Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti huzuridаgi pedаgog kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish mintаqаviy mаrkаzi «Himoyaga tavsiya etaman»


Download 0.56 Mb.
bet5/27
Sana08.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1445349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Yosh futbolchilarni musobaqaga tayyorlash, ularni jismoniy sifatini tarbiyalash usullari

Bitiruv ishning maqsadi – Yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini va musobaqa faoliyatini nazorat qilishni o’rganish, takomillashtirishda uslubiy ko’rsatmalarni berish.
Musobaqa jarayonida turli malakaga ega bo’lgan futbolchilarning harakat faoliyatlarini aniqlash va tahlil qilish.
Bitiruv loyha ishning vazifalari --Shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
1. Futbolchilarning mashg’ulotlarda jismoniy sifatlarni tekshirish.
2. Musobaqalarga tayyorlov davrlarida futbolchilarni jismoniy, texnik tayyorgarlik darajalarini aniqlashtirish.
3. Futbolchilarning musobaqa faoliyatlarida umumiy harakatlarni tahlil qilish.
Bitiruv ishning amaliy ahamiyati. Jismoniy harakatlarga doir mashqlarni ko’rsatilishi tavsiya etilishi murabbiylarning mashg’ulotlarini samarali o’tishini ta’minlaydi. Yosh futbolchilarni musobaqa faoliyatida bajargan jismoniy harakatlarini pedagogik kuzatish orqali tekshirish tahlil qilish mumkin.


Tadqiqot kompazitsion jihatdan quyidagi qismlardan iborat: Ushbu bitiruv malakaviy ishning mazmuni kirish, 2 bob, 5 bo'lim, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib 63 bet, kompyuter matnidan iborat..


I-BOB. O’QUVCHILARNI HARAKAT KO’NIKMA VA MALAKALARIGA O’RGATISH, JISMONIY SIFATLARINI TARBIYALASHNING UMUMIY ASOSLARI.
1.1.O’rgatishda qo’llaniladigan usullar va tamoyillar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17-yanvardagi 27- sonli «O’zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish Chora-tadbirlari to’g’risida» gi, Shuningdek 1998 yil 27 maydagi 271-sonli «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish Chora-tadbirlari to’g’risida» gi qarorlari, 1996-yil 26-yanvardagi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xay’atining «O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimidagi o’quvchilar va bolalar o’rtasida bundan buyon futbolni rivojlantirish to’g’risida»gi qarori asosida birinchi marotaba maktab jismoniy tarbiya Dasturiga futbol bo’limi kiritildi4. Futbol mashg’ulotlariga 5-7 sinfgacha har o’quv yilida 10-12 soatdan ajratildi. “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga muvofiq Respublikaning barcha xududida aqlan yetuk, ruhan sog’lom avlodni yetkazishga qaratilgan.
Harakatlarga o’rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayonining ikki o’ziga xos tomonidir. Ular umumiy va shu bilan birga, jiddiy farklarga egadir. Harakatlarni o’rganish, o’zlashtirish maqsadida bajarib xar doim muayyan sifatlar – kuch, tezlik, chidamlik, chaqqonlik ko’rsatiladi va bu bilan ana shu sifatlarni rivojlantirishga yordam qilinadi. Shu bilan bir vaqtda, jismoniy sifatlarni tarbiyalab borib, harakat ko’nikmalari va malakalarini o’stirishga biror bir yo’sinda ta’sir ko’rsatadi.
Ta’lim va tarbiyaning qonuniyatlarini ifodalovchi muhim boshlang’ich qoidalar tarbiya haqidagi fanning tamoyillari deb ataladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida asosan ta’lim va tarbiyaning uslubiy qonuniyatlarini ifoda etuvchi tamoyillar ham mavjuddir.
Bajara bilish va individuallashtirish tamoyili.

Bajara bilish va individullashtirish tamoyili tarbiyalanuvchilarning hususiyatlarini hamda ularga berilayotgan topshiriqning qanchalik qiyin yoki engilligi tamoyilini ham hisobga olishni ifoda etadi. Aslini olganda bu ikkala ta’rif ham bir xil ma’noni-ta’lim va tarbiya jarayonini tarbiyalanuvchilarning imkoniyatlarini, yosh, jins, hususiyatlarini, oldindan tayyorgarlik ko’rganligini, shuningdek, jismoniy va ma’naviy qobiliyatlaridagi individual farqlarini ham hisobga olgan holda tashkil qilish lozimligini bildiradi.
Bajara olish me’yorlarini belgilash. Jismoniy mashqlarni bajara olish, bir tomondan, shug’ullanuvchilarning imkoniyatlariga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularning o’zlari uchun xos bo’lgan (muvofiqlashtirishdagi murakkablik, intilishning shiddati, qancha davom etishi va xokazo) hususiyatlarga biror mashqni bajarish paytida sodir bo’ladigan ob’ektiv qiyinchiliklarga bog’liq bo’ladi. Birinchi bilan ikkinchining (imkoniyat bilan qiyinchilikning) bir-biriga tula muvofiq kelishi bajara olishning optimal me’yorini ifoda etadi.
Bajara olishning uslubiy shartlari. Ma’lumki, yangi malaka va ko’nikmalar ilgari hosil qilingan malakalar bazasidir. Ularning biror elementini o’z ichiga olgan holda o’rganiladi. Shuning uchun xam jismoniy tarbiya jarayonida bajara olishning hal qiluvchi shartlaridan biri jismoniy mashqlarning davomiyligidir Turli harakat shakllari o’rtasidagi o’zaro tabiiy aloqalardan xamda tuzilish jihatdan ularning umumiyligidan foydalanish orqali bunday davomiylikka erishiladi. Bu fikrni kupincha ma’lumdan noma’lumga yoki o’zlashtirilganidan o’zlashtirilmagan materialga o’tish degan qoida bilan ifoda etadilar.5
Bir topshiriqdan ikkinchisiga, osondan qiyinrog’iga o’tishda xuddi Shunday muhim axamiyatga ega bo’lgan shartlardan biri izchilikdir. Izchilikka o’rganilayotgan harakat shakllarini birdan murakkablashtirib yuborish orqali emas, balki nagruzka bilan dam olishni asta – sekin ratsional tarzda almashtirib borish, haftalik, oylik, yillik muddat davomida nagruzkalarni bosqichli, to’lqinsimon o’zgartirish yo’li bilan erishiladi.
Bajara bilish tamoyilini kupincha oddiydan murakkabga, osondan qiyinga degan qoidalar bilan ifoda etadilar. Harakatli mashqlarning chog’ishtirma ta’rifiga oddiy va murakkab degan tushunchalar uning tuzilishiga aloqadordir. Jismoniy mashqlarning qiyinligiga baho berganda, ularning koordinotsion jihatdan murakkabligi va unga sarf etiladigan jismoniy kuchni farq qilish kerak.
Bajara olish me’yorini ta’min etishda topshiriqni bajarishga bevosita ta’minlashga qaratilgan maxsus vosita va metodlardan foydalanish juda muxim rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda kupgina asosiy harakat malakalarini egallash uchun yunaltiruvchi mashqlar tizimi («uslubiy narvonchalar») ishlab chiqilgan. Tayyorgarlik mashqlari zaxirasini yaratish va tartibga solish yuzasidan katta ishlar qilish lozim bo’ladi.
O’rgatishning umumiy yunalishi va xususiy yo’llarini individuallashtirish. Mazkur holda individuallashtirish deganda, butun o’rgatish jarayonini shunday tashkil etishga va uning xususiy vositalaridan, usullari va mashg’ulot shakllaridan shunday foydalanishga aytiladiki, ularda tarbiyalanuvchilarning har biriga alohida-alohida individual tarzda yondoshiladi va ularning qobiliyatlarini kuproq rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratilgan bo’ladi. Ma’lumki organizmning funksional imkoniyatlari hamisha biror individual tomoni bilan ajralib turadi. Harakatlarni o’zlashtirishning borishida xam, jismoniy nagruzkaga nisbatan organizm reaksiyasining xarakterida xam, organizmning moslaShuv o’zgarishlari dinamikasida xam individual farqlar buladi. Bularning xammasi o’rgatish jarayonini kat’iy ravishda individuallashtirishni taqozo etadi.

Harakatlarga o’rgatish.


Jismoniy tarbiya jarayonida o’rgatishning asosiy xususiyati bu- o’rgatishning harakat malakalari va maxsus bilimlarni egallashga qaratilgandir.
Harakat kunikmalari tarkib topish va qo’llanilish jarayonida kup vaqt bir-biriga ta’sir ko’rsatadi. Ilgari hosil qilingan ko’nikmalar kuchish deb ataluvchi mexanizm buyicha yangi kunikmani tarkib topishini eki namoyon bulishini osonlashtiradi. Ko’chish ko`p hollarda yangi ko’nikma va malakalarni hosil bulishiga yordam beradi.
Haraktlarga o’rgatish jarayonida «ijobiy kuchirish» dan keng foydalaniladi. Shu «ijobiy kuchirish» asosida o’qitish-o’rgatishning qanday izchillikda bo’lishi belgilanadi va tayyorlanish mashqlari tanlanadi. Ko’nikmaning kuchishi harakat aktlari tuzilishida o’xshashlik bulganda sodir buladi. Yangi harakat ko’nikma va malakalarini hosil qilishda, majud tayyor koordinatsiyadan foydalanish, barcha tizimni qaytadan tuzishga qaraganda, asab tizimiga engil va oson bo’ladi. 6O’rganilayotgan harakat akti bilan ilgari o’zlashtirilgan biror harakat akti tuzilishlari o’rtasida o’xshashlik qancha ko’p, bo’lsa yangi harakat aktini o’rganish shuncha engil va tez bo’ladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling