Hayvon hujayrasining tuzilishi Reja: Hujayraning tarkibiy qismlari
Download 1.16 Mb.
|
Hayvon hujayrasining tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sitoplazma.
- 3-rasm. Ko’p hujayrali hayvonlar hujayrasi ultrastrukturasining sxemasi (A.A.Zavarzindan M.Yu.Punin bo’yicha)
Hayvon hujayrasining tuzilishi Reja: Hujayraning tarkibiy qismlari. Hujayralararo bog`lanish (kontakt)lar.Hujayraning organеllalari Hujayralar uch tarkibiy qism: sitoplazma, o`zak va plazmolemmadan tashkil topadi. Sitoplazma va uning organellalari hujayra hayot faolitini, shuningdek ko`p hujayrali organizmlarda hujayraning o`ziga xos (spetsifik) vazifasini ta`minlovchi asosiy metabolizm apparatidir. O`zak esa genetik axborot (informatsiya)ni hosil qiluvchi va saqlovchi, bu axborotni hujayraning bo`linishi natijasida hujayra avlodlari qatorida o`tkazilishini ta`minlovchi tuzilmadir. Plazmolemma hujayraning tashqi muhit bilan o`zaro fiziko-kimyoviy ta`sirini, shuningdek ko`p hujayralilarda organizm hujayralarining o`zaro aloqasini ta`minlaydi (3-rasm). Sitoplazma. Sitoplazma hujayra atrofi muhitidan plazmolemma bilan chegaralangan bo`lib, gialoplazma va unda joylashuvchi doimiy komponentlar - organellalar va turli xil doimiy bo`lmagan strukturalardan iborat. Gialoplazma yoki asosiy plazma hujayraning ichki muhiti hisoblanuvchi juda muhim qismidir. Elektron mikroskopning ko`rsatishicha, u elektron zichligi past bo`lgan gomogen yoki nozik donador moddadir. Unda murakkab kolloid holatda oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar va boshqa birikmalar mavjud. Gialoplazmada ribosomalar va poliribosoma (polisoma)lar ishtirokida hujayraning o`z ehtiyojlari uchun kerakli oqsillar sintezlanadi. Hujayraning membranalari lipoproteid tabiatli yupqa plast
(qavat) bo`lib, oqsillar (60%), lipidlar (40%), ayrim membrana karbonsuvlaridan (5-10%) tuzilgan (4 rasm). Lipidlar qalinligi 5-7 nm keladigan ikki qavat (bilipid) membranalar hosil qila oladi. Ularning bu qobiliyati molekulalarining funksional jihatdan har xil bo`lgan ikki qism: gidrofob va gidrofil qutblari borligi bilan bog`liq. Oqsil molekulalari ham ikki qism, zaryadga ega (qutblangan) aminokislotalarga boy va zaryadsiz (qutblanmagan) aminokislotalardan iborat qismlarga ega. Bunday oqsillarning qutblanmagan qismlari membrananing gidrofob qismlariga botib kirib turadi. Qutblangan qismlari esa membranadagi lipidlarning gidrofil qismlari bilan aloqada bo`lib, hujayradagi suvli muhit tomonga yo`nalgan bo`ladi. Shuningdek, bilipid qavat bilan qisman aloqada bo`lgan va aloqada bo`lmagan oqsillar ham mavjud. Biologik-funksional ahamiyatiga ko`ra ferment, transport (tashuvchi), retseptor va struktur oqsillar farq qilinadi. Karbonsuvlar membrana tarkibida erkin holda emas, balki lipidlar va oqsillar bilan birikkan (glikolipidlar va glikoproteidlar) bo`ladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling