Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Tuproqning o‘zini-o‘zi tozalashi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
7.7.
Tuproqning o‘zini-o‘zi tozalashi. Tuproqning o‗z-o‗zini tozalashi va zararsizlantirilishining omillarini uch guruhga bo‗lish mumkin. 1. Texnogenez mahsulotlarining olib chiqilishi va tarqalib ketishining jadalligini aniqlovchi omillar. 2. Texnogenez mahsulotlarining zararsizlantirilishining jadalligini aniqlovchi omillar. 3. Texnogenez yoki ular metobolitlari mahsulotlarining biosenoz tarkibiga o‗tib qolish jadalligini aniqlovchi omillar. Bu omillar ham o‗z nabatida bir qancha omillarga bo‗linadi. Texnogenez mahsulotlarining olib chiqilishi va tarqalib ketishining jadalligini aniqlovchi omillari o‗z navbatida atmosferat va tuproq omillariga bo‗linadi. Atmosferat omillari: a) yuvilish rejimining tezligi-atmosferatdan tushadigan yog‗ingarchilik miqdoriga bog‗liq; b) shamolning tezligi- esayotgan shamol tezligiga bog‗liq. Ushbu omillar atmosferatni tozalashni taminlaydi, yog‗ingarchilik qancha ko‗p bo‗lsa atmosferat shuncha yaxshi tozalanadi va atmosferatdagi moddalarning ko‗p qismi tuproqqa tushadi.Agar yomg‗ir yog‗ayotgan vaqtda shamol tursa, moddalarni 184 har tomonga olib ketib aynan bir joyga tushayotgan moddalar miqdorini kamaytiradi. Quruq shamol bo‗lganda chang to‗zonlar havoga ko‗tarilib atmosferatni ifloslantiradi. Shamol vaqtida atmosferatning ifloslanishi uning tezligiga va davomliyligiga bog‗liq. Tuproq omillari: a) tuproq yuzasi oqim moduli; b) yog‗ingarchilik miqdori va bo‗g‗lanish; v) elementar geokimyoviy jarayondagi moddalar almashinuvi; g) ifloslanishning tutilib qolishi. Bug‗lanish, yog‗ingarchilik miqdori va tuproq yuza oqimi moduli tuproqdan zararli moddalarning jadal chiqib ketishini taminlaydi va tuproq profilining yuvilish jarayonini rivojlantiradi. Tuproqning o‗z-o‗zini tozalashi, yog‗ingarchilikning jadalligiga, davomiyligiga va oqimning miqdoriga bog‗liq. Yomg‗ir davomli va o‗rtacha tezlikda yoqqanda, yog‗in suvi tuproqqa singib profilni yuvib o‗tadi va tuproqning o‗z-o‗zini tozalashi samarali bo‗ladi. Yomg‗ir qisq muddat tez va jadal yoqqsa yog‗in suvi tuproqqa shimilmasligi natijasida yuza oqim miqdori hamda tezligi ortib tuproq qoplamining emirilishiga olib keladi. Texnogenez mahsulotlarining zararsizlantirilishining jadalligini aniqlovchi omillar quyidagilarga bo‗linadi. a) quyosh radiasiyasining jadalligi; b) texnogenez mahsulotlari sturuturasining-harorat va ultirabinafsha nurlar yig‗indisi ta‘sirida buzilishi; v) ozon konsentrasiyasi-yashin va mamaqoldiroq miqdoriga bog‗liq; g) tuproq hayvonlari va mikroorganizimlari tomonidan o‗simlik qoldig‗i, to‗shama va dasht qiyining chirib parchalanish tezligi. Ijobiy harorat, quyosh radiasiyasi va uning tarkibidagi ultra binafsha nurlar jadalligi, ko‗p miqdorda tuproqqa tushgan organik moddalar sturukturasining buzilishini tezlashtiradi.Tuproqning ifloslantiruvchi organik moddalar (neft mahsulotlari, sirt aktiv moddalar, pestisidlar va boshqa organik chiqindilar) bilan 185 tozalanishi ularning chirib parchalanishida ishtirok etadigan mikroorganizmlar faolligiga va muhit gidrotermik rejimining optimallik darajasiga bog‗liq. Texnogenez yoki ular metobolitlari mahsulotlarining biosenoz tarkibiga o‗tib qolish jadalligini aniqlovchi omillar: a) muhitning pH ko‗rsatkichi; b) muhitning oksidlanish-qaytarilish reaksiya sharoiti; v) tuproqning gumuslilik darajasi; g) geoximik baryer xaraktyeri; d )tuproqning mineral tarkibi; e) metallar migrasiyasining mavsumiy o‗zgarishi; j) ifloslantiruvchilarning atmosferatga tarqalishi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling