Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
3.12.
Biosfera va mikroorganizmlar. Biosfera turli vaqtlarda olimlarning qarashlarida turlicha ta‘riflangan. Haqiqatdan mavjudlik, tiriklik qatlamning bo‗lishidir, Ya‘ni qaysi sfyera qismlarida bor bo‗lishidan qat‘iy nazar tirik mavjudot yashash makonidir. Akademik V.I.Vyernadskiy ta‘limotiga ko‗ra biosferaga troposfyeraning butkul hamma qismi, stratosfyeraning ostki qatlami, litosferaning cho‗kindi tog‗ jinslari bilan qoplangan qismi kiradi. Biosferaning o‗ziga xos asosiy tarkibiy qismi undagi turli organizmlardan tashqil topgan hayotning borligidir. Biosfera tirik va o‗lik tarkibiy qismlardan iborat, sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlarning yig‗indisi biosferaning tirik moddasini tashqil etadi. 84 Tirik organizmlar asosan yerning gazsimon (atmosferat), suyuq (gidrosfyera), qattiq (litosfera) geologik qobiqlarida joylashgan. Biosferaning yuqori chegarasi dengiz sathidan 22 km balandlikda, atmosferatning quyi qatlami troposfyerada joylashgan bo‗lib, bu chegarada quyosh nurlari energiyasi kislorod ozonga aylanadi va ozon ekrani hosil bo‗ladi. Ozon tirik organizmlarga ta‘sir ko‗rsatuvchi kosmik va ultrabinafsha nurlarning asosiy qismini yerga o‗tkazmaydi. Biosferani tashqil etuvchi qismlari orasida litosfera, tuproq qoplami va gidrosfyeraning o‗rni katta hisoblanadi. Gidrosfyerani okeanlar, dengizlar, ko‗llar va daryolarning suvlari hosil qiladi. U yer sharining 70 % yaqin qismini egallaydi. Hayot gidrosfyeraning hamma qismida, hatto 11 km gacha bo‗lgan chuqurlikda ham uchraydi. Hayot yerning qattiq qobig‗i litosferaning yuqori qatlamlaridagi 3-4 km chuqurlikkacha tarqalgan. Biosferaning o‗lik tarkibiga atmosferat, gidrosfyera va litosferaning moddalar va energiya almashuvi jarayonida qatnashuvchi qismlari kiradi. Yer maydoni (tuproq qoplami) biosferaning bir bo‗lagi hisoblanib, biosferaning tashqil topishi va rivojlanishida tuproqning qanday aloqasi va o‗rni qay darajada degan savol paydo bo‗ladi. Aytish mumkinki, faqat tuproq tufayli yer kurrasining quruqlik qismida yuqori darajada rivojlangan tirik organizmlar bilan egallangan biosfera hosil bo‗lgan. Agarda tog‗ jinslarining nuralgan mahsulotlari bilan tirik organizmlar o‗zaro bir biriga ta‘sir qilmasa quruqlikda taraqqiy etgan tuproq qatlami hosil bo‗lmas edi. Biosferada tirik mavjudotlar qatori insonlar ham bevosita shu makonda yashaydi. Insoniyatning yil sayin ko‗payishi, fan texnikaning rivojlanishi, ehtiyojlarning kengayishi natijasida biosfera va uning tarkibiy qismlarini turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi vujudga kelmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling