Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
6-rasm. Spora hosil bo‘lishi
70 Basillalar noqulay sharoitga tushishi bilan hujayraning ichki strukturasida o‗zgarishlar hosil bo‗lib, ma‘lum bir qismidagi protoplazma quyuqlasha boshlaydi va spora oldidagi membrana hosil bo‗ladi, so‗ngra shu joy mumsimon, zich bir necha qavatli qobiq bilan o‗raladi. Hujayraning qolgan qismi esa asta sekin emiriladi va spora etiladi. Shunda uning hajmi, vegetativ shakli mikroorganizmning hajmiga ko‗ra o‗n baravar qisqaradi. Bakteriya noqulay sharoitda 18-20 soatda sporaga aylanadi. Bo‗yalmagan sporalar mikraskopda yaxshi ko‗rinmaydi, buo‗yoqlar esa qobiq ichiga nihoyatda qiyinchilik bilan o‗tadi. Shuning uchun sporalarni bo‗yashda maxsus usullar qo‗llaniladi. Sporalarning qobig‗i zich, tarkibida suvning kam, kalsiy lipoid va pikolin kislotaning ko‗p bo‗lishi ularning tashqi muhitning noqulay ta‘siriga chidamliligini, ba‘zilarining esa bir necha o‗n yilgacha shu sharoitda hayot faoliyatini saqlashga imkon beradi. Sporalar –253 0 sovuqda o‗z hayotini saqlab qoladilar. Sporalar bakteriya hujayrasining turli yerlarida joylashishi mumkin. U hujayraning o‗rtasida o‗rnashsa, markaziy spora, bir uchida bo‗lsa – terminal spora, uchiga yaqin joylashsa subterminal spora deyiladi. Sporalar sharsimon, cho‗ziq oval shakllarda bo‗lishi mumkin. Sporalar ustki –ekzina va ichki –intina qavatlardan iborat bo‗lib, ekzina qavati sitoplazmani tashqi faktorlar ta‘siridan saqlaydi, intina esa sporaning o‗sib chiqishiga yordam beradi. Sporalar qulay sharoitga tushgach o‗sishni davom ettiradi. O‗sish davriga o‗tishda sporaning bir qutbidan yoki markazidan hujayra o‗sa boshlaydi. Hujayra sporaning bir qutbidan chiqsa ekvatorial o‗sish deb ataladi. Sporadan o‗sib chikkan bakterial hujayra uning ichki intina qavatiga o‗ralgan bo‗ladi. Basillalar zaharli moddalarga uchrasa noqulay sharoitga tushib qolsa, bitta sun‘iy oziq muhitida qayta qayta o‗stirilsa spora hosil qilish xususiyatini yuqotadi. Bunday organizmlar asporogenli irq deb ataladi. 71 Sporaning o‗sishi. Bakteriya sporasi yaxshi sharoitga tushsa, u 70 trofii 70ta bakterial hujayraga aylanadi. Spora suvni 70 trofii 70ta shimadi va bo‗kadi. Qobig‗i bosim ostida yirtiladi va sporaning o‗sish trubkasi hosil bo‗ladi. Keyinchalik ozod bo‗lgan bakterianing uzayishi va o‗sha uzaygan hujayraning bo‗linishi kuzatiladi. Bakteriya hujayrasi 10, 100, 1000 yillar davomida tinch holatda tirik saqlanishi mumkin. Bazi bir mikroorganizmlarda temperatura, kislota, kislorod va boshqa moddalarning etishmasligidan ularning hujayralarida sistalar paydo bo‗ldi. Bular spora emas. Masalan, azotobaktyer shunday sistalar hosil qilsa Ular temperatura va quritishga chidamli bo‗ladi.. Shu xil tashqi sharoitdan o‗zini muxofaza qilish, sianobakteriyalarda akinetlar, miksobakteriyalarda miksosporalar, aktinomisetlarda endosporalar hosil qilish bilan boradi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling