Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


  Tuproq, suv va havo mikroflorasi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

3.13. 
Tuproq, suv va havo mikroflorasi 
Tuproq - tabiiy omillar va odamning ishlab chiqarish faoliyati 
ta‘sirida yuzaga kelgan tabiiy-tarixiy jismdir degan tushunchani 
olimlarimiz tariflab bergan. Tuproqning unumdorligi to‗satdan paydo 
bo‗lib qolmasdan, nurash va tuproq hosil bo‗lishidek murakkab jarayonlar 
natijasida asta-sekin rivojlanib borgan. 
Mikroorganizmlar umuman tabiatda va tuproqda keng tarqalgan. 
Chirituvchi bakteriyalar, moy kislota hosil qiluvchi bakteriyalar va 
nitrofikasiyalovchi bakteriyalar, shuningdek aktinomisetlar bilan mog‗or 
zamburug‗larning 
har 
xil 
turlari 
tuproqda 
keng 
tarqalgan. 
Mikroorganizmlarni asosiy qismi tuproqni ustki qatlamida (10-20sm) 
uchraydi. Pastki qatlamlarda ularni soni keskin kamayib boradi. 
O‗zlashtirilgan bo‗z tuproqlar xaydalma qatlamida 1 gektarga 5 tonna 
bakteriya massasi to‗g‗ri keladi. Tuproqda asosan kokkalar ko‗p uchraydi. 
Tayoqchasimon bakteriya ham borligi aniqlangan. Bularni 10-20% turlari 
spora 
hosil 
qiladigan 
bakteriyalardir. 
Bakteriyalardan 
tashqari 
aktinomisetlar ham tuproqda keng tarqalgan. Ularni ba‘zi tuproqlardagi 
miqdori umumiy mikroorganizmlarning umumiy sonini 30% gachasini 
tashqil qiladi. Aktinomisetlar tuproq bakteriyalarga nisbatan o‗ta nam sevar 
bo‗ladi. Noqulay sharoitda juda ko‗p miqdorda spora hosil qiladi. Yozda 
tuproq o‗ta qizib ketganda ham yaxshi rivojlanadi. Kuzda uglerod manbai 
ko‗payganda (o‗simlik ildizlari, to‗kilgan barglar va xokazo) ular yanada 
zo‗r berib rivojlanadi va tuproq mikroflorasini yarmini tashqil qiladi. 
Zamburug‗lar ham xilma-xil tuproqlarda juda keng tarqalgan. Ularning 
soni umumiy mikroblar sonining 1-3% gacha bo‗lishi mumkin. Tuproq 
tipi, qatlamlarining, chuqurligi ularning o‗zlashtirilganligiga qarab son 
ko‗rsatgichlari o‗zgaradi. 4-5 sm qatlamda 1g tuproqda 200 mingdan 700 
minggacha 20-25 sm qatlamda esa 50 mingdan 100 minggacha zamburug‗ 
bo‗lishi aniqlangan. Tuproqda ko‗proq Penicillium, Mucor, Thrichodyerma 
va Cladosporium ning har xil turlari keng tarqalgan. 1g tuproqda necha 
milliardlab bakteriyalar va aktinomisetlar, yarim 


86 
milliondan ko‗proq zamburug‗larning bo‗lishi tuproqni 
mikroorganizmlarga boy bo‗lgan biogen ekanligini ko‗rsatadi. 
Bu minerallar tuproqni qattiq fazasini tashqil etadi va mexanik 
skeletini hosil qiladi, bu mexanik skeletda har xil yunalishdagi kapillyar 
va kapillyarmas oraliqlar bo‗ladi. Tuproqni suyuq fazasi suv va unda 
yerigan moddalar, shu oraliqlarda turadi. Bundan tashqari, tuproqda doim 
uchinchi faza-tuproq havosidan iborat gazsimon faza ham bo‗ladi. Bu 
fazalarning hammasi o‗zgarib turadi.
Yer po‗stlog‗ini qattiq 
qatlamida (Litosfera) 46, 3%, yani qariyib yarmini kislorod (SiO
2,
AI
2
O
3
va xokazo), 27, 6%ni kremniy tashqil qilarekan. Boshqa elementlar esa 
arzimaydigan darajada bo‗ladi. Shundan ko‗rinib turibdiki bu qatlamda 
biologik jihatdan muhim 
bo‗lgan elementlar kam bo‗ladi. Yuza 
qatlamlariga yaqinlashgan sari bularni salmog‗i ortib boradi, 
lekin
umumiy miqdori
kam bo‗lib qolavyeradi. O‗simliklar va 
mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun zarur elementlarning qariyib 
hammasi tuproqda bo‗ladi. Bu organizmlar suvda yerigan moddalarni 
o‗zlashtirishlari mumkin. Tuproq eritmasi tarkibida anarganiq va organik 
moddalar bo‗ladi. Tuproqdagi organik moddalar nixoyatda katta 
ahamiyatga ega. Ular bo‗lmaganda edi tog‗ jinslari va ularni nurashidan 
hosil bo‗ladigan mahsulotlar unumdor tuproqqa aylanmagan bo‗lar edi. 
Organik moddalar
to‗planishi 
tufayligina biologik 
jihatdan
qimmatli bo‗lgan elementlar tuproqda saqlanib qoladi va tuproq 
bir qadar nam sing‗diruvchan bo‗ladi. Ona jinsining ustki qatlamida 
dastlabki organik modda to‗planshi, aftidan, avtotrof 
mikroorganizmlarning rivojlanishi hisobiga borgan, so‗ngra bu 
jarayonga yashil o‗simliklar ham 
qo‗shilgan, ular 
nobud
bo‗lgandan
keyin, 
tanasi getyerotrof mikriorganizmlar 
ta‘siriga
uchragan va 
qisman 
minerallarga
aylangan. 
Mikroorganizmlar uchun tuproq muhiti (pH) yani reaksiyasi ham katta 
ahamiyatga ega ular tuproq eritmasi reaksisi neytralga yaqin bo‗lganda 
yaxshi rivojlanadi. Mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun tuproq 
eritmasi reaksiyadan tashqari, 
shu eritmaning osmotik faolligi ham muhim ahamiyatga ega.
Ko‗pchilik mikroorganizmlar hujayrasining osmotik bosimi 3-6 atm. 
dan oshmaydi, lekin ba‘zi 


87 
mikrorganizmlarni (qurg‗oqchilik bo‗ladigan tuproqlarda yashaydigan 
mikrorganizmlarda) osmotik bosim 16 atm. gacha bo‗ladi. 
Tuproqni gazsimon fazasida yoki tuproq havosining tarkibida 
karbonat angidrid (CO
2
), azot va kislorod bo‗ladi. Shulardan kislorod 
muhim ahamiyatga ega, chunki aerob mikroblar va o‗simlik ildizlari busiz 
yashay olmaydi.Tuproqda mikrorganizmlar uchun hamma shart-sharoitlar 
mavjud. 
Yer yuzida hamma tuproqlar har xil tog‗ jinslaridan hosil bo‗lgan. 
Tog‗ jinslarini tuproqqa 
aylanishida, minerallarni parchalanishida 
mikrorganizmlarni ishtiroki aniq. Ona jins (tog jinsi)ga birinchi 
mikroskopik suv o‗tlari, asosan diotom suv o‗tlari o‗rnashadi. Suv o‗tlari 
avtotrof organizmlar bo‗lib, organik modda hosil qiladi va uni to‗playdi. 
Saprofit mikrorganizmlar bu organik moddalar hisobiga faol faoliyat 
ko‗rsatadi. Bu senozda rivojlanadigan sionbakteriyalar (ko‗k-yashil suv 
o‗tlari) azotni o‗zlashtirib tog‗ jinslarini bu element birikmalari bilan 
boyitadi. Tog‗ jinslari qatlamlarida, mikrorganizmlar faoliyati natijasida 
organik moddalar, to‗planadi, bu organik moddalar hisobiga bakteriyal 
flora rivojlanadi (asosan spora hosil qilmaydigan bakteriyalar). 
Xar xil jinslar va minerallarni yuzasida rivojlanayotgan 
mikrofloralarni tarkibi bir xil bo‗lmaydi. Tog‗ jinslarini emirilishi, 
tabiatda ikkita qarama-qarshi jarayonni birlashishi bo‗lib-birlamchi
jinslarni 
emirilishi 
va ikkilamchi jinslarni paydo 
bo‗lishidir. Yangi minerallar mikroblarning metobolitlari ta‘sirlari 
natijasida ham hosil bo‗lishi mumkin. Tog‗
jinslaridan tuproq 
hosil
bo‗lishi 
bilan birgalikda chirindi (gumus) ham hosil bo‗lib 
boradi. Bu modda tuproq xususiyatiga ta‘sir ko‗rsatib, uning 
unumdorligini va suvni o‗zida ushlab turish qobiliyatini kuchaytiradi. 
Gumusni hosil bo‗lishida mikroorganizmlar faol qatnashadi. Tuproq 
hosil bo‗lish jarayonini boshlanish davridanok tuproq qatlamlar hosil 
bo‗lib boshlaydi. Gumus bu bir-biriga yaqin murakkab, yuqori malekulali 
birikmalar guruhidan iborat bo‗lib xozirgacha kimyoviy tabiati to‗liq 
aniqlangani yo‗q. Tuproqdagi hamma organik birikmalarning 85-
90%ni gumus tashqil qiladi. Unirng tarkibida ko‗p 


88 
miqdorda azot, fosfor va boshqa elementlar jamlangan. Gumus asosan 
o‗simlik qoldiqlaridan hosil bo‗ladi. O‗simlik qoldiqlari tarkibini 0, 5-2% 
ni oqsil va unga yaqin birikmalar, 15-35% ni gemisellyuloza va pektin 
moddalaridan, 15-50% sellyulozadan iborat. Tuproqqa tushgan o‗simlik 
qoldiqlarining 10-20% gumusga aylanadi. 
Buning tarkibida 4-4, 5% gacha azot bo‗ladi, 30-50% mineral holdagi 
fosfor birikmalari uchraydi. Gumusning kimyoviy tarkibi har xil bo‗ladi; 
1) Gumin 
kislotasi 2) Guminar, 3) Gemotomelan kislotasi, 4) 
Fulvokislotalar. Bu birikmalar strukturasi va kimyoviy xossalari bo‗yicha 
bir-biriga o‗xshashdir. 
Gumus tuproqni fizikaviy xossalarini o‗zgartiradi. U tuproq 
strukturasini hosil qiladi, issiqlik xususiyatlarini yaxshilaydi, katta nam 
sig‗imiga ega bo‗lb tuproq namlgini saqlaydi. 
Tuproq mikroorganizmlar faolligi va ular senozining hosil bo‗lishga 
ko‗pgina omillar ta‘sir qiladi. Mikrobiologik jarayonlarni kechishida katta 
ahamiyatga ega bo‗ladigan omillardan bu tuproq haroratidir. 
Tuproq 
mikroorganizmlari 
haroratga 
munosabatiga 
qarab; 
1)Psixrofillar; 2)Mezofillar, 3)Termofillarga bo‗linadi. 
Psixrofillar – bu mikroorganzmlar past musbat haroratda (0°-10°C ) 
rivojlanadi. Mezofillar - bu mikroorganizmlar oddiy atrof muhit haroratida 
(25-50°C) yashaydi. Termofillar – bu mikroorganizmlar yuqori haroratni 
talab qiladi. 
Tuproq mikroorganizmlarini asosiy qismi mezofillarga mansubdir. 
Kuzatishlarning ko‗rsatishicha harorat 5°Cdan past bo‗lganda karbonat 
angidirid gazini ajralishi Ya‘ni, organik moddalarni parchalanish jarayoni 
to‗xtaydi, nitrofikasiya jarayoni sekinlashadi. Tuproq harorati 10
o
C da 
nitratlarning to‗planishi 20% ni, +25°Cda esa nitratlarni to‗planishi 100% 
ni tashqil qiladi. 
Janubda tuproqda yashovchi mikroorganizmlarni yuqori haroratga 
talabi katta bo‗ladi. Janubiy tuproqlarda issiqlikda yaxshi rivojlanadigan 
zamburug‗lar Ya‘ni 


89 
Aspyergillus avlodi ko‗p uchrasa, SHimoliy tuproqlarda asosan past 
haroratda 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling