Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
7.8.
Tuproq muhofazasi Tuproq qatlami umum sayyora hosilasi - pedosfyeradan iborat bo‗lib, u litosfera, gidrosfyera va atmosferat singari tirik mavjudodlar bilan birga sayyoraning biosferasini tashqil etadi. Tuproq qatlami umumzamin bioenergetika va biogeokimyoviy tizim bo‗lib, o‗simliklar, hayvonot va mikroorganizmlarning yashashini hamda tirik modda biomassasi takroran ishlab chiqarilishini ta‘minlaydi. Tuproq qatlamining ayni mana shu xususiyatlari biosferaning unumdorligini vujudga keltiradi. Yerdan oqilona foydalanish va tuproqni muhofaza qilish, tabiiy resurslarni qo‗riqlash hamda ulardan foydalanish umumiy muammosida alohida o‗rin tutadi. Olimlarimiz qayd etganidek, bunday alohida o‗rin eng avvalo shu bilan belgilanadiki, insoniyat oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini tuproq qatlamiga ishlov berish natijasida oladi; chorvachilik mahsulotlarini hisobga olganda, bu raqam 98 foizga etadi. Xolbuki, tuproqning qiymati oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom ashyo etishtirishdagi favqulodda muhim ahamiyati bilangina emas, balki u umuman biosfera hayotida o‗ynaydigan buyuk ekologik roli bilan ham belgilanadi. (Kovda, 1978) Tabiashunos olimlar, ekologlar, biologlar, tuproqshunoslar agronomlar, melioratorlar tuproq qatlamining tez ortib va ba‘zida o‗rnini to‗ldirib bo‗lmaydigan 186 talofatlardan, shuningdek keng tarqalayotgan tuproq inqirozi holatlaridan chuqur tashvishga tushib qolishgan. Bu hol tuproqning amaldagi ehtimol tutilgan hosildorligini pasaytiradi, tez-tez sodir bo‗layotgan qurg‗oqchilik va toshqinlarning og‗ir oqibatlarini keskinlashtiradi, hosildorlik o‗sishini va zarur oziq-ovqat zahiralarini vujudga keltirilishini mushkullashtiradi. Bu, shuningdek, tabiatda moddalarning biokimyoviy aylanishi hamda inson yashaydigan muhit sifatida biosfera holatining buzilishiga sabab bo‗ladi. Ekologik sohadagi zamonaviy bilimlar, sayyoramiz tabiatida biosferada, atrof- muhitda tuproq qatlamining mutlaqo almashtirib bo‗lmaslik to‗g‗risidagi xulosaga olib keladi, hatto biosferada tuproq qatlamini almashtirib bo‗lmaslik qonuni to‗g‗risida ham gapirish mumkin. Sayyoramizning tuproq zahiralari o‗z maydoni va sifatiga ko‗ra cheklangandir, quruqlikning 70 foizga qadari yaxshilanishni talab etadi va meliorasiyaga muhtojdir. Keyingi 75-100 yil mobaynida sayyoraning tuproq qatlami tez kamayib borganligi ham muammoni keskinlashtirmoqda. Bu muommaga avvalari unch e‘tibor berilmagan edi, chunki tuproq qatlami eng avvalo dehqonchilik va o‗rmon xo‗jaligida mahsulot etishtirish uchun bir manba sifatida "shaxsiy talab" nuqtai nazaridan qabul qilib kelingan. Ammo kislorod, azot va uglekislotaning jahon balansida ehtimol tutilgan o‗zgarishlar, toza suv zahiralarining kamayishi, suv havzalarining evtrofikasiyasi tufayli yuzaga kelgan tashvish tuproq qatlamining ahamiyatiga e‘tibor berishga majbur qildi. Bugungi kunda tuproq qatlami emirilmoqda, kamayib bormoqda, tobora jadallik bilan tanazzulga yuz tutmoqda. Tarixiy davr mobaynida 2 milliard gektarga yaqin yerdan mahrum bo‗lingan (shaharlar, manzilgohlar, inshootlar, yo‗llar bilan band bo‗lgan, eroziya emirgan, sho‗r bosgan, ifloslangan va hokazo). Hozirgi vaqtda V.A.Kovda ma‘lumotlariga ko‗ra butun sayyorada 1,5 milliard gektar yerga qishloq xo‗jalik ekinlari ekiladi, har yili jahonda 6-7 million gektargacha yerdan mahrum bo‗linadi. Yer kurrasi aholisining uchdan ikki qismi qashshoqlik va ochlik sharoitida yashayotganligini hisobga oladigan bo‗lsak, hozir sayyoramizning har bir aholisiga haydalgan yer 10-20 yil ilgariga nisbtan kamroq to‗g‗ri kelishini nazarda tusak, tuproq 187 unumdorligini oshirish, qishloq xo‗jaligi ekinlarining hosildorligini ikki karra, uch karra ko‗paytirish dehqonchilikning asosiy vazifasi lozimligi yaqqol namoyon bo‗ladi. Yer resurslaridan har tomonlama oqilona foydalanmay, tuproq qatlamini turli emirilish va ifloslanishlardan muhofaza qilish choralarini kuchaytirmay, qishloq xo‗jaligi bilan aloqador bo‗lmagan maqsadlar uchun yerlarni tejab-tergab ajratmay turib, bu g‗oyat mushkul vazifani hal etishning iloji yo‗q. Insonning noto‗g‗ri tashqil etgan turli xil faoliyati ta‘sirida tuproq qatlami eroziyaga duchor bo‗ladi, ikkilamchi sho‗rlanadi, agroximikatlar, og‗ir metallar va boshqalar bilan ifloslanadi, kimyoviy va biologik toksikozga uchraydi va hokazolar. Agrokimyoviy pestisidlar bilan ifloslangan tuproqlar unumdorligini oshirish va uni saqlab qolish maqsadida qishloq xo‗jaligini jadal yuritishni o‗g‗itlarsiz tasavvur qilish qiyin. Mineral va organik o‗g‗itlardan foydalanish amaliyoti yildan yilga kengayib, takomillashib bormoqda. Biroq dehqonchilikni ximizasiyalash-o‗g‗itlardan to‗g‗ri va oqilona foydalanishni taqozo etadi. Azot o‗g‗itlarining ortiqcha miqdori paxtaning (o‗simliklarning) genyerativ organlari hisobiga vegetativ organlarini ko‗proq o‗sish va rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Azotning ortiqcha miqdori, ayniqsa uning nitrat formasi xavfli, chunki u tuproqda sorbsiyalanmaydi, engil harakatlanadi va tuproq osti suvlariga etib boradi. Azotning ammoniyli birikmalari tuproqni va tabiiy suvlarni ifloslantirishning manbai bo‗lib xizmat qiladi. Ma‘lumki, ammiak nitratlargacha oksidlanib, ammoniyli azot kislorodni biriktiradi va gidrobiotalarni kislorod etishmovchiligiga va suvlarning buzilishiga olib keladi. Tuproqda ammiakli azotning ortiqcha miqdorining manbai bo‗lib, chorvachilik, parrandachilik chiqindilari va shahar oqar suvlari xizmat qiladi. Fosfor o‗g‗itlari va boshqa ko‗pchilik fosfor birikmalarining kam eruvchanligiga qaramasdan, global katta aylanishda asosiy geokimyoviy yo‗nalishlar ko‗llar, daryo o‗zanlari, dengiz, okeanlarga qaratilgan. Har yili 3-4 mln. tonna 188 fosfatlar quruqlikdan okeanlarga borib tushadi. Fosfatlarning tuproqlardagi birikmalarining kam yeruvchanligi tufayli ba‘zi yerlarda tuproqlarning lokal fosforlashganligi ham kuzatiladi. Azot va fosfor bilan bir qatorda tuproqda kaliy ham tuproqning muhim oziq elementlaridan hisoblanadi, qachonki kaliy xlorid o‗g‗iti ishlatilganda tuproqda xlor ionining to‗planishi kuzatiladi. U albatta hosilning sifat va miqdoriga hamda ortiqcha agroximikatlar hisobiga tuproqning ifloslanishi va sho‗rlanishiga sabab bo‗ladi. Pestisidlar qishloq xo‗jaligida yovvoyi o‗tlarga, gyerbisidlar o‗simliklardagi zamburug‗ kasalligiga fungisid, zoosid, inseksid zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatiladi. Ular orasida pestisidlar ko‗proq ishlatiladi. Ekinlarga ishlov berishda pestisidlarning asosiy qismi tuproq yuzasi va o‗simliklarda to‗planadi. Ular tuproqdagi organik moddalar va mineral kolloidlar bilan adsorbsiyalanadi. Toksikantlarning sorbsiyalari qaytarma harakterga ega. Pestisidlarning ortiqcha miqdori yer yuzasiga ko‗tarilmaydigan gravitasion oqimlar bilan harakatlanadi va tuproq osti suvlariga borib qo‗shiladi. Tuproqda pestisidlarning qoldig‗i toksikantning tabiatiga uning me‘yoriga tuproq xossalariga bog‗liq. Pestisidlar yer usti suvlari bilan suv yig‗uvchi hovuzlarga tushib, suvlarni zaharlaydi. Tabiiy zaharsizlanish jarayonlari organik moddalarning parchalanish jarayonlari qayerda jadal bo‗lsa, o‗sha yerda shunchalik faolroq kechadi. Biosidlarning tuproqda to‗la zaharsizlanishi, ya‘ni zaharsiz komponentlarga to‗la parchalanganda tuproq meliortiv holatining yaxshilanishi sodir bo‗ladi. Toksikantlarning tuproqda parchalanishiga oksidlanish - qaytarilish va gidroliz reaksiyalari yordam beradi. Pestisidlarni faol parchalanishi, asosan, mikroorganizmlar ta‘sirida o‗tadi. Mikroorganizmlar o‗zlarining hayot faoliyatlari uchun biosid tarkibiga kiruvchi uglerod, azot, fosfor va kaliydan foydalanadilar. Uzoq muddat ta‘sir qiluvchi donadorlashtirilgan ko‗rinishdagi yangi o‗g‗itlarni ishlab chiqish ularni tashish va saqlanish qoidalariga amal qilish, o‗g‗itlardan oqilona 189 foydalanish, almashlab ekishni joriy etish va boshqa agrotexnik va agromeliorativ tadbirlar tuproqni agroximikatlarni ortiqcha miqdoridan saqlaydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling