Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti huzuridаgi pedаgog kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish mintаqаviy mаrkаzi «Himoyaga tavsiya etaman»
Download 0.56 Mb.
|
Yosh futbolchilarni musobaqaga tayyorlash, ularni jismoniy sifatini tarbiyalash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tayyorgarlik vositalari
- Jismoniy tayyorgarlikda qo’llaniladigan uslublar.
Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik deganda shug’ullanuvchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash, zarur harakat ko’nikmalari va malakalarini egallash. Funksional imkoniyatlarini oshirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon tushuniladi. Shug’ullanuvchilarning funksional imkoniyatlari va jismoniy sifatlari bo’lmish kuch, chaqqonlik, tezkorlik, chidamliylik, egiluvchanlikni yuqori darajada rivojlanganligi futboldagi harakat malakalarini egallashda asosiy o’rin tutadi. Bir vaqtning o’zida jismoniy tayyorgarlik vazifalarini amalga oshirilishi ruhiy va irodaviy sifatlarni shakllanishiga xam yordam beradi.
Futbolchi uchun zaruriy jismoniy sifatlarni rivojlantirish uzoq muddatli va murakkab jarayon xisoblanadi. Chunki futbol o’yining yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun jismoniy sifatlarni proporsional rivojlantirish juda axamiyatlidir7. Jismoniy tayyorgarlik vositalari. Jismoniy tayyorgarlik bo’yicha quyilgan vazifalarni echishda turli vositalar: tayyorgarlik mashqlari, harakatli va sport o’yinlari, o’quv o’yinlari va musobaqalardan foydalanish mumkin. Mashqlarni shug’ullanuvchilarning individual xususiyatlariga moslab qo’llanilishi asosiy shartlardan biri bo’lib bo’lib hisoblanadi. Futbolchilar uchun beriladigan jismoniy mashqlarga quyidagilarni kiritish mumkin: a) tana, qo’l, oyoq muskullarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi kuch va tezkor-kuch mashqlari b) chidamliylik sifatini rivojlantirishga ta’sir etuvchi (tezkor chidamliylik, tezkor-kuch chidamliyligi) mashqlari v) harakatlanish tezkorligiga ta’sir etuvchi mashqlar g) chaqqonlik sifatiga ta’sir etuvchi mashqlar d) egiluvchanlik sifatiga ta’sir etuvchi mashqlar Bu mashqlardan foydalanish texnik va taktik usullarni bajarish sifatiga to’g’ridan- to’g’ri ta’sir etadi.8 Jismoniy tayyorgarlikda qo’llaniladigan uslublar. Futbolchi uchun zarur bo’lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashda quyidagi uslublardan foydalaniladi. Bazoviy chidamliylikni tarbiyalashda bir tekis uzoq muddatli yugurish Maxsus chidamliylikni tarbiyalashda o’zgaruvchan xarakterdagi ishlarni bajarish Takroriy mashq usuli. Bu usul tezkorlik, kuch va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishda qo’llanilib, bunda dam olish oraliqlari organizmni to’liq tiklanishiga imkoniyat yaratishi zarur Oraliq uslub. Bu uslub asosan tezkorlik va kuch chidamkorligini tarbiyalashda qo’llaniladi. Bunda ish va dam olish qat’iy ravishda tartiblashtiriladi. Dam olish oralig’i odatda katta bo’lmaydi. Almashinuvchi mashq usullari. Bu usulning muxim tomoni mashqning borishiga qarab ta’siri bir maqsadga qarilgan xolda o’zgarishidir. Bunga turli xollarda turlicha yo’l bilan nagruzka (xarakt tezligi, ish xajmi, muddati va xokazo)ning ayrim parametrlarini to’g’ri o’zlashtirish (harakat usulini almashlash, shuningdek dam olish oraliqlarini va faoliyatini tashqi sharoitini o’zgartirish) yo’li bilan erishiladi. Bunda organizmning funksional imkoniyatlariga odatdagidek bo’lmagan, ya’ni taboro kattaroq talablar qo’yiladi va bu bilan ularning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Shu bilan birga harakat shakli va sharoitini yangilab turish tufayli o’zlashtirilgan malakalarning dinamik stereotipiga o’zgartirishlar kiritiladi, shartli reflektorli bog’lanishlarni yanada nozikroq difeerensiyalash yuz beradi, natijada harakat malakalari yanada takomillashgan, o’zgaruvchan, tashqi qo’shimcha omillarga nisbatan mustahkam va moslashuvchan bo’lib boradi. Zamonaviy futbolni rivojlanishi uchun futbolchilarning jismoniy tayyorgarliklari a’lo darajada bo’lishi kerak deb ta’kidlaydi Antonio Kordoso. Bu tayyorgarlikning zarur tomonlaridan biri tezkorlik va tezkorlik sifatidir. Yosh futbolchilarda bu sifatlarni tarbiyalash juda ham kerakli jarayondir. Olim shuni ta’kidlaydiki, yosh futbolchilar ma’lum bir miqdorda tezlilik va kuchlilik va tezkorlik sifati bilan boshqa sport turi bilan shug’ullanayotgan sportchilardan orqada. Bu sifatlarni tarbiyalash esa 11-12 yoshdan boshlab o’rinlidir. G.L.Drandrovning ta’kidlashicha, 11-12 yoshli futbolchilarda tezkorlik sifatini oshirish ularning nerv sistemalariga uzviy bog’liqdir. B.A.Vyatkin va V.A.Salnikovlarning ta’kidlashicha, kuchli nerv sistemasiga ega bo’lgan sportchilarni tarbiyalash jarayonida sportchining organizmiga psixologik ta’sirlar, diqqatni oshirish va optimal usullardan foydalanish kiradi. Yillik mashg’ulotlar rejasini tuzish va mashg’ulotlar davomida sport mahoratini rivojlantirish. Adabiyotlar tahliliga qarab ko’rganimizda yillik mashg’ulotlarni yosh futbolchilar uchun ishlab chiqilgan dasturlarining ahamiyati juda katta. Yillik mashg’ulotlar o’quv dasturlaridan kelib chiqqan holda maxsus mashg’ulotlar B.O’.S.M lari uchun ishlab chiqilgan. O’quv dasturlarida mashg’ulot guruhlari va sport mahoratini oshiruvchilar uchun ko’rsatmalar o’z aksini topgan. O’quv dasturlarida nazariy o’quv materiallari, jismoniy tayyorgarliklar, taktik tayyorgarliklar, texnik tayyorgarliklar sportchilarga beriladigan yuklamalarning mavsumiy bo’linganligi, yuqori guruhlarga o’tish uchun berilgan normativlar alohida bajariladigan maxsus mashg’ulotlar har-xil Yoshdagilar uchun mashg’ulotlarning yillik taqsimlanishlari ko’rsatilgan. Bulardan tashqari yana bir qancha olimlarimiz yillik mashg’ulotlarni ishlab chiqishgan. Ular bu yo’llar bilan yillik mashg’ulotlarni to’g’ri bo’linganligi hamda o’quv mashg’ulot guruhlari va sport mahoratini oshiruvchilar uchun, murabbiylar uchun kerakli qo’llanmalarni yaratishmoqda. K.S.Boranbayev o’z ishida 11-12 yoshli futbolchilarni o’quv mashg’ulotlari jarayonida kuch sifatlarini oshirish va sport mahoratlarini rivojlantirishlarini tahlil qildi. Olim o’z ishida yillik mashg’ulotlarga va o’yinlarga ketadigan vaqtni sport maktablari uchun ishlab chiqdi. Ko’plab olimlarning ta’kidlashicha 11-12 yoshli futbolchilar uchun va maxsus bolalar va o’smirlar futbol maktablari uchun, mashg’ulot uchun belgilangan soatlar ma’lum miqdorda futbolning nazariyasi va uslubiyatiga to’g’ri kelmaydi. Ya.A.Salemning ta’kidlashicha, yillik mashg’ulot dasturida tuzilgan o’quv-mashg’ulot guruhlari uchun maxsus mashqlar oyiga 75% dan 93 % gacha to’p bilan bajariladigan mashqlardir. Bunday mashg’ulotlar hamisha ham tezkorlik sifatini oshirish uchun maxsus usullar bo’la olmaydi. Ilmiy izlanishlarda juda ko’p ishlar o’quv-mashg’ulot jarayonining muammolari va yosh futbolchilarning tipologik va mediko – biologik ko’rsatkichlari bilan bog’lanib kelmokda. G.L.Drandrovning ta’kidlashicha, mashg’ulot samaradorligini oshirish uchun yosh futbolchilarning nerv sistemasining kuchiga qarab mashq miqdorini bo’lish va rejalashtirish kerak. V.V.Kovalyovaning ta’kidlashicha mashg’ulot yuklamalari samaradorligini oshirish uchun sportchilarning yoshiga qarab differensial yondashish kerak bo’ladi. Bunda mashg’ulot qo’llanmalarini sportchilarning yoshiga qarab, jismoniy yo’nalganligiga qarab yuklamalarni bo’lish kerak. Shug’ullanuvchi tanasining funksional imkoniyatlariga qarab ular 3 guruhga bo’lingan: past natijali, o’rta natijali va yuqori natijali. Yillik mashg’ulotlarni rejalashtirish bu murabbiylar uchun murakkab vazifalardan biridir. Bu jarayon o’ziga juda ko’p diqqat va e’tiborni qamrab oladi. Chunki rejalashtirish mashg’ulot vaqtlarini to’g’ri belgilash va bo’lish, yuqori natijalarni oshirish va samarali natijalarni keltirib chiqarishni belgilaydi. Chet el mutaxassislari va ilg’or olimlarimizning izlanishlarini umumlashtirish Shuni ko’rsatadiki, tayyorgarlikning boshlang’ich davridagi o’quv-mashg’ulotlari ishlari qo’yidagi prinsiplar asosida olib borilishi lozim bo’ladi: -o’quv-trenirovka mashg’ulotlaridan tashqari vaqtda bolalarni faqat o’ynab o’rgana olmayotgan yo bo’lmasa qo’pol xatolar qilib o’rganayotgan texnik priyomlar va taktik harakatlar bilan shug’ullantirish lozim. O’yinda kam uchraydigan vaziyatlarni, biroq muhim biomexanika asosini tashkil etuvchi harakatlarni alohida o’rgatiladi; -texnik va taktik tayyorgarliklar bo’yicha o’quv materiallarini bosqichma-bosqich emas, balki spiralsimon o’rgatish lozim; Bunda albatta qo’yidagi vazifalar qo’yilishi lozim: A. Futbolchilarning texnik va taktik harakatlarini turli-tumanligi xaqida keng ko’lamda tushuncha berish. B. Eng muxim texnik va taktik harakatlarni mahorat va malaka darajasiga ko’tarish. V. Yosh futbolchilarni tayyorlashni dastlabki bosqichida o’yin, o’quv-mashg’ulotlarining samarali vositalari va g’alaba qozonish ilmini bolalikdan o’rgatishlardir. Ko’pchilik olimlarning fikricha yosh futbolchilarning harakat aktivligini oshirishda va ularni xar tomonlama tayyorlashda quyidagilarni amalga oshirish zarur: - o’yin vaqtini kamaytirish. - o’ynaladigan ochkolar sonini oshirish, kuniga bir nechtadan o’yin o’tkazish. - komandadagi o’yinchilar sonini kamaytirish. - o’yin maydonini kamaytirish. - raqiblarni tez-tez almashtirib turish. - musobaqalarni blis – turnir shaklida o’tkazish. Bunday mashg’ulotlarni yosh futbolchilarga samarasi o’yin vaziyatlarida kerak bo’ladigan nostandart holatdagi maxsus mashqlarni katta hajmda o’rganishga olib keladi. Bolalar va o’smirlar futboli nazariyasi va amaliyotida tavsiya etilayotgan mikrosikllar barcha davrlarda mos keladigan yillik reja uchun universaldir. Lekin bunda tayyorgarlik turlari uchun vosita va vaqtni taqqoslash foizi o’zgaradi xolos. 5-6 maxsus sinflar o’quvchilari uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik davridagi vaqt 25% ga teng bo’lsa, texnik tayyorgarlikka 25%, taktik tayyorgarlikka esa 20% to’g’ri keladi. Futbol mutaxassislari S.A.Savin, N.M.Lyukshinovlar mashg’ulotlar davrini rejalashtirish paytida vositalarning qo’yidagi nisbatiga mo’ljal olishni tavsiya qiladilar:9 1-jadval Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling