Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Viruslar haqida tushuncha va ularni o‘rganish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

3.8. Viruslar haqida tushuncha va ularni o‘rganish 
Viruslarni birinchi marta 1892 yilda rus botanigi D.I.Ivanovskiy tamaki 
o‗simligining kasalligini o‗rganish jarayonida kashf qildi. Virus bilan 
kasallangan o‗simlik barglari virus tasirida xloroplastlarning buzilishi, 
xlorofil sintezining o‗zgarishi natijasida bargning ba‘zi qismlari 
rangsizlanadi va bargning umumiy ko‗rinishida chiporlanishi (mozaika) 
alomati kuzatiladi kasallik alomati bor o‗simlikdan shira ajratib olinib, 
mazkur shirani bakteriyalarni ushlab qoluvchi filtrdan o‗tkazganda filtrdan 
o‗tgan suyuqlik yuqumli xususiyatni saqlaydi. Demak bu kassalikni 
qo‗zg‗atuvchi bakteriyalardan ham mayda ekanligi aniqlandi. Shu bilan 
birga D.I.Ivanovskiy kasal o‗simliklar hujayrasida virus kristallarini 
aniqladi. 
Tuproqda ham bir qancha viruslar uchraydi. O‗simlik viruslari bilan 
kasallangan barg, poya, ildiz qoldiqlari, o‗simlik urug‗lari hamda tuproqda 
yashaydigan nematodalar tashib o‗tkazadigan viruslar, tuproq orqali 
tarqaladigan bug‗doy mozayikasi, virusi kabi viruslar uchraydi. Shu bilan 
bir qatorda dukkakli o‗simliklar tuganak bakteriyalarnining bakteriofaglari
hamda poliedroz kasalligini qo‗zg‗atuvchi hashorat 


72 
viruslari hamda odam va hayvon viruslaridan qutirish va boshqa hayvon 
qoldiqlarida uchraydigan viruslar tuproq biotasiga kiradi. 
1898 yili gollandiyalik olim Beyyerik ―virus‖ atmasini fanga kiritdi. 
Shu yildan boshlab bir qaicha o‗simlik hayvon boshqa organizm viruslari 
kashf qilina boshlanadi: 1898 yil yashur, 1901 yil sariq bezgak, 1909 yil 
polimielit, 1911 yil Rus sarkomasi 1912 yil gerpes, 1931 yil cho‗chqalar va 
otlar virusi kabi birqancha viruslar kashf qilindi. 
Viruslarning o‗lchami 20-300 nm, gacha bakteriyalardan 50 marta 
kichikroq keladigan eng mayda trik organizmlar hisoblanadi. Viruslar 
tuzilishi oddiy bo‗lib DNK yoki RNK dan iborat gentik matyerialdan va uni 
o‗rab turuvchi kapsid deb ataladigan oqsildan tuzulgan ximoya qobig‗i bor. 
To‗liq shakillangan infeksion qismi – virion deb ataladi. Ba‘zi 
murakkab tuzilgan (gripp yoki gerpes) xo‗jayin hujayraning plazmatik 
membranasidan 
bo‗lgan 
qo‗shimcha 
lipoprotein 
qobig‗i 
bo‗ladi. 
Simmetriyasi yuqori darajali strukturalar kapsomerlardan xosil bo‗ladi. 
Tamaki mozaikasi virusidagi simmetriya spiralsimon 2130 bir xil oqsil sub 
birliklari, RNK bilan birgalikda tuzilgan. Viruslarning shakli har xil – 
tayoqchasimon, ipsimon, sferik, kubsimon va to‗qmoqsimon. Viruslar 
bakteriologik filtirlarda to‗siqqa uchramaydi, hujayra tuzilishiga ega emas
faqat bir turli nuklein kislota DNK yoki RNKdan iborat. O‗zlarini tiklashi 
uchun faqat nuklein kislotalari kerak bo‗ladi, o‗z oqsilini xosil qilish uchun 
xo‗jayin hujayra ribosomasidan foydalanadi. Suniy oziqali muhitda 
ko‗paymaydi, faqat xo‗jayin hujayra ichida yashaydi, avtonom genetik 
tuzilma, hujayra ichi paraziti, xo‗jayin hujayra ichiga tushgach, ular 
o‗zlarining DNK yoki RNKlarini ishlatib hujayraga virusning yangi 
kopiyalarini yaratishini buyuradi. Viruslar faqat muayyan xo‗jayin 
xo‗jayralarda parazitlik qiladi. O‗simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarni 
kasallantirivchi viruslar bor: bular: bakteriofag, aktinofag, sionofag. Viruslar 
tuproqda ko‗paymaydi, uzoq vaqt saqlanadi. Ba‘zilari xo‗jayin hujayra 
DNKsiga qo‗shilib birgalikda reduplikasiyalanadi. 


73 
Bunday faglar faol bo‗lmagan faglar hisoblanadi, ular joylashgan 
bakteriyalar lizogen bakteriya deb ataladi. 
Faglar mikroorganizmlarninng chin parazitlari hisoblanadi. 1915 
yilda Tyuort, 1917 yilda D.Errel faglarning zararlangan bakterialar ichida 
o‗z-o‗zidan ko‗payib bakteriyalarni nobud qilishini aniqlab bakteriofagni 
kashf qildi. Faglarning o‗simtasi va ko‗p qirrali boshchasi bor. 
Boshchasining uzunligi 60 – 100 nm, o‗simtasi 100 – 200 nm, boshcha 1 
yoki 2 zanjirchali DNK ichida va ustidan kopsomyerlardan tuzilgan qobiq 
bilan o‗ralgan. O‗simta spiralsimon joylashgan va qisqarish xususiyatiga ega 
oqsildan tuzilgan. O‗simta o‗znavbatida 5-6 ta o‗simtaga bo‗lingan ba‘zan 
plastinka bilan tugaydi. Bu plastinkadan ingichka iplar adsorbsiya 
―organlari‖ fibirillalar chiqadi. Odatda fag boshchasidagi genomi DNK yoki 
RNKsi bakteriyaga o‗tadi fagning qobig‗i tashqarida qoladi. Fag tushgan 
bakteriya harakatlanish va bo‗linishi qobiliyatini yo‗qotadi. Fag DNKsi 
tasirida bakteriyaning metobalzmi o‗zgarib, bakteriofagning maxsulotini 
ishlab chiqaradi. Bakteriya hujayra qobig‗i erigandan so‗ng uning ichidagi 
bakteriofag chiqa boshlaydi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling