростовская Т.К. Молодая семья в современном российском обществе // Молодежь и общество. – №3. 2007. Мустаева Ф. А. Основы социальной педагогики. – М.: Академический проект, 2001. – С. 38. chiqaradi, mustaqil hayotning ma‘lum qodilalariga bo‗ysunadi, ota-onadan o‗zlashtirilgan qoidalarni o‗z tajribasida sinab ko‗radi45. O‗zbekiston oilalarida monada bosqichi kuzatilmaydi. Bu moliyaviy qaram bo‗lgan yosh oilani alohida uy-joy olish imkoniyati cheklanganligi bilan izohlanadi. Natijada yosh er-xotin ota-onasi oilasida mavjud bo‗lgan oilaviy qoidalarni «chetdan kuzatish» imkoniyatga ega bo‗lmaydilar. Shunday vaziyatda yosh oilaviy juftlik oilaviy tartiblarga nisbatan o‗z qarashlarini ishlab chiqishda qiyinchilik sezadi. Diada – bu kompromissga erishish yo‗llarini qidirish bo‗lib, yosh oilaviy juftlik birgalikdagi hayot qoidalarini o‗zlari o‗rnatadilar. Adaptasiya bosqichidan o‗tib yangi oilaviy rollarga ko‗nikadilar. Vaqt o‗tishi mobaynida yosh oila, diada bosqichi muammolarini qay tarzda yengishidan qat‘iy nazar triada bosqichiga o‗tadi. Yosh oilaviy juftlikning farzandi dunyoga keladi. Zamonaviy O‗zbekistonda farzandlarni dunyoga keltirish keyinga surilmaydi (nikoh tuzilgan daqiqadan boshlab uch yildan oshmasdan). Shu bois ko‗pchilik yosh oilalar diada bosqichidan tezda triada bosqichiga o‗tadilar. N.Akermanning ushbu uch bosqichli modeli amerikalik yosh oilalarni tadqiq etish asosida ishlab chiqilgan. U biz uchun qiziqarli, ammo, dissertantning fikriga ko‗ra, mamlakatimizning xususiyati yosh oila rivojlanishi bosqichlariga o‗zgacha yondashuvni talab etadi. Uning mohiyati quyidagi bosqichlarda o‗z aksini topgan. Birinchi bosqich – rasmiy, qayd etilgan nikohdan keyingi bosqich. Bu bosqichni yosh oila rasman qurilgan kun sifatida tavsiflash mumkin. Bu bosqichda oila diada shaklida bo‗lsa-da, ammo O‗zbekiston oilalari ota-ona oilasi tarkibiga kirishi mumkin. Katta oila ichida kichik oilani qurish – jiddiy masala. Yoshlar birgalikda yashash bo‗yicha nafaqat bir-biri balki, kattalar bilan ham kelishib olishlari shart. Patriarxal oilalardagi qoidalar bunday kelishuvning quyidagi shaklini taklif etadi: yosh er yoki xotin katta oila tarkibiga yana bitta qiz yoki o‗g‘il farzand huquqi asosida kiradi. Er yoki xotinning ota-onasini «ota» yoki «ona» deb chaqirish taklif etiladi. Ammo, har qanday yosh oila oilaviy turmush rivojining bu kabi ssenariysiga tayyor emas. Ikkinchi bosqich – yosh oilada birinchi farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq. Bu bosqich bir yildan uch yilgacha bo‗lgan davrni qamrab oladi. Yosh oilalar odatda birinchi farzand tug‘ilishini keyinga surmaydilar. Ammo, ikkinchi farzand tug‘ilishi rejalashtiriladi. Birinchi farzand tug‘ilgach oilaviy hayotning «an‘anaviylashuvi» sodir bo‗ladi va uchinchi bosqichga o‗tiladi. Ushbu bosqichda oilaviy munosabatlar xususiyatlari o‗zgarishlarga duch keladi. Bu davrda yosh erxotinning bir-biriga nisbatan sevgisi va moyillik tuyg‘usi o‗zaro hissiy bog‘langanlik va hissiy qulaylik tuyg‘usi bilan almashadi. Oila yosh kishilar uchun o‗z tuyg‘ularini ro‗yobga chiqarish makoniga aylanadi. O‗zaro muhabbat tuyg‘usi mustahkamlangunga qadar zaruriy shart-sharoitlarni tug‘diradi. Bunda er yoki xotin bir-biri uchun birgalikdagi oilaviy hayotning chuqur ichki mazmun kasb etuvchi yolg‘iz insonlarga aylanadi. So‗nggi uchinchi bosqichda oilaviy byudjetni shakllanishi sodir bo‗ladi. Oilaning yangi ehtiyojlari va imkoniyatlari ro‗yobga chiqariladi. Shinam turmush shart-sharoitlari yaratiladi. Uy xo‗jaligini yuritish, oila a‘zolariga xizmat ko‗rsatish, iste‘mol jarayonini tashkil etishda rollar taqsimlangan bo‗ladi. Oila institutidagi zamonaviy o‗zgarishlar, zamonaviy sosium sharoitida oilaning barbod bo‗lishini emas, aksincha doimiy tarzda sodir bo‗layotgan o‗zgarishlarga moslashishning nisbatan optimal shakllarini qidirishdan iboratdir. Chunki, oila va oilaviy turmush tarzi qadriyatlari zamonaviy yoshlar qadriyatlari tuzilmasidagi bosh qadriyatlardan biridir. Turli mamlakatlarda o‗tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlar va statistik ko‗rsatkichlar guvohlik berishicha, ajralishlarning 20% ga yaqini ikki yildan kam davr mobaynida mavjud bo‗lgan oilalar hissasiga to‗g‘ri kelar ekan. Bunda oilaviy juftlik ajralish haqidagi qarorga kelib arizani sudga oshirgandan so‗ng nikoh rasman tugatilishigacha sezilarli vaqt o‗tadi. Amalda esa nikoh ancha oldin o‗z mohiyatini yo‗qotgan bo‗ladi. Zamonaviy oilada er va xotin hulq-atvori me‘yorlari borgan sari qat‘iylashmoqda. Rolli munosabatlarning reglamentlashtirilgan (chegaralangan) shakllaridan chekinish kuzatilmoqda. Oiladagi munosabatlar, uni tashkillantirish usullari vaziyatga qarab belgilanadi va ushbu jamoaning har bir a‘zosi imkoniyatlari, qobiliyati va moyilliklariga qaram bo‗ladi. O‗tmishda an‘anaviy er-ota va xotin-ona hulq-atvori namunalari ustuvor bo‗lib, erkak oila boshlig‘i, uni boquvchisi va sotsial maqom tashuvchisi bo‗lsa, ayol – uyning farishtasi, uy bekasi va bolalar tarbiyachisi sanalgan. Ayollarni ommaviy tarzda ishlab chiqarishga jalb etilganligi, ularning ma‘lumotlilik darajasini oshib borishi, er va xotin huquqlari tengligi g‘oyalarining keng tarqalishi tufayli hozirda ayollar va erkaklar ko‗pchilik holatlarda bir xil sotsial maqom va oylik maoshga egadilar. Natijada ular oilaviy qarorlar qabul qilinishida teng ishtirok etmoqdalar. Shu bilan birgalikda jamiyatda er-xotinning oilaviy rollari va majburiyatlari haqida o‗rnashib qolgan tasavvurlar amalda voqelikka unchalik mos kelmasa-da, bir tomondan, aholining ma‘lum qismi oilaning an‘anaviy mohiyatidan uzoqlashmaydi, ikkinchi tomondan esa – oilaviy funksiyalarning ko‗pchiligini bajarishda erkak va ayolning tengligi borasida fikrlar mavjud. Yosh oilaning rivojlanishi – davlat va jamiyatda subyektli-obyektli munosabatlar shakllanishi jarayoni bo‗lib, uning natijasida yosh oila rivojlanishida zaruriy sharoitlarga ega bo‗ladi va sotsial funksiyalar hamda reproduktiv me‘yorlarni bajaradi. Yosh oila rivojlanishi indikatorlari tizimining optimal tuzilmasi quyidagi qator komponentlardan iborat: yosh chegaralari; yosh oilaning sotsiologik tavsifi; oilalarning boshqa turlariga nisbatan yosh oilalarda ajrim darajasining dinamikasi; ijtimoiy-iqtisodiy holati: daromad darajasi va tuzilmasi, uy-joy shartsharoitlari; tibbiy xizmatlardan foydalana olish; bandlik darajasi (er-xotin ikkalasining bandligi, ulardan birining ishsizligi, ikkalasi ham ishsiz); yosh oilada tug‘ilish dinamikasi; bolalar soni, bolalar sonini rejalashtirish; farzandni dunyoga keltirishga turtkilar shakllari va usullari; yosh er-xotinning umumiy va kasbiy ta‘limi darajasi; ta‘limning omad keltirish va kasbiy ilgarilash omili sifatidaligi; yosh oilani faol va sust ijtimoiy muhofazalash tizimi; imtiyozlar, sotsial to‗lovlar, yosh oilalarni qo‗llab-quvvatlashda sotsial dasturlar, yosh onalar sog‘lig‘ini muhofazalash chora-tadbirlari; yosh oilaning dam olish imkonining mavjudligi; oilaviy sanatoriylar va dam olish bazalari; oilaviy klublar; yosh oila uchun radio eshittirish va teleko‗rsatuvlarning mavjudligi; farzandli oilaviy juftlik uchun sport musobaqalarini tashkil etilishi, xulosa: oila, uning shakllanishi va tanazzulga yuz tutishi kabi munosabat nafaqat uning sotsial institut sifatida kishilar turmush tarzini belgilab berishi, balki avlodning barkamolligi, millat va davlat sog‘lomligi, shuningdek, doimiy o‗sib boruvchi sotsial buyurtmadan kelib shakllangandir; oila – bu murkkab sosiomadaniy hodisadir. U o‗zida inson hayotiy faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olishi bilan unikal va takrorlanmas hodisaga aylandi, shuningdek, tashkillangan sotsial guruh sifatida uning a‘zolari umumiy ro‗zg‘or, nikoh yoki qarindoshlik munosabatlari, jamiyatning jismoniy va ma‘naviy o‗z-o‗zidan qayta ishlab chiqarilish ehtiyoji bilan shartlangan ahloqiy munosabatlar bilan bog‘langan; oilaning rivojlanishi, yangilanishi istiqbollari nuqtai nazaridan yosh oila alohida sotsial qimmatga ega. Yosh oila sifatida er-xotinning yoshi 30dan oshmagan, 5 yillik birgalikdagi hayot tajribasiga ega, rasmiylashtirilgan nikoh doirasidagi oilani nazarda tutish maqsadga muvofiq; mamlakatimizda yosh oila rasmiy, qayd etilgan nikohdan keyingi birinchi bosqich, birinchi farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq ikkinchi bosqich, oilaviy byudjetni shakllanishi, yangi ehtiyojlari va imkoniyatlari ro‗yobga chiqariladigan uchinchi bosqichni bosib o‗tadi. Oila shakllanishi, uning mustahkamligini ta‘minlanish – zamonaviy jamiyatlarning asosiy muammolaridan biridir. Download 294.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling