Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet38/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Г.Г.Силласте. Изменения социальной мобильности и экономического поведения женщин библиотека учебной и научной литературы. www.i-u.ru

E.Aronsonning fikricha «guruh a‘zolarining shaxsiy sifatlari

    1. Stereotipli farqlanmaydi va barcha yaxlit qolip doirasida tasniflanadi»

fikrlash jinsi-rolli tafovutlarda aksariyat hollarda odat tusiga kirib ulgurgan. Bunda maskulinlik va feminlik tushunchalari erkaklar va ayollarga xos bo‗lgan somatik, ruhiy va hulq-atvor xususiyatlari borasidagi qolipli fikrlarni yig‘indisidan hosil bo‗ladi. I.S.Kon tomonidan taklif etilgan maskulinlik va feminlik atamalari nafaqat ruhiy va hulq-atvorli balki bu ikki tushuncha atrofidagi ijtimoiy tasavvur va fikrlarni oydinlashtiradi. Ushbu ikki kategoriyaga ko‗ra erkak va ayol ideal ta‘riflanadi. Ammo, ayollar vertikal mobillik bo‗yicha o‗z maqomini oshirishida mavjud «ijtimoiy masofa»ni yengib o‗tishlariga to‗g‘ri keladi.
Mehnatning ayrim sohalari «ayollarga xos»ligi aqidasi ayollarni tahqirlovchi mazmundan holi emas. Bu borada I. Gofmanning stigmatizasiya (ijtimoiy tamg‘a) nazariyasi muhim bo‗lib, olim insonning jamiyatdagi ideal va real ijtimoiy mansubligi o‗rtasidagi uzilishni o‗rganib chiqqan. Bu mansublikning bu ikki turi o‗rtasida uzilishi bo‗lgan har qanday inson uningcha «tamg‘alangan»

    1. I.Gofman fikricha, inson qaysidir jihati bilan «stigmalangan»dir

jamiyatda turg‘un o‗rnashgan ijtimoiy me‘yorlarga mos kelmasa u
«tamg‘a»lanadi. Gofmanning mazkur nazariyasini o‗rgangan Dj.Ritser
«Gofman u yoki bu vaziyat, makon va zamonda barchamiz tamg‘alanib qolishimiz mumkinligi haqida gapiradi» - deydi62.
Ayollar erkaklarga o‗rtacha oylik maoshi pastligi va band bo‗lganlarning muqobil kategoriyalari bo‗yicha ham boy beradilar. Ayollar aksriyat hollarda ikkilamchi mehnat bozorida vaqtincha yoki to‗liqsiz ish kuni (qisman bu tanlov oila va bolalarning asosiy tashvishini zimmasida bo‗lgan ayollarning ixtiyoriy tanlovi bo‗lsa qisman ilojsizlikdan kelib chiqib sodir bo‗ladi) doirasida banddirlar.


  1. Аронсон Э. Общественное животное. Введение в социальную психологию. /пер. с.англ. – М.: аспектПресс, 1999. – С. 307.

  2. Қаранг Goffman E. Stigma. Englewood Cliffs. New York: Prentice Hall, 1963.

  3. Ритцер Дж. Современная социологическая теория. 5-еизд. СПб.: Питер, 2002. С. 271.

Bizga ma‘lumki, mehnatga layoqatlilik va reproduktiv yoshi xotinqizlarda aynan bir paytda kechishi bois, ularda ma‘lum mutaxassislikni egallab kasbiy mahoratga erishish hamda oila qurib farzandlarni dunyoga keltirib ular tarbiyasi bilan shug‘ullanish o‗rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarni shakllantiradi. Sotsiologik nuqtai nazardan bu davr asosan individ yoshining ijtimoiy konstruksiyasidan kelib chiqib «yoshlik» va «o‗rta yoshlilar» bosqichiga to‗g‘ri keladi. Bu borada o‗z tadqiqotlarini olib borgan E.Erikson insonning sakkiz bosqichli hayotiy siklni ishlab chiqar ekan, uningcha, beshinchi (yoshlik) va oltinchi (yetuklik) bosqichida inson kasb tanlash, mos ish qidirish, hayotdagi yo‗ldoshni tanlash, oila qurish, farzandlarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazish bilan shug‘ullanadi. Bu davrda erkaklar oilaviy hayoti kasbiy faoliyatiga to‗siq bo‗lmasdan davom etsa, ayollarda aksincha, ―oila yoki ish‖ tanlovi, yoki ―qo‗sh mas‘uliyat‖ muammolari ko‗ndalang turib qoladi.
Natijada zamonaviy jamiyatlarda ayollar emansipasiyasi barcha ijtimoiy hodisalar qatori o‗zining ijobiy va salbiy xususiyatlari ega. Ayollarning erkaklar bilan teng huquqlarni o‗rnatilishiga erishishi bu albatta ushbu jarayonning eng katta yutug‘i bo‗ldi. Huquqlar tengligi o‗rnatilishi bilan aksariyat g‘arb davlatlarida xotin-qizlar o‗z mustaqilligi, erkini qo‗lga kiritdilar. Demak, emansipasiyalashgan ayollar oilaviy-nikoh munosabatlarida avvalo shaxsiy erki, ixtiyoridan kelib chiqib tanlovni amalga oshirsalar, mehnat qilish va daromad topish sohalarida erkaklar bilan yonma-yon turib muvaffaqiyatlarni qo‗lga kiritib boshladilar.
Emansipasiyalashgan ayol aksariyat vaziyatlarda erkaklarga qaramlikning asosiy omili sanalgan moddiy-moliyaviy mustaqillikni qo‗lga kiritishga harakat qiladi. Demak, moddiy mustaqillik erishgan xotin-qizlarda o‗zgalar fikriga qaramlik, ta‘sirga berilish ehtimoli kamayadi. Ayollar emansipasiyasining salbiy jihatlari uning ijobiy jihatlari bilan parallel holda kechadi. Emansipasiya oilaviy-nikoh munosabatlari zalvorini kamaytirishi, tanlov erkinligini ta‘minlashi natijasida xotin-qizlarning rasmiy nikoh tuzish ishtiyoqi tushib ketdi. Natijada, oila institutining ijtimoiy qadriyati yo‗qotildi. Norasmiy munosabatlarni afzal bilgan g‘arb ayollari oldida farzand dunyoga kelgach uni yolg‘iz tarbiyalab voyaga yetkazish masalasi ko‗dalang turib qoldi. Emansipasiyalashgan ayol erkak kishining ko‗magidan bebaxra qolib boshladi. Zero, mustaqil, uddaburon, aqlli, erkin ayol an‘anaviy munosabatlardan kochib, yolg‘iz yashashni afzal biladi. Ammo, farzandlar tarbiyasi, maishiy muammolar, turli hayotiy vaziyatlarda erkak kishining ko‗magiga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, ayrim vaziyatlarda keragidan ortiq erkin bo‗lgan xotin-qizlar bilan munosabatdan ongli tarzda qochish kuzatiladi.
Ushbu muammo doirasida ilmiy tadqiqot olib borgan T.V. Svadbinaning xulosalariga ko‗ra «Xotin-qizlar zimmasidagi «ikki karra yuklama» zalvori, ya‘ni, oila va farzandlar tashvishi hamda kasbiy hayot teng yuritish istagi ular sog‘lig‘ga jiddiy putur yetkazishi, sotsial xulqatvorli ayollar sonini oshishi, ma‘naviy-ahloqiy qadriyatlar tizimini
63. Shu tariqa birgina ijtimoiy izdan chiqishiga olib keladi»
64 ya‘ni, inson maqomlardagi tafovut «ijtimoiy dekompozisiya»
hulqidagi ijtimoiy-siyosiy tanglikni chaqirishi mumkin. S. Lipset ta‘kidlashicha, «bir vaqtda kishining o‗zaro nomutanosib ikki ijtimoiy mavqyeni egallab turishi ziddiyatli trmush tarzini shakllantirishi va hayot qadriyatlar mazmuniga nisbatan ziddiyatli keskin munosabatni shakllantirishi mumkin»65. ―Uy bekaligi‖ ayollar orasida ko‗proq sanoatlashish boshlanganidan keyin paydo bo‗ldi. Ish joylari va yashash manzillari turli masofalarda joylashganligi buning asosiy omilidir. Shu tariqa erkaklar haq to‗lanadigan joylarda ishlab, ayollar esa uy-ro‗zg‘or ishlari bilan band bo‗lib qoldilar. Uy-ro‗zg‘or ishlari to‗laligicha ishlamaydigan ayollar zimmasida qoldi. Ayol kishi uyda qanchalik ko‗p ish qilmasin, baribir ―ko‗rinmas‖ bo‗lib qolaveradi, ko‗p hollarda tan ham olinmaydi66.
Shu asnoda asrlar davomida tenglik, erkinlik, mustaqillik uchun olib borilgan ayollar harakati samarasi bir tomondan XXI asrdagi ilg‘or ayollarning o‗ziga xos sotsial qiyofasini shakllantirgan bo‗lsa, ikkinchi


  1. Свадбина Т.В.

  2. Ижтимоий декомпозиция – ижтимоий яхлитликни бузилиши (М.Ғ).

  3. Липсет С. Политическая социология//Американская социология. М., 1972. С. 217.

66Қаранг: Дворкин.А.Геноцид, или Китайское бинтование ног //Антология гендерной теории/ Минск:Пропилеи, 2000.
tomondan modernizasiyalashuv jarayoni aksariyat davlatlarda oilaviy turmush tarzi ijtimoiy-psixologik asoslarini qayta qurilishiga olib keldi. An‘anaviy oilaviy qadriyatlar tizimi transformasiyasi oqibatida ayollarning hayotiy qadriyatlari ham o‗zgardi.
A. Gennepning zamonaviy jamiyatlarda inson hayoti siklik rivojlanishi modeliga ko‗ra ijtimoiy yetuklik, er-xotinlik va ota-onalik, ijtimoiy maqomning oshishi, kasbiy ixtisoslashish kabi iyerarxik bosqichlarni qamrab oluvchi pillapoyalardan ko‗tirilib borishda ayollar erkaklar qatorida ijtimoiy-siyosiy faolligini namoyon etmoqdalar.
Shu bois, modernizasiyalash sharoitida inson uchun yaratilgan moddiy-ma‘naviy ne‘matlar taqsimotida o‗zning munosib ulushiga ega bo‗lib istagi gender nomutanosiblik g‘oyalarini chetlab o‗tib iqtisodiymoliyaviy mezonlar asosida ayol va erkak zimmasidagi mas‘uliyatni teng taqsimlaydi. Shu asnoda oilaviy hayot siklining to‗rt asosiy bosqichi davomida ayolning erkak bilan teng shartlar va imkoniyatlar asosida zaruriy daromadni birgalikda ishlab topish dolzarblashtiradi. Ushbu zaruriyat esa o‗z o‗rnida zamonaviy ijtimoiy-siyosiy faol ayollar ijtimoiy mobilligini o‗sishiga turtki beradi. Agarda oila avvallari erning maoshi hisobiga kun kechirgan va aynan erkak uchun hordiq imkoniyatlari yaratilgan bo‗lsa endilikda, er va xotin ikkisi ham karera qiladilar va kun kechirish uchun zaruriy mablag‘ni ishlab topadilar.
Zamonaviy jamiyatlarda xotin-qizlar erkaklar bilan hech bir to‗siqsiz teng shartlar asosida ta‘lim olish, o‗z shaxsiy va kasbiy imkoniyatlari, iqtidorni ro‗yobga chiqarish imkonini qo‗lga kiritdi.
Xotin-qizlar o‗z ustida ishlashi ularni ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlarida yuqori intellekt sohibiga aylanishi, nufuzli dunyoviy bilim va malakaga ega bo‗lish asosida mukammal professionallikka erishdilar.
Ular ayollarning ―tabiiy‖ funksiyalari sanalgan uy xo‗jaligini yuritish va farzand dunyoga keltirish professional hayotiga putur yetkazishi mumkinligidan hadiksirab butun umr yolg‘iz yashashi mumkin. Yoki odatda bitta yoki ikkita farzandi tarbiyasini ko‗p sonli enagalar va uy xodimlariga yuklanishi natijasida bolalari bilan uzviy muloqotda bo‗lmasligi va bolalari bilan ishonchli munosabatlar o‗rnatilmasligi mumkin. Bunday ayollarga nisbatan Buyuk Britaniyada ―alfaayol‖atamasi qo‗llanilmoqda. Ushbu davlatda yiliga 100 ming funt sterlingdan ko‗proq mablag‘ topayotgan ildam ayollar ―alfa-ayollar‖ safiga kiritilib, mamlakatdagi badavlat kishilarning 11,4 foizini xuddi shunday ayollar tashkil qilmoqda46.
Ayollar borgan sari yetuk yoshda nikohga kirib birinchi farzandini dunyoga keltirmoqda. Ularda avvalo ma‘lum mutaxassislikni mukammal egallab, kasbiy professionallikka erishgach turmush qurish istagi ayollar orasida nikohning o‗rtacha yoshini surilib ketishiga olib keldi. Birgina Yaponiyada bu ko‗rsatkich 28 yoshni tashkil etib, birinchi farzand o‗rtacha 30 yoshda dunyoga kelmoqda47.
Shunday qilib, zamonaviy jamiyatda ham ayol kishi oldida oila yoki ishni tanlash muammosi turar ekan ijtimoiy faol xotin-qizlarni asosan uch turi shakllanib ulgurdi, bular; 1) kasbiy faoliyatga
e‘tibor berib, oiladan voz kechgan va farzandlarsiz yashovchi ayollar; 2) oilaviy qadriyatlarga e‘tibor berib, ishdan voz kechgan xotin-qizlar; 3) kasbiy va oilaviy rollarni birgalikda mohirona olib boruvchi ayollar.
Birinchi xildagi sosial vaziyatda ayol kishining turli faoliyatlarga e‘tibori zarurligi ta‘kidlanadi, shu bilan birga, an‘anaviy ayollik faoliyati rad etiladi, hatto befarzandlikka ham ijobiy qaraladi. Bu guruhga mansub ayollar o‗z shaxsiy erkinligi yo‗lida bolali bo‗lishni istamaydilar (AQShda bu chayldfri (childfree) submadaniyati nomi bilan atalib hozirda ularning 40 dan ortiq tashkilotlari faoliyat yuritmoqda) va
ixtiyoriy sterilizasiya qildiradilar. Amerika sog‘liqni saqlash statistikasi Milliy markazi tadqiqotlariga ko‗ra, AQShda 1982 yilda 2,4%, 1995 yilda 6,6%, 2015 yilda esa 25% ayollar farzand ko‗rishni istamay ixtiyoriy sterilizasiya amaliyotini amalga oshirmoqdalar484950. So‗nggi paytlarda ushbu harakat oliy ma‘lumotli ayollar orasida yanada ommalashmoqda. Xususan, Germaniyada xotin-qizlarning 53% oila qurmagan bo‗lsalar, 30% ayollar farzandsiz yashamoqda. Oliy
70. ma‘lumotli ayollarning 49% i farzandsizlikni afzal bilmoqdalar Natijada F.Aryes ta‘biri bilan aytganda g‘arb davlatlarida ―Oila mutlaq emas nisbiy ahamiyatga ega bo‗lib qoldi‖51.
Bir vaqtning o‗zida oila va nikoh munosabatlar shakllarining diversifikiyasi kuzatilmoqda. Bunda dunyoning ayrim rivojlangan davlatlarida bir jinsli nikohlar legallashib an‘anaviy oilalar kabi teng yuridik huquqlarga ega bo‗lmoqda. Jahon miqyosida 100 ayolga 101,8 ta erkak to‗g‘ri kelayotgan52 zamonaviy davlatlarda bir qarashdan miqdoriy jinsiy nomutanosiblik yo‗qdek. Ammo, bir jinslilar orasida ilk nikoh 2011 yida birgina Niderlandiyada qayd etilgan bo‗lsa, sharq mamlakatlarining aksariyatida ma‘naviy tubanlik sanaluvchi ushbu nikoh turi 2015 yildan yigirma mamlakatda legallashtirildi53. Natijada, birgina Germaniyada ayollar orasida oila (leysbiylik) tuzish 43%ni tashkil etmoqda54. Bu albatta g‘arb sivilizasiyasida asrlar davomida shakllanib kelgan oilaviy qadriyatlar parchalanganligi va avvalo individ manfaatlari birlamchi, daxlsizligini g‘oyasining o‗ta ommalashganligi, shaxsiy ravnaq ustuvorligi g‘oyalarning mutlaqlashganligining asoratidir.
Shuningdek, er-xotin ikkisi ham ishladigan oilalar soni oshib bormoqda. AQShda 18 yoshgacha farzandi bo‗lgan 65% ayollar ish bilan band. Bu ko‗rsatkich Daniyada 86%, Shvesiyada – 89%ni tashkil etsa, 3 yoshgacha bolasi ishovchi ayollar AQShda 53%, Daniyada – 84%, Shvesiyada -86%ni tashkil etmoqda. Er va xotin ikkilasi ham ishlaydigan oilalar sonini oshib borishi oilaning o‗rtacha daromadini oshishiga olib keladi. Bu kabi oilalarda er va xotin biznes tashabbus yoki karyera qilish uchun yanada keng imkoniyatga egadilar. ―Zamonaviy jamiyatda oila mobilligi murakkab texnika bilan jihozlanganligi yanada oshib bormoqda. Xizmat ko‗rsatish sohasining kengayishi ayollarning iqtisodiy mustaqilligi uchun asos yaratdi‖ - deydi P.Shtompka o‗zining ―Ijtimoiy o‗zgarishlar sosiologiyasi‖ asarida55. Shu bois, Buyuk Britaniyada 600 ming nafar ayol agar bolalariga kundalik enaga topilsa uy bekaligidan ko‗ra ishga chiqishni afzal bilmoqda56.
Ish bilan band ayollar uyiga kech kirib keladi, ularni magazinda, qo‗ni-qo‗shnilar bilan birga yurganini deyarli uchratish mushkul. Istiqbolda kunduz kuni do‗konda keksalar yoki go‗dak bolalari bilan yurgan ayollarnigina uchratish ehtimoli baland. Natijada yoshlar, xususan, xotin-qizlar orasida nikohning legallashmagan ayrim turlari ommalashib, ular rasmiy nikohga nisbatan tomonlar zimmasida mas‘uliyat bo‗lmasligi bilan ma‘qul kelmoqda. Nikohning bu kabi shakllaridan so‗nggi paytlarda virtual nikoh ommalashmoqda. Bunday er-xotin butun umr bir birini ko‗rmasligi va faqat internet orqali muloqot qilishi mumkin. Shuni ta‘kidlash lozimki, virtul nikoh yuridik kuchga ega emas. Xitoyda virtul er-xotinlar 50 mingga yetgani aniqlangan. AQShda 2012 yilgacha 19 ming shu kabi nikoh tadqiqot obyekti sifatida o‗rganilgan57. Rivojlangan g‘arb davlatlarida ayollar o‗z shaxsiy ehtiyojlari va manfaatlari, kasbiy yutuqqa erishish, o‗z imkoniyati va iqtidorini ro‗yobga chiqarish istagida rasmiy nikohdan voz kechib virtual nikoh kabi munosabat turini afzal bilmoqdalar. Bunday holat tabiiyki avlodlar davomiyligini ta‘minlashga salbiy ta‘sir ko‗rsatib, aksariyat holatlarda ayolning farzandlari bilan yolg‘iz qolishi va to‗liqsiz oilada ularni tarbiyalab voyaga yetkazish mas‘uliyatini o‗z zimmasiga olishiga to‗g‘ri keladi. Bunday holat avvalo o‗sib kelayotgan yosh avlod dunyoqarashi va qadriyatli mo‗ljallari, ma‘naviy-ahloqiy me‘yorlarini izdan chiqishiga olib kelmoqda. Zero, O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov bejiz ―insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, birinchi galda, oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma‘naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir58‖-deya ta‘kidlagan edi.
Oqibatda aksariyat rivojlangan davlatlarda nikohdan tashqari tug‘ishlar soni nihoyatda ko‗paymoqda. Misol uchun, AQSh da 1960 yilda turmush qurmagan ayollar taxminan 5 foiz bolalarni dunyoga keltirgan bo‗lsa, 1980 yilda bu ko‗rsatkich 18 foizga, 2009 yilda 41 foizga o‗sdi. 2011 yilda Yevropa Ittifoqining 27 davlati o‗rtasida bu ko‗rsatkich 37,3 foizga teng bo‗ldi 59.
Oila va oilaviy munosabatlar parchalanishi fonida shakllangan ijtimoiy muammolar keskinlashib borarkan rivojlangan davlatlar hukumatlari ushbu muammolar yechimini an‘anaviy oilaviy qadriyatlarni tiklanishiga ko‗rmoqdalar. Xususan, qator tadqiqotchilar tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi o‗rni, oilaviy munosabatlardagi noqulayliklarni bartaraf etishning quyidagi yo‗nalishlarini taklif etilmoqda:


  1. Download 294.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling