Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Tuproqning mikroorganizmlar bilan ifloslanishi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.6. Tuproq mikroorganizmlari va inson salomatligi.
- Ijobiy ta’siri.
Tuproqning mikroorganizmlar bilan ifloslanishi.
Tuproqning mikroorganizimlar bilan ifloslanishi asosan tuproqqa mayishiy va qishloq xo‗jaligi chiqindilar, oqava suvlar hamda mikroorganizimli aerozolarning tashlanishi orqali bo‗ladi. Tuproqqa chiqindilar orqali- patogen, shartli potogen, zaharli toksin moddalar hosil qiluvchi va har xil kasallik qo‗zg‗atuvchi xavfli mikroorganizimlar tushadi. Tuproqda spor hosil qiluvchi patogen bakteriyalardan; Clostridium tetani- stolbnyak qo‗zg‗atuvchisi, Bacillus anthracis-qutirish, Clostridium perfringens- yiringli yara hosil qiluvchilar yaxshi va uzoq vaqt saqlanadi. Bacillus thuringiensis- bakteriyali entomopatogen preparati Sibir ipak qurtiga va boshqa daraxt barglari bilan oziqlanuvchi zararkunada hashoratlarga qarshi kurashda qo‗llaniladi. Tuproqda basilla sporasi uzoq saqlanadi va ko‗payib, uning mikroorganizlar tarkibini o‗zgartiradi. 7.6. Tuproq mikroorganizmlari va inson salomatligi. Tuproqda yashovchi bakteriyalar, aktinomisetlar, zamburug‗lar, achitqilar, suvo‗tlari, soddalar, mayda umirtqasiz hayvonlar vaboshqa mikroorganizm-lar inson sog‗ligiga har xil yo‗llar bilan ko‗p tomanlama ta‘sir qiladi. Inson sog‗ligiga tuproq mikroorganizmlari ijobiy va salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Ijobiy ta’siri. Inson sog‗ligi o‗simlik mahsulotlarining miqdor va sifat ko‗rsatkichlariga ko‗p tomonlama bog‗liq. O‗simlik mahsulotiga va hosilning sifatiga tuproq mikroorganizimlari ijobiy va salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Odatda ijobiy ta‘siri ustunlik qiladi. 1. Mikroorganizimlar tomonidan organik moddalarning mineralizasiyalanishi va o‗simliklar o‗zlashtiroladigan holatga o‗tkazilishi. Tabiatda uglerod, kislorod, vodorod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir, mikroelementlar va boshqa organik birikmalarning aylanishida mikroorganizmlarning ishtirok etishi. 2. O‗simlikning o‗sishi va rivojlanishini stimullovchi fiziologik faol moddalarning hosil bo‗lishi. Auksin, gibberellin va sitokinin kabi gormonal 181 fiziologik faol moddalarni o‗simliklarning o‗zlari ham sintezlaydi, shu bilan birga o‗simlik ildizi atrofidagi va ildiz yuzasida yopishib yashovchi mikroorganizmlar tomonidan ham sintezlanadi. Bun mikroorganizmlar o‗simlikning o‗sishini stimullaydi. O‗simliklar tomonidan vitaminlar va aminokislotalar sintezlanadi, lekin o‗simlikning dastlabki o‗sish va rivojlanish davrida mikroorganizimlar tomonidan sintezlangan vitaminlar va aminokislotalar o‗simliklarga o‗tib ularning o‗sishini, ildizning yaxshi rivojlanishini ta‘minlaydi. 3. O‗simliklar atmosferatdagi erkin azotni o‗zlashtiraolmaydi. Azotofiksasiya jarayonini faqat prokariotlar ya‘ni bakteriyalar va ko‗kyashil suvo‗tlari amalga oshiradi. Tabiiy ekosistemada etishmagan va sarflangan azot azotofiksasiya jarayoni orqali qoplanadi, lekin tabiiy ekosistemada azot taqchilligi umuman kuzatilmaydi. Azot taqchilligi agroekositemalar uchun xos xusisiyat. Biologik azot inson salomatigi uchun birmuncha xavfsiz bo‗lib nitratlarning to‗planishiga olib kelmaydi. 4.Antagonist mikroblar fitopatogen mikroorganizmlar bilan ta‘sirlashib o‗simliklar kasallanishining oldini oladi. Psevdomanadalar va azotobaktyerlar o‗simlik kasaliklarini chaqaruvchi zamburug‗larga qarshi antibiotiklar sintezab ulaning o‗sishi va rivojlanishini to‗xtatib qo‗yishi fanga ma‘lum. 5.Mikroorganizimlar tuproqqa tushgan uglevodlar ( neft, mazut, benzin, kerosin, surtma moylar), har xil kimyoviy tuzilishli pestisidlar, polimer mahsulotlar, zararli mikrogazlar, nitratla, uglerod ikki oksidlari hamda boshqa har xil organik va neorganik moddalardan tozalab, tuproq ifloslanishining oldini olib uni sog‗lomlashtiradi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling