Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

7.9. 
Tuproq ekologik monitoringi. 
 
Tuproqning ekologik monitoringini tashqil qilish va olib borishda 
o‗zlashtirilgan yerlardan foydalanishning xususiyalari aniqlanadi va 
nazorat qilinadi. Ishlab chiqarish jarayonida yerning tabiy potensiali, tekis 
foydalanish, eroziya va jarliklar xosil bo‗lishi, yer ustining yuvilishi 
darajasi, siljishi, yomg‗ir va sel kelish natijasida loyqa bosishi, botqoq 
yuzaga kelishi, tuproq sho‗rlanishi va cho‗llanish holatlar aniqlanadi. 
Tuproq 
holatini 
boshqarish 
chora-tadbirlarida 
dexqonchilik 
xududlari yerlaridan omilkorlik bilan foydalanish, uning tabiy potensialini 
saqlashida tuproq melorativ, agrotexnik, agrokimyoviy uslublarni ishga 
solish va eroziyaga qarshi kurashishdan iborat. 
Tuproqning ekologik monitoringi quyidagi vazifalardan iborat: 
-Suv va shamol eroziyasi rivojlanishidan tuproq yo‗qolishini aniqlash; 
-Tuproqning nordon va ishqor holatlarining o‗zgarishini nazorat 
qilish, yerga berilayotgan mineral o‗g‗itlar miqdori ortishi va sanoat 
chiqindilirini ishlatish oqibatlarini aniqlash; 
-Tuproqning suv – tuz rejimi va suv – tuz balansining o‗zgarishlarini 
kuzatish; 
-Qishloq xo‗jalik ekinlarini tuproqdagi oziqa balansining buzilishini 
aniqlash, tuproqda gumus va azot – fosforning o‗simlikka tez o‗tadigan 
formasining yo‗qolish sabablarini topish; 
-Tuproqning og‗ir metallar bilan ifloslanishini nazorat qilish; 
atmosfera yog‗inlari bilan tushadigan va atrofdagi sanoat korxonalari 
hamda avtomagisterallar tasirini aniqlash va nazorat qilish
-Aholi zich joylashgan xududlar tuproqini turli ditergentlar va 
xo‗jalik chiqindilari bilan ifloslanishini nazorat qilish; 


190 
-Tuproq tuzilishi va unga o‗simliklarning ozuqa moddalari muqdori, 
yer osti suvlarining joylanishivi va tarkibini fasllar bo‗yicha uzoq vaqt 
nazorat qilish. 
-Gidromelorasiya sistemalar qurilishidan keyin tuproq tarkibining 
o‗zgarishini ekspertli baholash; 
-Dexqonchilikda texnologiyalarni joriy qilish va ishlab chiqarish 
jarayonida ekin maydonlariga yaqin qurilayotgan sanoat korxonalari va 
ob‘ektlar tasirini nazorat qilish; 
Tabiiy sharoitning ko‗p xilligi va tuproq holatiga antropogen 
omillarning 
murakkab 
tasiri 
asosida 
tuproqda 
bo‗lib 
o‗tadigan 
o‗zgarishlarni aniqlash, nazorat qilish va chora – tadbirlar ko‗rish uchun 
umumlashtirilgan tuproqning ekologik monitoring dasturi quyidagi 
bosqichlardan iborat: 
1. 
Tuproq ekologik monitoringining birinchi bosqichida: tuproq va 
tuproq qatlamaning holatini baholash, ularga antropogen omillarining tasir 
qilish kuchi, yo‗nalishi aniqlanadi, nazorat qilinadi va choralar ko‗riladi. 
2. 
Stosionar bosqichi – tuproq parametrlari, suv, hovo, harorat rejimi, 
ozuqa zaxirasi, tuproq organizmlari, tuproqning fizikaviy, kimyoviy 
holatiga tasiri, tuproqning biologik xususiyati yaxshilanishiga olib kelishi 
kuzatiladi. 
3. 
Bu bosqichda – marshurit yo‗li bilan tuproq va uning qatlami 
holati nazoratga olinadi, bunga yerning melorativ sistemasi, agrosistemalar; 
ularning tarkibi, hosildorlik darajasi aniqlanadi ―marshurit‘‘ yo‗lida muhit 
agroekosistema yerlarida noqulay holatlar (suv, bosish, zovurlarni 
o‗tbosishi, tuproq sho‗rlanishi, eroziya va boshqalar) aniqlansa, shu yerlar 
uchun dalolatnoma harita tuziladi, haritaga olinadi, nazorat kuchaytiriladi, 
muhitni yaxshilash choralari ko‗riladi. 
4. 
Xududni tekshirish – xudud to‗la tekshiriladi, tabiiy va suniy 
holatlar inventrazizasiya qilinadi, kartografik haraktyeristika beriladi, 
yerdan to‗g‗ri foydalanish uchun takliflar beriladi. Bu bosqichda yerni 
haritalashtirish uslubi katta rol o‗ynaydi. 


191 
Tuproqning ekologik monitoriningni tashqil qilish va ish olib 
borishda kuzatish sistemalari parametrlari quyidagi 2 ta guruxga bo‗linadi. 
1. 
Tuproq va tuproq qatlamining holatida sodir bo‗lgan noqulay 
voqeylikning belgilari umumlashtiriladi, ya‘ni tuproq biotasining holati 
yomonlashishi, fermentlar aktivligi, nafas olish, tuproqda azotning 
to‗planishi, muhitda oksidlanish, tiklanish hamda nordonlik – ishkoriylik 
jarayonlarini, tkproq zichligi va tuproq eritmasi minirelizasiyasi, yer osti 
suvlari sathining o‗zgarishlariga nazorat qilinadi. 
2. 
Tuproqning turg‗un o‗zgarishlari, gumus miqdori va tarkibi tuproq 
qoplamining tuzilishi o‗simliklar ozuqa moddalarining transformasiyasi
tuproqdagi og‗ir metallar, uglevodlar va tabiiy va suniy biosenozlar 
mahsuldorligining o‗zgarib turishiga oid holatlar kuzatiladi 
3. 
Tuproq xususiyatlarida yuzaga keladigan chuqur va barqaror 
o‗zgarishlar ko‗rsatkichlari: tuproqning zarrachaligi, kimyoviy tarkibi, 
tuproq qalinligi kabi ko‗rsatkichlar nazorat qilinadi. 
Agroekologik monitoringning asosiy komponentlaridan biri – bu 
o‗simliklar bo‗lib, ular vegetasiya oxiridagi hosil miqdori, sifati, 
biomassaning hosil bo‗lishi, barglar yuzasi, agrosenoz tuzilishi, quyosh 
energiyasidan foydalanish darajasi, o‗simliklar mahsuloti to‗planishi va 
taqsimlanishi kabi holatlar inobatga olinadi. Agrosenozlarda bunday 
kuzatishlarni olib borish orqali agrotexnik va agroximik tadbirlarni 
o‗tkazish vaqtlari aniqlanadi va xosilning etilish jarayonlari nazorat 
qilinadi. 
Qishloq xo‗jaligining intensiv rivojlanishida tuproqqa ishlov berish
dexqonchilik ekinlarini ekish, tuproqdan biogen elementlarning chiqib 
ketishi, ekin maydonlariga kimyoviy moddalarining ishlatilishi, zararli 
elementlar, og‗ir metallar qoldig‗ining tuproqda qolishi muhitning 
ifloslanishiga olib keladi. 


192 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling