Hayvon hujayrasining tuzilishi Reja: Hujayraning tarkibiy qismlari


Download 1.16 Mb.
bet3/6
Sana24.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1226201
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayvon hujayrasining tuzilishi

HUJAYRANING ORGANЕLLALARI

Organellalar barcha hujayralarda doimo uchraydigan va o`ziga xos tuzilishga ega bo`lgan, hujayraning muayyan va muhim vazifalarini bajaradigan mikrostrukturalardir. Membranali tuzilishga ega (plazmolemma, sitoplazmatik to`r, mitoxondriyalar, plastinkali kompleks, lizosomalar, peroksisomalar) va membranasiz tuzilgan (erkin yotuvchi ribosomalar va polisomalar, mikronaychalar, sentriolalar va filamentlar) organellalar farq qilinadi. Tuzilishida membrana ishtirok etadigan organellalardan sitoplazmatik to`r, plastinkali kompleks, lizosomalar, peroksisomalar va o`zak qobig`i hujayraning vakuolyar sistemasini tashkil qiladi. Bu sistemaning elementlari gialoplazmadan bir membrana bilan chegaralangan bo`lib, hujayra ichida moddalar sintezi va transporti (tashilishi)ni amalga oshiradi. Mitoxondriyalar ikkita membrana vositasida gialoplazmadan chegaralanib turadi. Organellalar ichini o`z tarkibi, xossalari va vazifalariga ko`ra gialoplazmadan farq qiluvchi modda - matriks to`ldirib turadi.


Sitoplazmatik to`r vakuola, yassi xaltachalar, naychalar shaklidagi o`zaro tutashgan, membrana bilan o`ralgan bo`shliqlar sistemasi bo`lib, elektron mikroskop vositasida ko`rinadi. Granulyar va agranulyar sitoplazmatik to`r farq qilinadi.
Granulyar sitoplazmatik to`r (6-rasm) kengligi 20 nm dan bir necha mkm gacha bo`lgan, membrana bilan o`ralgan bo`shliqlar sistemasi bo`lib, membrananing sirtqi yuzasida donacha (granula)lar shaklida ribosomalar joylashadi. Sitoplazmatik to`rning bu turi oqsillar biosintezida faol ishtirok qilib, oqsilli sekret ishlab chiqaruvchi bez hujayralari, gepatotsitlar, fibrotsitlar va plazmotsitlarda ayniqsa, yaxshi taraqqiy qilgan. Bu erda sintezlangan oqsil hujayradan tashqariga chiqarilishi (eksport qilinishi) yoki hujayra ichida boradigan metabolizm jarayonlarida ishtirok etishi mumkin. Granulyar sitoplazmatik to`rda membrana tarkibiga kiruvchi integral oqsillar ham hosil bo`ladi.
Agranulyar sitoplazmatik to`r membrana bilan chegaralangan mayda, diametri 50-100 nm keladigan vakuolalar va tarmoqlanishi hamda bir-biri bilan tutashishi mumkin bo`lgan naychalardan iborat. Bu erdagi membrana yuzasida ribosomalar uchramaydi. Agranulyar sitoplazmatik to`r granulyar sitoplazmatik to`r hisobiga hosil bo`lib taraqqiy qiladi. Agranulyar sitoplazmatik to`r lipidlar va ayrim polisaxaridlar metabolizmada, turli xil zararli moddalarning maxsus fermentlar yordamida zararsizlantirilishida ishtirok qiladi.
Plastinkali kompleks (ichki to`rsimon apparat, Golji kompleksi). (7-rasm) Preparatlarga og`ir metallarning tuzlari bilan






Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling