77
nuklein kislota borligi aniqlandi. Nuklein kislota virus oqsili bilan
muhofaza qilinadi.
Virus zarrasi ichida, spiralsimon joylashgan bitta
nuklein kislota, uning tashqarisida esa 2200 subbirliklardan tashqil topgan
oqsil parda bor.
Oqsil subbirliklari ham virus zarrasi o‗qi atrofida spiralsimon bo‗lib
joylashgan. Virus zarrachasining 95% oqsil, 5%ni
esa nuklein kislotasi
tashqil qiladi. Ammo, nuklein kislota miqdor jihatidan kam bo‗lsada,
virus
zarrachalarining
xususiyati
unga
bog‗liq.
Agar
virus
zarrachalaridan nuklein kislotalarini kimyoviy yo‗l
bilan ajratib olib, uni
sog‗lom tamaki bargiga yuqtirilsa, sog‗ tamakida xuddi butun virus
zarrasi yuqtirilgaridek, kasallik alomatlari ko‗rinadi. Sog‗lom
tamaki
bargiga virus oqsili yuqtirilsa, hech qanday kasallik alomatlari
kuzatilmaydi. Shunga qaramay kasallantirish
jarayonida oqsil ham
ma‘lum rol o‗ynaydi. U nuklein kislotani tashqi muhitdan muhofaza
qilish bilan bir qatorda kasallantiradigan hujayra bilan virus orasidagi
munosabatlarda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: