Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet37/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70
Axborot manbalari:

    1. http: // gf.nsu. ru/

    2. http: // www.sociol.com/

    3. http: // www.nitehwk.com/alleycat-fag. html

    4. http: // www.sci. econ./

    5. http: // www.sci. anthropology/

    6. http: // www.sci. environment

7-MAVZU. OILA-NIKOH MUNOSABATLARDA ZAMONAVIY
TENDENSIYaLAR

    1. Oila instituti transformasiyasi.

    2. Nikoh munosabatlarining zamonaviy shakllari va turlari.

    3. Oila va nikoh munosabatlarining parchalanishiga ta‘sir ko‗satuvchi global omillar.

    4. Ayollar mustaqilligi va oilaviy munosabatlar kurilishida o‗zgarishlar.

    5. Tashqi texnogen omillarning oila va nikoh munosabatlariga ta‘siri.

Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligining yanada oshib borishi an‘anaviy jamiyatdan zamonaviy (modern)lashgan jamiyatga o‗tish jarayoni davomida yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi. Zero, jamiyatning zamonaviylashuvi jarayoni dastlab rivojlangan g‘arb davlatlari ijtimoiy qiyofasini o‗zgartirgan bo‗lsa, keyinchalik butun dunyoda yangilanishlar zanjirini hosil qildi. Bu jarayon bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikdagi siyosiy, iqtisodiy, intellektual transformasiyalar mahsuli sifatida jamiyat ijtimoiy hayotining barcha jabhalarini qamrab oldi. Individning shaxsiy va kasbiy hayotida kechayotgan gender munosabatlar bundan mustano qolmadi.
Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan jinslararo tafovut doirasidagi stratifikasion tasnif asosida xotin-qizlar sosiomadaniy qiyofasidagi o‗zgarishlar tahlil etilib, quyidagi xulosaga kelindi:

      • jismoniy-irsiy stratifikasiya tizimi ijtimoiy guruhlarning «tabiiy» ijtimoiy-demografik belgilariga tayanadi. Bunda «boshqalarga nisbatan zaif va jismoniy nuqsonlarga ega kishilar past ijtimoiy mavqyeni

57. Tabiiy-biologik asosga ega ushbu tizimda jismonan zaifroq egallaydi»
sanaluvchi xotin-qizlar o‗z-o‗zidan erkaklarga nisbatan quyi pog‘onani egallaydi;

      • ijtimoiy-professional stratifikasiya tizimida esa mehnat mazmuni va shart-sharoitlariga ko‗ra jamiyat turli kasblarning stereotiplashgan

«erkaklarga xos» yoki «xotin-qizlarga xos»ligi taqsimoti bilan

57Радаев В. Шкаратан И. Социальная стратификация. М.: Наука. 1995. С.48.
izohlanadi. Odatda, «xotin-qizlarga xos» kasblarning aksariyati erkaklarning nisbatan bepisandroq munosabatiga sabab bo‗ladi.
Ilmiy tadqiq etilayotgan masala mazmunan bu ikkila turdagi funksiya doirasida bo‗lib, jamiyatdagi jinsli-rolli tafovutlar qoliplariga mutanosib hulq-atvor modellari doirasida aksariyat ayollar kasbiy maqomning nufuzli shakllari uchun kurashdan chetlatilgan va ayol o‗zi mansub sinfiy qatlam erkaklari bilan nufuzli maqom uchun ochiq raqobatda zaif muxolifat sanaladi.
Erkak va ayollarning hulq-atvor me‘yorlari, ularning asl «tabiiy» sifatlari, ayollik nafosati kabi tushunchalar patriarxal jamiyatning ijtimoiy-madaniy voqyeligi, gender stereotiplaridan kelib chiqib asrlar davomida o‗zgarib borgan. Ayniqsa transformasion jarayonlar, burilishlar va ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlarni boshidan kechirayotgan davlatlarda ayollarning mavqyeiga ta‘sir ko‗rsatuvchi salbiy omillari ko‗payadi.
Modernlashgan postindustrial jamiyatlarda jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi murakkab va chigal munosabatlar tizimi ma‘lum transformasiyalarni boshidan kechirar ekan, bunday holat xotin-qizlarga nisbatan diskriminasiyaning har qanday shakllariga barham berilishi g‘oyalariga tayandi. Ayniqsa, mehnat sohasida jinslararo muvozantni o‗rnatish masalasi dolzarblashdi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, XX asrning 80 yillarigacha stratifikasiya nazariyotchilari jinsiy taqsimot muammolarini deyarli o‗rganmadilar. Ushbu davrgacha bo‗lgan tadqiqotlarda ayollar erkaklar bilan yagona ishchi sinfi yoki o‗rta sinf tarkibiga kiritib yuborilgan yoki ayolning mavqyei oila mavqyeiga tenglashtirilgan. Oila mavqyei esa erkakning kasbiy hayotida «o‗z darajasi (mavqyei) ni topish» orqali belgilangan. Oqibatda, jamiyatda erkakning kasbiy maqomi ayolning mavqyeini belgilovchi omil ekanligi borasidagi aqidalar mustahkamlandi.
Tez orada jinslararo munosabatlarni stratifikasiya muammolari bilan uzvilikda o‗rgangan gender tadqiqotlarning butun boshli to‗lqini ko‗tarildi. Ayollarning ijtimoiy mobilligi mustaqil omil sifatida o‗rganib boshlandi. E.Xit o‗z tadqiqotlarida ayollar va erkaklarning kasbiy imkoniyatlarini solishtirganda ayollarning kundalik toliqtiruvchi jismoniy va aqliy mehnat bilan bog‘liq quyi lavozimlarni tark etish ehtimoli erkaklarga nisbatan past ekanligini aniqladi58. Muallif ayollarning vertikal mobilligi nikohga kirishish munosabati bilan muvaffaqiyatli bo‗lib borishini ta‘kidlaydi. Demak, ushbu holatda ham ayolning ijtimoiy faolligining bosh omili sifatida uning oilaviy maqomi ustuvorligi ta‘kidlanadi.
Ayollar masalalari bilan atroflicha shug‘ullangan G. Sillastening fikriga ko‗ra, ijtimoiy mobillik keng ma‘noda – ayollarning jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi mavqyeini o‗zgarishi va o‗zgaruvchan hayotiy faoliyat sharoitlariga moslashuvini anglatadi. Tor ma‘noda – ijtimoiy mobillik ayolning o‗z lavozimiy va kasbiy maqomini o‗zgaritirish va nihoyat yangi ijtimoiy va iqtisodiy muhitga moslashishdagi individual imkoniyatlarini angladi59. G.Sillaste ayrim g‘arb mualliflarining jamiyatdagi transformasion jarayonlarda jinsning psixobiologik va fiziologik xususiyatlari erkak va ayol xulq-atvori modellarini shakllantiruvchi bosh omil ekanligi haqidagi fikrlariga zid ravishda ijtimoiy omillarni ko‗rsatadi.
Albatta jinsiy taqsimotni sinfiy differensiasiyaning davomi sifatida qabul qilish o‗ta qo‗pol soddalik, ushbu yirik tushunchaning turli bo‗laklarini «yutib» yuborish bo‗lar edi. Ayollar gorizontal va vertikal segregasiya obyekti sifatida umumiy sinfiy taqsimotga singib ketmaydigan alohida kategoriyani hosil qiladi.
Gorizontal segregasiya kasblarning «erkaklarga xos» yoki «ayollarga xos»ligi aqidasidan kelib chiqib ayollar ijtimoiy-siyosiy faolligini ma‘lum sohalarda jamlashini anglatadi. Aksariyat hollarda bandlikning ta‘lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot, oziq-ovqat ta‘minoti, maishiy xizmat kabi sohalarida ayollar ulushi baland. Ko‗pchiligi monoton konveyrli liniyalarda mehnat qiladi.
Ayollar mashg‘ulotlari borasida konservativ fikrlarni shaklantirgan ijtimoiy stereotiplar alohida individ xususiyatlarini chetlab o‗tadi va


  1. 9 Heath A. Social Mobility. Glasgow. 1981. P. 107-136.


  2. Download 294.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling