Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

3.10. Bakteriofaglar 
Faglar parazit mikroorganizmlar bo‗lib, 1915 yilda F.Tuort va 1917 
yilda F. D. Errel tomonidan kashf qilingan. Faglar ko‗p qirrali prizmatik 
boshdan va o‗simtadan iborat. Bosh qismi oqsil bilan o‗ralgan bo‗lib, 
boshini ichida bir yoki ikkita DNK si bo‗ladi. O‗simta qismi esa oqsil 
buramidan iborat bo‗lib qisqarish xususiyatiga ega. O‗simta qismidan 
mayda ipchalar chiqib adsorbsiya organini hosil qiladi. Faglar bakteriya 
hujayrasiga adsorbsiyalanadi. Keyin bosh qismidagi DNK bakteriyaga 
o‗tadi, uni harakatini va bo‗linishini yo‗qotadi. Bakteriya hujayrasidagi 
metobolizm jarayoni natijasida o‗z hujayrasiga kerak bo‗ladigan moddalar 
hosil bo‗lmasdan bakteriofagni qismlari intensiv hosil bo‗ladi. Keyin 
bakteriyani po‗sti erib ketib etilgan bakteriofaglar chiqadi. Bitta bakteriya 
hujayrasi yuzlab va minglab bakteriofaglarni manbai bo‗lishi mumkin. 
Bakteriofag tabiatda keng tarqalgan bo‗lib, bakteriyalar bor joyda 
uchraydi. Bakteriofag chiqindi suvda, ariq, daryo, quduq, anxor suvlarida
ko‗l va dengizlarda 


78 
juda 
ko‗p 
uchraydi. 
So‗nggi 
vaqtlarda 
har 
turli 
patogenli 
mikroorganizmlarga qarshilik ko‗rsatadigan bakteriofag topilgan. 
Bakteriofag odam va hayvonlar ichagida ham doimo bo‗ladi. Kasal 
odam va hayvonlarning qonida, balgamida, yiringida ham bakteriofag 
bo‗ladi. Kasal odam va hayvon sogayganda ularning organizmida fag juda 
ham ko‗paygan bo‗ladi va uni bu davrda osonlik bilan topish mumkin. 
Bakteriofag sytda va pishloqda ham uchraydi. Kasal organizmdan topilgan 
patogenli mikroorganizmning kulturasi bir necha yil muzda saqlansa, bora-
bora bunday kulturada ham bakteriofag paydo bo‗ladi. Umuman qaerda 
mikroorganizm bo‗lsa o‗sha yerda fag ham topilishi mumkin. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling