Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Tuproq mikroflorasiga, tuproqga ishlov berish va sug‘orishning
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Tuproq mikroflorasiga, tuproqga ishlov berish va sug‘orishning
ta’siri. Tuproqqa ishlov berishning asosiy usuli shudgor hisoblanadi. Shudgor qilish tuproq mikroflorasining hayotiy faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi, tuproqda yaxshi qulay sharoit vujudga keladi va o‗simliklar uchun oziqa moddalar to‗planadi. 19 asr oxiri va 20-asr boshlarida yerni shudgor qilish bo‗yicha bir nechta nazariyalar ishlab chiqildi. Bulardan rus olimi akademik V. R.Vilyamsning nazariyasi diqqatga sazavor. Bu olim o‗z nazariyasini tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarni hisobga olgan holda 93 yaratdi.V.R.Vilyamsning fikricha yani ag‗darma qilib shudgorlash eng qulay usul bo‗lib, bunda tuproqni ayerasiya xolati yaxshilanadi uning fikricha kambag‗allashgan ustki qatlam pulug yordamida pastga tushadi va anoerobioz sharoitida tuproq unumdorligi va strukturasi tiklanadi, chunki kislorodning etishmasligi orgnik moddalarni mineralizasiyalovchi mikroorganizmlar faoliyatini to‗xtab qoladi, bu esa gumusni to‗planishiga olib keladi. Tuproqni yuza qatlamiga chiqib qolgan gumus aerobioz sharoitida mikroblar tomonidan parchalanadi. Xozirgi paytda tuproqga ishlov berishni har xil usullari taklif etilmoqda va qo‗llanilmoqda. Bu usullar tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarga asoslangan. Xaydalma qatlamda mikroorganizmlarni soni qatlamini qalinligiga, chuqurligiga qarab o‗zgarib boradi. Pastki qatlamlarda mikroblarni soni kamayib boradi. Lekin tuproqni yuza qismi tez qurib qoladigan zonalarda, ustki qatlamda mikroorganizmlarni soni kamayib ketadi. Shuning uchun mikroblar asosan tuproqni namlik etarli bo‗lgan qismida ko‗proq to‗planadi. Ko‗plab o‗tkazilgan tajribalarni ko‗rsatishicha 0-10 sm, qalinlikdan olingan tuproqda( idishlardi) o‗stirilgan bugdoy 20-30 sm, qatlamdan olingan tuproqda o‗stirilgan bugdoyga nisbatan ko‗p hosil bergan. Bu tuproqlardagi mikroorganizmlarni soni har xil, kimyoviy tarkibi bir xil ekanligi aniqlangan. Shundan ko‗rinib turibdiki tuproq unimdorligi faqatgina uning kimyoviy tarkibiga bog‗liq bo‗libgina qolmasdan, mikroorganizmlar faoliyatiga ham bog‗liq bo‗ladi. Tuproqga ishlov berish har bir joyning tuproq-iqlim sharoitiga qarab xal qilinishi zarur. Tuproq unimdorligini va mikrobiologik jarayonlarni oshirishga suv kam bo‗lgan zonalarda sug‗orish, yuqori namlangan tuproqlarni zaxini qochirish, kislotali va ishqorli tuproqlarga ba‘zi birikmalarni qo‗shish bilan muhitni neytral holga keltirish va tuproqdan sho‗rlanishni kuchaytiruvchi tuzlarni kochirish yo‗li bilan erishiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling