Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Fitopatogen
viruslar. O‗simliklarni kasallantiradigan viruslar fitopatogen viruslar deb ataladi va tarkibiga RNK kirishi bilan harakterlanadi ( hayvonlar bilan odamni kasallantiradigan viruslarga tarkibida DNK tutuvchi viruslar kiradi). Fitopatogen viruslarning yana bir xususiyati viruslarning o‗simliklarga faqat shikastlangan joydan kirishidir. Viruslar o‗simliklar hujayrasiga kirib, u yerda ko‗payadi va moddalar almashinuvini buzib, o‗simliklarni kasallantiradi. Virusli kasalliklarning belgilari juda o‗ziga xos bo‗lib, ko‗p hollarda ularni zamburug‗ va bakteriyali kasallik belgilaridan farq qilish mumkin. O‗simliklarning virusli kasalliklarini tashqi belgilariga qarab ikki katta gruppaga – mozayka va sariq kasalligiga bo‗lish mumkin. Mozayka kasalligida barglar (kamdan-kam boshqa organlar) mozaykasi kuzatiladi, bunda barg plastinkasining bir qismi tiniq yashil rangini saqlaydi, boshqa qismi och yashil yoki sariq rangga kiradi. Bunda barg olachipor, mozaykali bo‗lib ko‗rinadi. Bundan tashqari, virusli kasalliklarda barglarda halqali dog‗lar, barg (poya, meva) ayrim qismlarining nobud bo‗lishi (nekroz) kuzatiladi. Barg tomirlari bo‗ylab joylashgan va bargning orqa tomonidan, ayniqsa, yaxshi ko‗rinadigan nekroz dog‗lari, shtrixlar ham virusli kasalliklarga xos xususiyatdir. Viruslar o‗simliklarda yana ham kuchli o‗zgarishlar hosil qilishi mumkin, masalan, past bo‗ylilik barglarning maydalanishi, buralishi va shaklining o‗zgarishi, qing‗ir-qiyshiqligi, gullarning ko‗karishi va hokazo. Barg plastinkasining butunlay sarg‗ayib ketishi bilan sariq kasalligi mozaykadan farq qiladi, mozayka rangi bo‗lmaydi, bunda o‗simliklarning shakli juda o‗zgarib, past bo‗yli, gullari qing‗ir-qiyshiq bo‗lib qoladi, gulning bir qismi butunlay rivojlanmay qoladi, boshqa qismi esa normal rivojlanadi, tojbarglari ko‗pincha ko‗karib ketadi, bazan gul o‗rnida novda yoki reduksiyalangan barglar yoki yashil gul 82 markazida haqiqiy barg halqasi hosil bo‗ladi. Sariqtipdagi kasalliklarda o‗simliklarning anatomik tuzilishi va funksional faoliyati qattiq bo‗zilishi kuzatiladi. O‗simliklar kasallanganda virus zarrachalari uning hujayralari ichida bo‗ladi. O‗simlik viruslari o‗simliklar shikastlanmasdan turib hujayra ichiga kira olmaganligi uchun virusli kasalliklarning ko‗pi tabiatda og‗iz apparati sanchib-suruvchi tipda tuzilgan hasharotlar: shira, chirildoq, qurt, trips, kalqondorlar vositasida tarqaladi. Viruslar kanalar vositasida ham tarqalishi aniqlangan (masalan, bug‗doyning yo‗l-yo‗l mozaykasi). Hasharotlarsiz yuqadigan viruslar ham bor. Bu yuqishning kontakt usuli hisoblanadi. Tashuvchi hasharotlari nomalum bo‗lgan viruslar ham uchraydi. Masalan, tamaki mozaykasi virusi va kartoshkaning X- virusi shira va boshqa hasharotlar bilan tarqalmaydi, lekin mexanikaviy yo‗l bilan oson yuqadi. Kartoshkaning X-virusi kasallangan barglar sog‗lomlarga yaqinlashganda o‗tadi. Shamol vaqtida barglar bir-biriga tegib, asosan mikroskopik mayda tukchalar sinishi hisobiga kutiqo‗la bir oz shikastlanishi tufayli viruslar yuqadi. Ana shu shikastlangan joylardan virus zarrachalari sog‗lom o‗simliklarga o‗tadi. Keyingi vaqtlarda X-virus Synchytrium cndobioticum zamburug‗i (fikomisetlar) orqali ham sog‗lom o‗simliklarga o‗tishi to‗g‗risida malumotlar paydo bo‗ldi. Viruslar zararlangan o‗simliklardan olingan urug‗lar orqali ham yuqishi mumkin. Bodringning yashil va oq mozaykasi, loviyaning oddiy mozaykasi, pomidor mozaykasi, lyupinning qorayishi va soya mozaykasini qo‗zg‗atuvchilar ana shunday viruslarga kiradi. Mozayka kasalliklarini qo‗zg‗atuvchi viruslarning ko‗pchiligi urug‗ bilan o‗tishi mumkin. Viruslar tugunaklarda saqlanib, tugunaklar orqali o‗tishi mumkin, masalan, kartoshka viruslari. Meva va sabzavot ekinlari virusi ko‗chat bilan o‗tishi mumkin. Begona o‗tlar ham virus rezyervatori bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Sariq tipdagi virusli ko‗p kasalliklarning begona o‗tlarga bog‗liqligi aniqlangan. O‗simliklar virusli kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishi ko‗p jihatdan tashqi sharoitga bog‗liq. Ko‗pincha biror temperatura virusli kasalliklarning 83 mavsumiy va geografik tarqalishini belgilaydi. Temperatura infeksiya tarqalishiga, kasallik belgilari (simptomlari) namoyon bo‗lishi harakteriga tasir ko‗rsatadi. Temperatura sharoiti virus tashuvchilar soniga tasir etishi mumkin, bu esa o‗z navbatida, o‗simliklarning zararlanishida o‗z ifodasini topadi, kasallik belgilari harakteriga va o‗simliklarning zararlanishi darajasiga ta‘sir etadi. Tamaki temperatura mo‗tadil (10° dan yuqori) bo‗lganda mozayka virusi bilan eng ko‗p zararlanadi, temperatura ortishi bilan zararlanish darajasi pasayadi, 35° da esa kasallik alomatlari (simptomlari) yashirin holatda bo‗ladi. Temperaturaga qarab simptomlar turi ham o‗zgarishi mumkin. Yorug‗lik tasiri ham simptomlar namoyon bo‗lishida o‗z ifodasini topishi mumkin. Odatda, sust yorug‗lik tamaki nekrozi virusiga tasir etib, nekroz avj olib ketishiga sabab bo‗ladi. Natijada tamaki barglari qurib qoladi. Bazi virusli kasalliklarda kuzatiladigan mavsumiy rivojlanish ko‗pincha yorug‗lik kuchining har xilligiga bog‗liq. Virusli kasalliklariga qarshi ko‗rashda oldini olish choralari asosiy ahamiyatga ega. Bunda sog‗lom ko‗chat va urug‗ etishtirishga va foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak. Viruslar begona o‗tlarda saqlanganligi uchun bu o‗tlarni albatta yo‗qotish kerak. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling