Hayvon hujayrasining tuzilishi Reja: Hujayraning tarkibiy qismlari
Download 1.16 Mb.
|
Hayvon hujayrasining tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikronaychalar.
- Sentriollar
Ribosomalar kattaligi 25x20x20 nm, oqsil va RNK molekulalaridan tashkil topgan ribonukleoproteid tanachalar bo`lib, hujayraning oqsillar sintezlovchi tuzilmalaridir. Har bir ribosoma biri kattaroq va ikkinchisi kichikroq ikki qismdan tuzilgan. Alohida-alohida yotuvchi ribosomalar va kompleks ribosomalar - polisomalar farq qilinadi. Kam tabaqalangan va tez o`sayotgan hujayralarda ribosomalar gialoplazmada asosan erkin yotadi. Ixtisoslashgan hujayralarda esa ribosomalar sitoplazmatik to`r bilan bog`liq bo`lib, hujayra “eksport” qiladigan oqsillarni sintezlaydi. Ribosomalarga boy, intensiv ravishda oqsil sintezlovchi hujayralarning sitoplazmasi bazofillik xossasiga ega. Mikronaychalar. Sitoplazmada ko`p miqdorda tuzilishi va vazifalari xilma-xil fibrillyar strukturalar mavjud. Shulardan biri tarmoqlanmaydigan, uzun va ichi kovakli silindrga o`xshash mikronaychalardir. Ularning yo`g`onligi 24 nm, bo`shlig`i 15 nm bo`lib, devorining qalinligi 5 nm atrofida. Turli manbalar (eng sodda hayvonlarning tukchalari, nevrotsitlar, mitotik duk)dan ajratib olingan mikronaychalar bir xil oqsil - tubulindan iborat. Tubulin ham, mikronaychalar ham faol ATF-azaga ega bo`lmagani uchun qisqara olmaydi va faqat tayanch strukturalar, sentriollar, tukchalar, xivchinchalar hosil bo`lishida ishtirok qiladi. Interfazani o`tayotgan hujayralarda gialoplazmada doimo uzun va tarmoqlanmaydigan mikronaychalar uchraydi. Bunday strukturalar nevrotsitlarning o`simtalarida, fibroblastlarda va boshqa shaklini o`zgartira oladigan hujayralarda, ayniqsa, ko`plab uchraydi. Mikronaychalar sitoplazmada elastik va barqaror sitoskelet hosil qilib hujayraning o`ziga xos shaklini saqlab turadi. Ularning emirilishi (masalan, kalxitsin ta`sirida) hujayraning shakli o`zgarishi, moddalar tashilishi (transport) hamda sekretsiyaning to`xtashi va boshqalarga sabab bo`ladi. Bo`linayotgan hujayrada mikronaychalarning taraqqiyoti sentriol bilan bog`liq. Sentriollar juda mayda, zich tanachalar bo`lib, odatda juft holda (9-rasm) (diplosoma) joylashadi. Diplosoma ochroq bo`yaluvchi sitoplazma bilan o`ralgan. Undan radial yo`nalishda sitoplazmaga tarqaluvchi fibrillalar sentrosfera deyiladi. Sentriollar va sentrosfera hujayra markazi deb nomlanadi. Hujayra markazi bo`linayotgan hujayrada mitotik duk (urchuq) hosil bo`lishda qatnashadi. Sentriollarning nozik ichki tuzilishini faqat elektron mikroskop yordamida o`rganish mumkin bo`ladi.
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling