Hayvon hujayrasining tuzilishi Reja: Hujayraning tarkibiy qismlari


Download 1.16 Mb.
bet6/6
Sana24.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1226201
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayvon hujayrasining tuzilishi

8-rasm. Mitoxondriyalarning
ultramikroskopik tuzilishi:
A-sxema; Б-jigar hujayrasi mitoxondriyasining elektron mikrofotografiyasi-1-tashqi mitoxon-drial membrana; 2-ichki mitoxondrial membrana; 3-kristalar; 4-mitoxondrial matriks.
Sentriol kovakli silindr shaklida bo`lib, uning devori har biri uchta mikronaychaga ega 9 triplet (uchtalik)dan iborat. Sentriolning yo`g`onligi 0,2 mkm atrofida, uzunligi esa 0,3-0,5 mkm keladi. Har bir sentriol strukturasiz yoki ingi-chka tolalardan iborat matriks bilan o`ralgan. Interfazadagi hujay-raning “ona” va “qiz” sentriollari farqlanib, “qiz” sentriolning uchi “ona” sentriola yuza-siga to`g`ri burchak hosil qilib yo`nalgan. Hujayra mitozga tayyorlanayotganda sentriollar soni ikki marta ortadi. Bunda diplosomalar sentriollari bir-biridan uzoqlashadi va har biri yonida “qiz” sentriol hosil bo`ladi. Bunda “ona” sentriol bo`linmaydi, balki uning yonida, unga nisbatan perpendikulyar joylashgan yangi (“qiz”) sentriol hosil bo`ladi. Sentriol tubulindan mikronaychalar hosil bo`lishiga induktiv ta`sir ko`rsatadi.
Tukchalar va xivchinlar maxsus harakat organellalari bo`lib, turli organizmlarning ayrim hujayralarida uchraydi. Tukchalarning uzunligi 5-10 mkm, yo`g`onligi 20 nm ga teng, xivchinchalarning uzunligi esa 150 mkm gacha yetadi.
Tukcha sitoplazmaning silindr shaklidagi ingichka, plazmolemma bilan o`ralgan o`simtasidir. Bu o`simtaning asosida, sitoplazmada bazal tanacha, ichida esa mikronaychalardan iborat, murakkab tuzilishga ega aksonema (“o`q ip”) yotadi. Bazal tanacha va aksonemaning diametri bir xil - 150 nm atrofida bo`ladi. Bazal tanacha tuzilishiga ko`ra sentriolga o`xshash bo`lib, 9 guruh mikronaycha (triplet)lardan iborat. Ko`pincha diplosomadek juft, bir-biriga nisbatan perpendikulyar joylashgan bazal tanachalarni uchratish mumkin. Aksonema bazal tanachadan farq qilib, uning devori 9 juft mikronaychalardan tuzilgan va bir juft markaziy mikronaychalar ham mavjud. Aksonema va bazal tanacha o`zaro bog`langan bir butun tuzilmadir.
Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling